Xorazmshoxlar davlatining tashkil topishi Xorazmshoxlar davlatining siyosiy axvoli va davlat tuzimi Xorazmshoxlar davlatining yuksalishi va qulashi
Xorazmshoxlar davlatining yuksalishi va qulashi
Download 343.36 Kb.
|
Xorazmshoxlar davlatining yuksalishi
Xorazmshoxlar davlatining yuksalishi va qulashi
Xuroson qo‘shinlarining bir qismi halokatga uchrab, bir qismi tarqalib ketgani uchun To‘g‘onshoh Xorazmshohning ukasi Sultonshohga yordam berolmadi. Shundan so‘ng Sultonshoh G‘o‘r sultonlari G‘iyosnddin va Shaxobiddin huzuriga boshpana so‘rab boradi. Ular uni izzat-hurmat bilan kutib oladilar. Xurosonda oliy hokimiyat uchun kurashayotgan G‘iyosiddin G‘o‘riy Xorazmshoh Otsizning o‘g‘li Sultonshohning kelishidan foydalanib, Xorazm ishlariga aralashuvi mumkin edi. Ammo u o‘sha paytdagi siyosiy vaziyatni chamalab, Movarounnahrdagi vaziyatning o‘zgarishini kutib turishni afzal ko‘radi. Chunki bu payt Takash bilan qoraxitoylar o‘rtasida nizo-janjallar boshlangan edi. (Qoraxitoylar XII asr boshlarida Lyao Si-G‘arbiy Lyao davlatini tuzgan, shu paytda ular qoraxoniylar poytaxti Bolasog‘unni va Xitoy davlatini tuzgan, shu paytda ular qoraxoniylar poytaxti Bolasog‘unni va Xitoy davlatini ham egallab olgan turkiy kidon urug‘lari - M.M.). Alouddin Takashga Xorazm taxtini egallashiga yordam bergan qoraxitoylar endilikda “Xorazm bizning itoatgo‘y viloyatimiz bo‘ladi” deb Gurganjga, istagan paytlarida o‘lpon to‘plab kelishga turli mansabdorlarini yubora boshlaydilar. Qoraxitoylarning vakillari Xorazmda haddan oshib, hohlagan ishlarini qila boshlaydilar Ular hatto Xorazmshoh Takashning hukmdorligini ham tan olmay, o‘zboshimchalik bilan xo‘jayinlik qila boshladilar. Bundan g‘azablangan Xorazmshohning sabr-toqati tugadi. U huzuriga kelib, “Shu zahoti o‘lpon to‘plab berasan” deb turib olgan, qoraxitoy hukmdorlarining bir qarindoshini. qo‘polligi' uchun boshini uzib tashladi. Xorazmshoh boshqa barcha mansabdorlariga ham, qoraxitoylarni, surbetlik qilsa ayamanglar, deb farmon beradi. Har biringiz bittadan qoraxitoy amaldorini o‘ldiring, deb ko‘rsatma beradi (Juvayniy, Rashididdin, ibn Xaldun). Turgan gap, bu ahvolda Xorazm bilan qoraxitoylar orasi buziladi. Shu vaziyatdan foydalangan Sultonshohga Xuroson podshohi G‘iyosiddin G‘uriy barcha so‘ragan yordamini beradi (Otliq jangchilar, qurol-yarog‘, yo‘l ozig‘i va hokazo). Sultonshoh qoraxitoylar poytaxti Bolasog‘unga kelib, qoraxitoylarga “Xorazm xalqi va qo‘shinlari mening tomonimda, ular mening borishimga tayyor turibdilar. Faqat malika janobi oliyalari madad bersalar bo‘ldi, - deb murojaat qiladi. Qoraxitoylar Xorazmni qo‘lga kiritish uchun yana o‘sha lashkarboshi Fumani katta qo‘shin bilan yuboradi. Faqat bu gal ular safida Sultonshohga qarshi Takash emas, balki Takashga qarshi Sultonshoh birga borayotgan edi. Bundan xabar topgan Xorazmshoh qoraxitoylarning hujumini qaytarish uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘radi. U avvalo Amudaryoning to‘g‘on yo‘llarini ochib, Urganchga kirish yo‘llarini suvga bostiradi. Sahar qal’asi ham ancha mustahkamlangan edi. V qoraxitoylar qo‘mondoni Fuma Xorazmshohga hujum o‘zi uchun halokat ekanligini, Xorazm xalqi va qo‘shinlari Sultonshoh tarafida emasligini, uning gapi yolg‘on ekanligini tushungach, qo‘shinlariga Xorazmdan chekinishga buyruq beradi. Sultonshoh Xorazm toju-taxtini qo‘lga kiritish hozir imkonsiz ekanini tushunib, Xurosonda biror shahar yoki mulklarni egallashi uchun Fumadan qo‘shinlarining bir qismini berishni iltimos qiladi. Fuma rozi bo‘ladi. Undan bir qism qoraxitoy lashkarlarini olib, Sultonshoh janubga qarab yuradi va o‘g‘uzlar hulmi ostidagi Saraxsga hujum boshlaydi. U Saraxsni egallab (576/1180), Marvga qarab yuradi. Marvni egallab, uni o‘ziga qarorgah qiladi. Shundan so‘ng Sultonshoh qoraxitoy lashkarlarini mamlakatiga qaytarib yuboradi. So‘ng (o‘z kuchlari bilan) Tus, Jom, Niso va Obivardni bosib oladi (Ibn al-Asir, 9-jild). Xuroson yerlarini egallashda Sultonshoh uchun asosiy dushman Oy Aboning o‘g‘li To‘g‘onshoh Abu Bakr edi. 576-yil, zulhijja oyining 26-kunida (1181-yil, 13-may) ikkala tomon lashkari jangga kirishadi. To‘g‘onshoh qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Uning hududi va xazinasi Sultonshoh qo‘liga o‘tadi. To‘g‘onshoh bir qism lashkari bilan qochadi. Tarixchi yozishicha: “Sultonshoh baxt-iqbol yulduzi botib ketganidan so‘ng yana porlab chiqdi, chunki u To‘g‘onshohdan farqli, ud va soz ishqibozi emas, balki, jang maydonida javlon uruvchi edi”. (Juvayniy, Juzjoniy, Rashididdin). Sultonshoh bir necha yil davomida Xuroson shaharlariga tinimsiz hujumlar qilib, To‘g‘onshohni qiyin ahvolda qoldiradi. U To‘g‘onshohning ko‘pchilik amirlarini o‘z tomoniga og‘dirib oladi. To‘g‘onshoh (og‘ir) vaziyatdan qutulish uchun Xorazmshoh Takashdan va G‘o‘r hukmdori G‘iyosiddindan yordam so‘raydi. Ammo, bu ikkala hukmdor voqeaning oqibatini kutib turishni afzal ko‘radi. (G‘am-tashvishda qolgan) To‘g‘onshoh 581-yil, muharram oyining 12-sida (1185-yil, 15-aprel) vafot etadi. Nishopur taxtiga uning o‘g‘li Sanjarshoh (1185-1198) o‘tiradi. Ammo, uning davlatida asosiy ish yurituvchi otabek Mengli-Tagin edi. Bu vazir juda qattiqqo‘l va shafqatsiz bo‘lgan. Uning aholiga jabr-zulmi, soliqlarning oshirilishi, amirlarning xo‘rlanishi va ba’zilarining qatl etilishi oqibatida Sanjarshohning ko‘pchilik amirlari o‘z jangchilari bilan Sultonshoh xizmatiga o‘tib ketadilar. Xorazmshoh Takash (o‘z odamlari orqali) Sultonshohning kuchayib ketganligini, Mengli-Tagin Xorazmga itoatsizlik va o‘zboshimchalik qilayotganini bilgach, bu voqealarga aralashish zarur deb hisoblagan. Xorazmshoh Takash asosiy qo‘shinlari bilan Xurosonga ketganini eshitgan Sultonshoh yana bir marta baxtini sinab ko‘rish uchun Xorazmni egallashga intiladi. Ammo, Xorazmga borayotganida Sultoishoh eshitadiki, Takash uning poytaxti Marvga qarab yo‘l oladi. (Bu mulkidan ham ajralib qolishdan) Xavotirlangan Sultonshoh asosiy qo‘shinini Omulda qoldirib, o‘zi bir qism lashkari bilan Xorazmshoh qo‘shinlari orasini yorib o‘tib, Marvga kirib, uni mudofaaga hozirlanadi. Takash esa qo‘shinlarini Marv yo‘lidan boshqa yoqqa burib, Nishopur tomon yuradi. 582-yil, rabiul avval oyida (1186-yil, may) Sanjarshoh ibn To‘g‘onshohni poytaxti Nishopurni qamal qiladi. Ikki oy davom etgan qamaldan so‘ng Mengli-Tagin va Sanjarshoh Xorazmga bo‘ysunib, uning xiroj to‘lashga doir shartlarini qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Takash sulh shartlarini tuzish uchun Nishopurda o‘z vakillarini: hojibi buzrug Shaxobiddin Ma’sudni, xonsalor Sayfiddin Mardonsherni va Bahouddin Muhammad al Bag‘dodiyni qoldiradi. Ammo, Xorazmshoh (qo‘shinlari) Nishopurdan ketishi bilan Mengli-Tagin Nishopurda bo‘lib turgan Abdul-Aziz ibn Fahriddin Abdul Aziz al-Kufiyni, atoqli din arbobi qozi va shayxulislom Burhoniddinni hibsga oladi va o‘ldirishga farmon beradi. (Juvayniy. Rashididdin). Xorazmshoh o‘zining davlat arboblariga nisbatan qilingan bu qotillikni urush e’lon qilish, deb tushungan. 583-yil muharram oyining 14-kuni (1187-yil, 27-mart) Nishopurni yana qamal qilib, shaharni manjanaqlardan o‘qqa tuta boshladi. Qirq kun davom etgan qamaldan so‘ng Mengli-Tagin Xorazmshoh Takash huzuriga imomlar va sayidlarni chaqirib, shafqat so‘raydi. Shahar taslim bo‘ladi (1187-yil, 27-may) Xorazmshoh qo‘shinlari bilan Nishopurga kirib, adolat va rahm-shafqat so‘raydi, shaharii nafrat va zo‘ravonlik axlati va chaqir toshlaridan tozalaydi. Mengli-Tagin kimdan nimalarni jabr-zulm bilan tortib olgan bo‘lsa, egalariga qaytaradi. Mengli-Taginni tutib Xorazmshoh huzuriga keltirishadi. Takash uni imomlar ixtiyoriga beradi. Imomlar zolim amirii maqtul imom Burhoniddinning otasi qozi Faxriddin ixtiyoriga topshirilsin, deb fatvo chiqaradilar. Qozi Faxriddin talabi bilan Mengli-Tagin qatl etiladi. Nishopur va uning atroflari Xorazm davlati hududlariga qaytariladi. Xorazmshoh ilgari Jand viloyatida noib bo‘lib turgan va 1187-yil sentyabrda Gurganjga qaytgan o‘g‘li Nosiriddin Malikshohni Nishopurga voliy qilib tayinlaydi. Xorazmshoh Sanjarshohni (asir sifatida Gurganjga o‘zi bilan olib ketadi (keyin Sanjarshoh kechirilgan shekilli - M.M). Sanjarshoh yashirin ravishda o‘z boyliklarini Nishopurga yubora boshladi, (u yerga qaytish umidida shunday qilgan). Ammo, bu ish fosh bo‘lib, ko‘ziga mil tortiladi va umrining oxirigacha Xorazmda qolib ketadi. (Shundan so‘ng u yana 10 yil yashaydi, 1198-yilgacha). Bu orada Saraxs qal’asining boshlig’i Badriddin Chaqir xorazmshoh Takash tomonga o’tib ketib, qal’a kaliti va Sultonshohning barcha xazinalarini unga topshirdi. Bu voqealarni ko’tara olmagan Sultonshoh 1193 yilning ko’zida vafot etdi. Shu tariqa xorazmshoh Elarslonning ikki o’g’li o’rtasida 20 yildan ziyodroq davom etgan kurashga yakun yasaldi. Xorazmshoh Takash 1193 yilning dekabrida Marv shahrini fath etib, shahar va uning atroflariga katta o’g’li Nosiriddin Malikshohni voliy etib tayinladi. Bag’dod xalifasi Nasr (1180-1225 yy) va G’arbiy Saljuqiylar sultoni Tog’rul II o’rtasidagi nizolardan foydalanib, Takash qo’shinlari 1194 yilning mart oyida Tog’rul II ga qarshi urush ochdi va uni mag’lub etib Hamadon shahrini egalladi. Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganligidan xavfsiragan xalifa Nasr qo’shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyun oyida Takash qo’shinlari xalifa qo’shinlarini engdi. Shu tariqa Afg’oniston va Eronning katta qismi Xorazmshohlar qo’liga o’tdi va Xorazm davlati hududlari birdaniga ikki baravar kengaydi. Xorazm davlati endi Bag’dod xalifasiga tegishli joylar va G’uriylar bilan chegaradosh bo’lib qoldi. Ammo, ko’p o’tmasdan xalifa Nasr bilan Takash munosabatlari yana yomonlashganligi tufayli Xorazmshoh Iroqi Arab va xalifalik poytaxti Bag’dodni bosib olishga qaror qildi. Lekin bu yurish paytida Takash kasallanib, 1200 yil iyul oyida Xorazm bilan Nishopur orasidagi Shahriston shahrida vafot etdi. O’rta asrlar mualliflari ma’lumotlari asosida tadqiqotlar olib borgan Z.Buniyodovning xulosalariga ko’ra, xorazmshoh Takash o’z fuqarolariga nisbatan adolatli bo’lgan. U boshqa sultonlarga nisbatan qobiliyatli, yirik diplomat va zukko lashkarboshi edi. Shu bois bo’lsa kerakki, Xorazmshoh – Anushteginlar davlatining nisbatan kuchayishi, Aloviddin Takash faoliyatining ma’muriy idora boshqaruvi o’zining qat’iyatligi va tartib intizomi bilan ajralib turadi. 1200 yilning avgust oyida Xorazmshohlar taxtiga Takashning o’g’li Qutbiddin Muhammad o’tirdi (1200-1221 yy) va otasining Aloviddin laqabini qabul qildi. U taxtga o’tirishi bilanoq ayrim muammolarga duch kelgan bo’sa-da, ularni zudlik bilan bartaraf etib, 1203 yilda qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni bosib oldi. Undan keyin esa Hirot va uning atroflarini egalladi. Aloviddin Muhammad 1207 yilda Movarounnahrga yurish qilib, Buxorodagi Sanjar qo’zg’olonini bostirdi va Buxoroni egalladi. Xorazmshoh 1210 yilda qarluqlar bilan ittifoq to’zib qoraxitoylar ustiga yurish qildi. Bu yurish Xorazmshohning g’alabasi bilan tugadi va u qoraxitoylarning O’zganddagi boy xazinasini qo’lga kiritdi. Umuman, Aloviddin Muhammad 1210 va 1212 yillarda qoraxitoylarga ikki marta qaqshatqich zarba berib ularni butunlar tor-mor etdi. Buning natijasida uning obro’yi oshib ketib ikkinchi Iskandar, ikkinchi Sulton Sanjar laqablarini olishga mo’sharraf bo’ldi. Aloviddin Muhammadning say’i-harakatlari tufayli 1217 yilga kelib butun Movarounnahr, Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo’lgan erlarda Xorazmshohlar hukmronligi o’rnatildi. Ammo, mamlakatning ichki siyosiy holati mustahkam emas edi. Bu holat mug’ul bosqini paytida yaqqol nomoyon bo’ldi. Download 343.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling