Xorij psixologlari olimlari


Download 22.32 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi22.32 Kb.
#189839
  1   2
Bog'liq
Xorij psixologlari olimlari


Xorij psixologlari olimlari

Tadqiqotchilar tomonidan “Havotirlanish tushunchasini eng ko’p umumiy o’rganiladigan jabhasi uni nevrotik va nevrotik oldi tuzilishi sifatida ko’rib chiqishdir (B.I.Kochubi, E.V.Rodjers, K.Xorni va boshqalar)”. Bu holatni aniqlashtirish jarayonida havotirlanish tushunchasini fikr va mushoxadalarida ziddiyat yuzaga keladi. Avvalo havotirlanish ichki notinchlik kechinma, qo’rquv kabi psixologik holat (A.M.Prixojan, N.D.Livetov), sub’yektiv xissiy taranglik salbiy havotirlarni oldindan sezish (I.Spelberger, O.M.Gadyuk, A.M.Prixojan) emosional noqulaylikni xis qilish (A.M.Prixojan), no’malum hatarni oldindan sezish (F.B.Berezin) sifatida ko’riladi. Shunga ko’ra ko’pchilik tadqiqotchilar spesefik kechinmalarida havotirlanish holatini tavsiflovchi faqat emosional tarkib aks sub’ektiv tarzda yoqimsiz his qilinadigan noqulaylik xatarnigina ajratadilar (M.S.Merlin, O.M.Gadyuk,A.M.Prixojan, D.Lyuis, K.Izard). K.Izard havotirlanishni salbiy emosiyalar sifatida aniqlaydi: qo’rquv, jaxl va g’amginlik. Havotirlanishga yoqimsiz emosional fon shaxs tuzilishidagi defektlarni boshqaruvchi va turli kasalliklarni rivojlantiruvchi sifatida qaraladi. (Yu.A.Edipov 1994; Ya. Reykovskiy 1979; D.I.Isayev 1988; J.Atkinson 1974; N.D.Levitov). Ch.Spilberger izidan borgan holda har qanday psixologik holat singari havotirlanishni his qilish va faqat shartli tarzda undagi tarkibiy qismlarni evaziga emosional holat sifatida xarakterlanishi mumkin. Aslida esa havotirlanish murakkab tuzilma sifatida tavsiflanadi, u o’zida kognetiv, emosional va operasional aspektlarni emosionallik domentantlik qilgan holda mujassamlashtiradi. Shunday qilib Ch.Spelberger havotirlanish holatini avtonom nerv tizimidagi faollikni oshishi bilan kuzatuvchi emosional reaksiya sifatida aniqlaydi.Atamashunoslikdagi ko’p ma’nolilik va chalkashliklardan qochish maqsadida CH.Spilberg o’z tusi bo’yicha yoqimsiz emosional holatni tavsiflash va taranglik, havotirlanish mudxishtuyg’ular kabi sub’yektiv hissiyotlar bilan xarakterlanuvchiichki sharoitlar fiziologik tomondan esa avtonom nerv tizimining faollashtirishni havotirlanish stress holatlarini tushuntirish uchun qo’llashni tavsiya etadi. Psixologik taranglik atamasini bu tushunchani salbiy assosiasiyalar holi qiladi va odamni qiyin vaziyatlarda aynan psixik funksiyalashuvini o’rganishga taqozo etadi. Holat sifatida ba’zi tadqiqotchilar tomonidan vaziyatli havotirlanish deb ham yuritiladi, u sub’yektiv his qilinadigan emosiyalar taranglik, havotirlanish. Tashvishlanish ma’lum vaziyatdan kelib chiqqan asabiylashish va vegetativ nerv tizimini faollashuvi, yurak urushining tezlashishi, ko’p terlash bilan kechuvchi harakatlar bilan tavsiflanadi. Bunday holat vaqtinchalikdir chunki organizm bunday holatda ko’p qololmaydi va xavf vaziyati yo’qolgandan so’ng yoqoladi, shuning uchun havotirlanishni holat sifati mantiqan xaqiqatda havotirlanish emas, vaziyatli havotirlanish deyish maqsadga muvofiq.Bizning fikriimizcha, havotirlanish so’zi ko’proq darajada yaqinlashayotgan tashqi xatar bilan assoaiasiyalanadi, ichki kechinmadan ko’ra.

V.S.Merlin va E.P.Ilin boshqalar singari havotirlanishni yuqori emosional ta’sir ma’lum vaziyatga reaksiya sifatida aniqlaydi. Biroq E.P.Ilin umumqabul qilingan havotirlanish holatidagi kechinmalarga salbiy tavsifnoma fikriga qarshi shuni ta’kidlaydiki, havotirlanishningma’lum darajasi bu shaxsning muhim faol faoliyati xususiyatdir. Har bir odamda havotirlanish darajasining optimal varianti mavjud. Rivojlanish va kompensatorli va hmoyaviy namoyishlarni realizasiyalash va yuksaltirish stimuli sifatida ya’ni “foydali” havotirlanish sifatida. Muallif bilan rozi bo’lgan holda havotirlanishning bu ko’rinishini “konstruktiv havotirlanish” deymiz.

Xuddi shunday holatni T.A.Nemchin ham egallaydi, sinaluvchilarning sub’yektiv namoyishlarini o’rganish asosida so’rovnoma tibbiy ko’rikning analitik ma’lumotlarini yig’ish va kuzatish yordamida shuni aniqlaydiki, asab psixik taranglik intensivligiga bog’liq holda sust, o’rtacha va ortiqcha sinaluvchilar ekstremal vaziyatda o’z holatini turlicha baholaydilar, qiyinchiliklarini yengib o’tishni turlicha xis qiladilar. Agar sust taranglikda barcha namoyishlar neytral bo’lsa, ortiqchasida jismoniy va psixologik noqulaylik, psixik faoliyatni dezorganizasiyasi yorqin namoyon bo’ladi, unda o’rtacha psixik namoyishni aks ettirishda umuman boshqacha korinish namoyon bo’ladi. O’rtacha asab psixik taranglikning umumiy tavsifnomasi bolib, psixik faoliyat mobilizasiyasi axloqiy-psixologik xissiy va jismoniy kuchlarni umumiy tarzda ko’tarish xislari yuzaga chiqadi. Individ holati umumiy ijobiy tus, ijobiy emosional fon a’lo kayfiyat bilan xarakterlanadi. Bu bog’liqlik Yerkes-Doolsonning mashhur qoidasiga mos keladi, unga ko’ra motivasiya kuchi qancha yuqori bo’lsa, (taranglik, faollik) faoliyat natijaviyligi shunga yuqori boladi. Nafaqat keying motivasion-emosional taranglik keltiruvchi faoliyat samaradorligini yomonlashuviga olib keladigan optimal darajaga emas. G.L.Shabanova D.O.Xebbnikiga o’xshash model keltiradi, unga ko’ra taranglik bo’lmagan talablar kam qo’yiladigan sharoitdagi faoliyat zerikishga olib keladi. Taranglikni kuchaytirishi stimullash va enerlizatordek muhim. Agar talablar odamning individual imkoniyatlaridan ortib ketsa, bu havotirning yuqori darajasi konsentrasiya diqqatni pasayishiga faoliyat sifatini yomonlashishiga olib keladi. Xebbning ta’kidlashicha taranglikning ortishi davom etsa shaxsiy resurslarni ko’paytirmasdan talablarni kuchaytirishi xolsizlanish yonishiga olib keladi.

T.L.Shabanoba L.I,Bojovichga yondashib havotirlanish ko’rinishlarini klassifikasiyasini keltiradi, tashqi ta’sirlarga adekvatligini bog’lagan holda:

- sub’ekt real nosog’lomligida, adekvat havotirlanishni his qiladi;

- agar sub’ekt holati adekvat yaxshi bo’lsa, Bojovich bunday havotirlanishni noadekvat deb baholaganlar;

- real nosog’lomlikni sezmaslik “noadekvat xotirjamlik” deb ataladi, lekin biz Xorni fikriga yondashamiz, unga ko’ra har qanday havotirlanish adekvatdir, chunki u ob’ektiv emas, sub’ektiv sabablarga ko’ra inobatga olinmasligi mumkin, u tashqaridan ko’rinmas, ammo sub’ekt uchun muhim bo’lishi mumkin.

Me’yoriy R.Mey havotirlanishni 2 asosiy turga bo’lgan: me’yoriy va nevrotik.

Me’yoriy havotirlanish 3 asosiy jihat bilan tavsiflanadi:

  1. Havotirlanishni namoyish etish kelib chiqqan vaziyatdagi ob’yektiv xatarni mumkinligini ko’rsatadi.


  2. Me’yoriy havotirlanish tushkunlikka olib kelmaydi;


  3. Bunday havotirlanishni ijodiy qo’llash mumkin- agar ularni keltirib chiqaruvchi faktorlarni identifikasiyalab va ularga qarshi turlicha xarakat qilinsa.


Nevrotik havotirlanish tavsifnomalari ulardan farqlanadi- bu xatarga adekvat reaksiya emas. Bunday havotirlanish tushkunlikka olib keladi va u buzg’unchidir, konstruktiv emas. Nevrotik havotirlanishga bog’liq bo’lgan tushkunlik va anglashni bloklash odamlarni muhim axborotga kira olishidan mahrum qiladi, ular yordamida xatarlarni identifikasiyalash va bartaraf etish mumkin.

Reaksiyani 2 turini “destruktiv havotirlanish” deb atash mumkin.

Yuqorida keltirilgan vaziyatlarda biz insonni turli ko’pincha ijtimoiy psixologik stressorlarga (negative bahoni kutish yoki agressiv reaksiya, o’ziga nisbatan negativ munosabatni qabul qilish, o’zini obro’si, xurmatiga nisbatan xatarni sezish) ta’sirini 2 turini ajratdik: konstruktiv va destruktiv vaziyatli havotirlanish.Biroq har bir insonda o’z “Men”iga nisbatan hatarni turli vaziyatlarda qabul qilish va bu vaziyatga vaziyatli havotirlanishi oshgan holda reaksiya ko’rsatish (yoki konstruktiv yoki destruktiv) mavjud.

Bu ishtiyoqni Yu.A.Xanin shaxsiy havotirlanishi jihat, hususiyat, dizpozisiya individual farqlar haqida tasavvur beruvchi va turli stresslarga ta’sir sifatida aniqlaydi. Shaxsiy havotirlanish hajmi individning avvalgi malakasini xarakterlaydi, yani u qancha ko’p vaziyatli havotirlanishni boshdan kechirganini. Havotirlanishni 2 ko’rinishini: “xarakter havotirlanishi” va “vaziyatli havotirlanish”ni differensiyalashni L.I.Kitaev-Smik ta’kidlaganidek, aynan barqaror individual farqlarni belgilashda individni havotir holatini his qilishga ishtiyoqida Ch.Spelberger “havotirlanish” (“shaxsiy havotirlanish”) atamasini qo’llashni tavsiya etadi. Havotirlanish shaxs hususiyati sifatida uni harakterida namoyon bo’lmaydi, ammo uning darajasini individda havotirlanish holati qancha tez takrorlanib turishi orqali bilib ilish mumkin.

Havotirlanish tushunchasini chet el psixologlari singari rus psixologlari ham xuddi shunday ta’riflaydilar. Xususan, R.S.Nemov havotirlanishni doimiy yoki situativ yuzaga keluvchi insonni yuqori havotirda spesifik vaziyatlarda qo’rquv va hayajonni his qilishi sifatida ko’radi. O.M.Radyuk ham havotirlanishni insonni havotirn his qilishga ishtiyoqi sifatida o’rganadi. E.P.Ilin Spelbergerga yondashgan holda quydagicha ta’rif beradi. “Yuqori havotirlanish –shaxs emsional xususiyatini namoyon bo’lishi turli hayotiy vaziyatlarda havotirlanish holatini tez-tez namoyon bo’lishi, shu bilan ir qatorda uni keltirib chiqarmaydiganlarda ham”.

Shu tariqa havotirlanish tushunchasi psihologiyada ikkita o’zaro bog’liq ma’noda qo’llaniladi. 1) aniq vaziyatli stressorga nisbatan reaktiv holat javobi sifatida; 2) turli vaziyatlarda insonni bu holatni his qilishga bo’lgan ishtiyoqi.

Havotirlanish atamasini sinonimlari sifatida birinchi ma’noda “havotir”, “havotir holati”, “vaziyatli havotirlanish”, “reaktiv havotirlanish” atamalarini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi ma’noda quyidagi atamalar ishlatiladi: “havotirlanish”, “shaxsiy havotirlanish”, “xarakter”, “havotirlanish holati”, “faol havotirlanish”, “yuqori havotirlanish”.Ma’lumki, bu havotirlanish tushunchalari orasidagi bog’liqlik va ularning differensiyasi inson havotir holatini his qilishi chastotasi jihati bo’yicha aniqlanadi, yani reaksiya parametri bo’yicha. Bu bog’liqlik bir tekisdir;inson qanchalik ko’p vaziyatli havotirni xis qilsa, uni shaxsiy havotirlanishi shunchalik barqarorlashadi.

O.P.Elesiyev, YA.Strelyau, V.S.Merlin tadqiqotiga asoslangan holda shuni ta’kidladiki, shaxs faoligini o’zgarishida bu bog’liqlik o’zgarishi mumkin.Ya’ni shaxshiy xavotirlanish reaktiv xavotirlanishning pasayishi bilan barobar rivojlanib borishi mumkin. Shunday qilib,jiddiy xatar oldida faollik va shaxsiy xavotirlanish ortadi.Buning natijasida vaziyatli sust reaktiv xavotirlanish pasayadi. Inson tashqi tomondan anchagina tinch, chidamli bo’ladi. CH.Spelberger yana biri xavotirni uch ma’nosini ajratadi, xavotir murakkab jarayon sifatida o’ziga stress va xatar tarkibiy qismlarini oliuvchi u xavotir holatini o’zgarishini stress darajasi funksiyasini vaqt va intensivligida tavsiflaydi.

Ch.Spelberger xavotirni jarayon sifatida ko’rib chiqar ekan uni kognitiv, affektiv va harakat reaktiyalarini bosilishi sifatida tasavvur qiladi. Odamga stressning turli shakllarini ta’siri natijasida faollashadi, ular quyidagi vaqt tarkibiy qismlari zanjiri ko’rinishida bo’ladi. Stress xatarni qabul qilish-kognitiv qayta baholash-psixologik himoya yoki chetlashni berkitish mexanizmi.Ko’rinib turibdiki,bu yerda stress taranglik sifatida emas faktor (stressor)sifatida namoyon bo’ladi.

G.Sel’e bu jarayonni quyidagicha tavsiflaydi: birinchi bosqichda miya stressorni qayd qiladi-u xavotirni keltirib chiqaradi va organizmdagi temir moddasiga ma’lumot jo’natadi;garmonlar ishlab chiqila boshlaydi keyin adrenalin ajralib chiqadi, u organizmga xavotir signalini yuboradi. Organizm o’z navbatida bu signalga noodatiy emotsiyalar,fikrlar chag’ishi o’tira olmay qolish fiziologik reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Ammo bunday vaziyat vaqtinchalik va ekstremal vaziyatlar uchun mo’ljallangan.Organizm bunday vaziyatda ko’p qololmaydi. Xatar yo’qolganda yoki organizm unga o’rganib qolsa,teskari mexanizm ishga tushadi, tana o’zining odatiy holatiga qaytadi. Bu qarishi turish bosqichi.

Agar xatar saqlanib qolsa,odam xavotirlanishda davom etadi va u yo’qolgandan keyin holdan toyish bosqichi boshlanadi, u sog’liq va hatto hayot uchun xavfli. Shu tariqa xavotirlanishni tushunishni psixologiyada quyidagi nuqtai nazarlar yuzaga keladi:

1 Xavotirlanish-bu

-ichki xavotirni psixik holati xavotirni his qilishdagi taranglik;

-yomon hislar,xatarni kutishni sub’ektiv his qilish;

-emotsional diskomfortni his qilish;

-nevrotik reaksiya (avtonom nerv tizimini faolligini oshishi bilan kechuvchi emotsional reaksiya);

-salbiy emosiyalar:qorquv,jaxl va g’amginlik kompleksi (ba’zilar bunga qiziqishni ham kiritadi);

-murakkab psixik holat,kognitiv emotsional va operasional tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi, emotsionalni dominantligida;

-shaxs tuzilishida deffektlarni paydo bo’lishi bo’lishi ular turli kasalliklarning kelib chiqishidir;

-shaxs faol harakatini tabiiy va majburiy hususiyati shaxsni o’zini mukammallashtiruvchi stimul sifatida.

2. Havotirlanish turlarini defferensiyalash lozimdir:

-havotirlanish vaqtinchalik holat ma’lum vaziyat orqali kelib chiqqan “havotir”, “havotir holati”, “vaziyatli havotir”, “reaktiv havotirlanish” atamalari bilan ifodalanadi;

- havotirlanish affektiv fenomenlar jarayoni sifatida, havotirni kelib chiqishi va rivojlanishiga ko’ra almashib turadi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda biz uning keying maxsuldorroq tushunchasidan kelib chiqamiz:


  1. Xavotirli holat-bu jarayondir;


-affektiv fenomenlar bir-birlarini almashtirib turuvchi ketma-ketlik;

-bosqichlarni almashishi kelib chiqishdan bartaraf etish mexanizmlarigacha;

-ko’payish intensivligini o’zgarishi bo’yicha sustidan ortiqcha qo’rquvgacha.

3. Xavotirlanish shaxsiy xususiyat sifatida-bu ko’p qaytariladigan yoki haddan ziyod intensiv holat natijasida situativ xavotirlanishni saqlanib qolishi , u o’z navbatida ma’lum vaziyatda reaksiya harakteriga ta’sir etadi.Keyinchalik tadqiqotlar tahlilida stimullashtiruvchi faktorlar xavotirni keltirib chiqaruvchilari biz xavotir manbai sifatida interpritasiya qilamiz.

Umumiy ko’rinishda xavotirlanish keltirib chiqaruvchi sabab va mexanizmlarni ko’pchilik tadqiqotchilar individni ichki nizolarida ko’radilar ularning kamchilik qandaydir yomon xatarni kutish natijasida kelib chiqadigan. Shu xususiyat asosida CH.Spelberger “qo’rquv”va “xavotir” atamalarini ajratadi. “qo’rquv”atamasi emotsional reaksiyani qandaydir xatarli vaziyatda kelib chiqishini o’z ichiga oladi. “Xavotir” atamasini esa “predmetsiz” emotsional reaksiya sifatida tavsiflaydi. Analogik nuqtai nazardan xavotirlanishni o’rganuvchi rus tadqiqotchilari ham amal qiladilar. O.M.Gadyuk xavotirni qo’rquvdan quyidagicha ajratadi, xavotir holati predmetsizdir, qo’rquv esa uni keltirib chiqaruvchi obyektni talab etadi. Yana ham aniqroq ma’lumotni E.P. Ilyin tomonidan beriladi. Ba’zi tadqiqotchilar masalan S.A.Alasheyev, S.V.Bikov, F.B.Berezin, X.Xekxauzen nafaqat xavotir va qo’rquv farqlarini balki xavotir holat sifatida “xavotirlanish shaxs xususiyati sifatida ham farqlaydilar”.

Shaxs uchun turli narsalar haqida tashvishlanish qobiliyati xosdir, bu esa uning hayotga befarq munosabatda emasligidan dalolat beradi. Biroq bu tashvishlanish ba’zida noadekvat shaklda bo’ladi, ya’ni shaxs asoslanmagan holda bu holatni boshdan kechiradi. Psixik holat sifatida xavotirlanish tushunchasining ko’p qirraliligi shundan kelib chiqadiki, turli xil tadqiqotchilar “Xavotirlanish” tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar.

Ch.D.Spilberger fikriga ko’ra, xavotirlanish konsepsiyasining noaniqligi va ko’p qirraliligining asosiy sababi. Bu atama odamda ikki asosiy ma’noda foydalaniladi. Lekin ular bir-biri bilan bog’liq. Shu bilan birga turlicha tushunchalar sifatida qo’llanishadi. Ko’pincha, “havotir” terminini yoqimsiz ichki emosional bezalgan holat sifatida qaraladi. Bu holat esa zo’riqish, notinchlik,g’amginlikni his qilish tariqasida fiziologik jihatdan avtonom nerv tizimining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Havotirlanish holatini inson vujudga kelishi mumkin bo’lgan stress darajasi funksiyasidek vaqt va intevsivligi bo’yicha o’zgarib boradi.

Shuningdek, “havotirlanish” atamasi insonning bu holatini boshdan o’tkazish moyilligi kabi, nisbatan barqaror individual farqni ifoda etishi uchun hax ishlatiladi. Bunda havotirlanish shaxs hislati ya’ni shaxs havotirlanishi ko’rinishida bo’lib, u bevosita xulq-atvorida namoyon bo’lmaydi.Shaxs hislati sifatidagi shaxsiy havotirlanish holati qanchalik tez-tez va intensive ravishda yuzaga kelishiga qarab aniqlash mumkin. Havotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o’rab turgan dunyoni xavf-xatar, qo’rqinch, tahlika idrok qilishiga moyillik bo’ladi.Ko’pincha chet ellik psixolog olimlar havotirlanishni shaxs holati sifatida qaraydilar va shu mazmunda bir qator nazariyalarni yaratganlar.

Filipps, Marlin va mayrs o’z tadqiqotlari natijasida shunday fikrga keldilarki, havotirlanish stressing turli shakllari natijasida hosil bo’lishi mumkin. Biroq stress mohiyatini ochib berish havotirlanish reaksiyalarini hamda uning mehanizmlari tabiatini ular nuqtai nazarini egallaydilar.

Filipps va uning hamfikrlarining ta’kidlashlaricha, emotsional holatga o’tuvchi xavotirlanish bilan shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatidagi xavotirlanish bilan shaxsiy nisbatan barqaror xislati sifatidagi xavotirlanish o’rtasida konseptual farq mavjud. Bunday farqni Kettel va Sheyerham o’z tadqiqotlarida aniqlanib bergan edilar. Hozirgi davrgacha muammoning ushbu tomoniga yanada ko’proq e’tibor qaratib kelinmoqda. Xavotirlanishi holat hamda xususiyatgaajratish Kettell va Spilbereg ishlarida yaqqol aks ettirilgan. Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham Markaziy o’rinlaridan birini egallaydi.


Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling