Xorijiy davlatlar temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi reja: Yevropa, Osiyo va mdh davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi


Download 338.25 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi338.25 Kb.
#1402263
1   2   3   4
Bog'liq
9-MA\'RUZA

1.64-rasm. Hindistonning 16 ta temir yo‘llari bo‘yicha pereyezdlar soni
Yevropa mamlakatlarining 27 davlatida o‘tkazilgan tahlillar Yevropa temir yo‘l sektoridagi asosiy tashkiliy tuzilmalarning holatini ko‘rsatdi. Bunda uchta asosiy Yevropa sektoriga kiruvchi barcha tashkiliy tuzilmalarning asosiy modellari aniqlab olingan. Yevropa temir yo‘llar sektorida qo‘llaniladigan soddalashtirilgan integratsion boshqaruv tuzilmasi 1.65-rasmda keltirilgan. 1.66-rasmda Britaniya temir yo‘llarinig boshqaruv tuzilmasi keltirilgan.



Infratuzilma

Temir yo‘l kompaniyasi

Transport

Infratuzilma bo‘limlari

Yo‘lovchilar tashish bo‘limi

Tashishlarni boshqarish majmuasi

Yuk tashishlar bo‘limi

Infratuzilmani tashkil etish majmuasi

Harakat tarkiblari bo‘limi

Infratuzilmani ta’minot majmuasi

1.65-rasm. Yevropa temir yo‘llar sektorida qo‘llaniladigan soddalashtirilgan integratsion boshqaruv tuzilmasi
Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda temir yo‘l boshqarmalari, markazlari va korxonalarining tutgan o‘rni
Temir yo‘l holati ustidan nazorat qilish o‘rtacha darajasi AQSh va Yevropa davlatlarida MDHga nisbatan ancha past hisoblanadi. Buning asosiy sababi temir yo‘l transportining bosh maqsadi turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Jumladan, MDH davlatlari temir yo‘llarining bosh maqsadi harakat xavfsizlikni ta’minlash bo‘lsa, G‘arb mamlakatlarida ko‘p hollarda temir yo‘l transporti yuk va yo‘lovchi tashish harajatlarini minimallashtirish asosiy mezon hisoblanadi. Shuning uchun ham Yevropa, Osiyo va MDH davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi, vazifasi va ularning tasarrufidagi temir yo‘l boshqarmalari, markazlari va korxonalarining poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashdagi tutgan o‘rnilari ham turlichadir.
Yevropa va AQSh temir yo‘llarida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashdagi dispetcherlik boshqaruviga alohida etibor qaratiladi.
Poyezdlar harakati va manyovr ishining uzluksiz nazoratini ko‘zda tutgan, poyezdlar harakati va stansiyalar barqaror ishlashini uzluksiz ishlashi ta’minlash maqsadida stansiyalar, uchastkalar va yo‘nalishlardagi operativ ishlarning dispetcherlik boshqaruvi.
Dispetcherlik boshqaruvi 1851 yilda AQSh temir yo‘llarining birida yuzaga keldi. “Dispetcher” so‘zining o‘zi inglizcha “dispatch”dan kelib chiqqan bo‘lib, “jo‘natish”, “tez bajarish” ma’nosini anglatadi. Poyezdlar harakatini dispetcherlik boshqarish tizimi samaradorligiga to‘g‘ri baho bergan amerikaliklar tez orada uni barcha temir yo‘llarga tatbiq etdilar. 50 yildan so‘ng dispetcherlik boshqaruvi Yevropaga ham yetib keldi.
AQShda poyezdlar harakatini boshqarish ham o‘zgacha tashkil qilingan. U yerda stansiya navbatchilari poyezdlar harakatida faol ishtirok etmay, faqat lokomotiv brigadasiga poyezdlar dispetcherining ko‘rsatmalarini uzatish vositasi vazifasini bajaradilar, xolos. Jo‘natilish stansiyasida lokomotiv brigadasiga dispetcherlik buyruq-putevkasi berilib, unda jadvalga binoan poyezd qaysi alohida punktlarda kesishishi va oshib o‘tishlari kerak bo‘lishi ko‘rsatiladi.
1906 yilda dispetcherlik boshqarish tizimi Shvetsiya va Norvegiyada ham qo‘llana boshladi. Bu mamlakatlarda dispetcher uch xizmat – ekspluatatsiya, tortuv va yo‘l xizmatlari ishini birlashtirdi. Dispetcherlik uchastkalari uzunligi 720 km ga yetib, ish tavsifi umumiy qabul qilinganidan ancha farq qiladi, dispetcher umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ya’ni asosan poyezdlar harakatini qayd etib boradi.
1909 yili dispetcherlik tizimi avval Angliyada, so‘ng Fransiyada (1919 y.), shundan so‘ng esa boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘ldi. Angliyada dispetcher nazoratchi (kontroler), tizimning o‘zi esa – nazorat tizimi deb nomlanadi. Dispetcher ishi faqat nazorat qilish bilan, aslo ko‘rsatma berish bilan bog‘liq emas. U poyezdlarning yirik stansiyalar va uchastkalar bo‘ylab o‘tishini kuzatadi. Nazoratchi vazifasi berilgan tashishlar bajarilishini ta’minlaydigan eng katta og‘irlikka ega poyezdlarning qatnovga qo‘yilishini kamaytirish, poyezd lokomotiv-soatlarini minimal darajaga tushirish, lokomotivlarning kam samarali yo‘l bosishlarini kamaytirish, vagon parkini taqsimlash va barcha harakat turlari uchun uning ehtiyojdagi miqdorini aniqlashdan iborat.
Tashkiliy jihatdan dispetcherlik tizimi uchastka, tuman va markaziy nazorat byurolaridan iborat bo‘lib, bunda ularning tuzilmasi va bo‘ysunish tartibi turli temir yo‘llarda har xil.
Fransiyada dispetcherlik rahbarligining ikki tipi mavjud: uchastkadagi yagona boshqaruv hamda maslahatlar va tushuntirishlar byurosi. Ikkinchi holda dispetcher vazifasi kengash ko‘rinishidagi harakatlar bilan cheklangan. Dispetcher nufuzli, bilimdon maslahatchi vazifasini bajaradi. Qoidalar stansiya navbatchisi dispetcherni voqea-hodisalardan xabardor etib turishi va zarur hollarda u bilan maslahatlashishi kerak deb talab qiladi. Biroq dispetcherning bosh roli – poyezdlar kesishuvlari, quvib o‘tishlar va to‘xtab qolishlarini muvofiqlashtirish. Unga bu ishda operatorlar ko‘maklashib, ular liniyada poyezdlar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ib, ular harakatlanish chiziqlarini grafikka tushirib boradilar. Ushbu material-lardan foydalanib, dispetcher uchastkadagi ishni boshqarib, poyezdlar harakatidagi ehtimoliy xatoliklarning oldini oladi. Poyezdlar ishining shu tarzda tashkil etilishi faqat birgina shaxsga uzunligi 800 km gacha bo‘lgan uchastkalarda jadal (intensiv) harakatni kuzatib borish


Download 338.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling