Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash faniga kirish
Download 125.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash faniga kirish
“Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash faniga kirish” Ushbu fan mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, talabalarni ko‘p madaniyatli dunyoda raqobatbardosh kadrlar bo‘lishi vazifasi bir necha chet tillarni yaxshi biladigan mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa chet tillarni o‘qitishning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga tatbiq etishni belgilaydi. “Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash” fani gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo`nalishi talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida rasmiy ekskursiyalarni loyihalashtirishning texnika va texnologiyasi hamda chet ellik davlat axamiyatidagi mehmonlar guruhlari uchun maxsus turistik xizmatlar ko’rsatish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Ushbu fan dasturi xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash va turistik ekskursiyalarni rasmiy ravishda olib borishning asosiy tushunchalarini yoritishga qaratilgan. Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan bo`yicha o`qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o`zlashtirish, fanning boshqa fanlar bilan bogliqligini aniqlash va turistik delegatsiyalarga xizmat ko’rsatish, delegatsiyalar uchun mos turdagi transport turlari hamda transport xizmatlarini ko’rsatish, ovatlantish korxonalarida rasmiy tanovvul qilishni tashkil etish, joylashtirish obyektlariga kiruvchi mehmonxonalarning to’gri tanlovini ta’minlash ular bilan ekskursiya olib borishni o’rganish, ekskursiyalarni loyihalashtirishni rivojlantirish masalalari, ekskursiyada turistik resurslarni to’liq yoritish, vazifalari va mazmuni, ekskursiyaga qo‘yilgan talablar, ekskursiyaning asosiy va individual matnini tayyorlash, ekskursiyaning texnologik xaritasini tuzish, ekskursiyani olib borish texnikasi, ekskursiya rahbari-gidga qo‘yilgan talablar va uning nutq madaniyati, O‘zbekistonning tarixiy-arxitektura va ekologik-rekreatsion turistik resurslari, turizmdagi asosiy va maxsus turlar haqida chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.1994 yildagi 158- son Download 125.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling