Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash faniga kirish
DELEGATSIYALARINING XORIJIY MAMLAKATLARGA
Download 125.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash faniga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarni qabul qilish
DELEGATSIYALARINING XORIJIY MAMLAKATLARGA
TASHRIFLARINI VA CHET EL DELEGATSIYALARINI, DAVLAT VA SIYOSIY ARBOBLARINI QABUL QILISHNI UYUSHTIRISH HAMDA SHU MAQSADLAR UCHUN DAVLAT BUDJETIDAN AJRATILADIGAN MABLAG‘LARNI SARFLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari hamda chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilish bilan bog‘liq tadbirlarni uyushtirishda yagona yondashuvni ta’minlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. Chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarni qabul qilish 2.1. O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy, amaliy, norasmiy tashriflar bilan, yoxud yo‘l-yo‘lakay tashriflar bilan keluvchi xorijiy davlatlar boshliqlari, delegatsiyalar, siyosiy arboblar Davlat diplomatik protokoli to‘g‘risidagi nizomga yoki ikki tomonlama ahdlashuvga muvofiq qabul qilinadilar. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolari bo‘lgan davlatlar boshliqlari, hukumatlar boshliqlari va tashqi ishlar vazirlarining O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida kutib olish, kuzatib qo‘yish va O‘zbekistonda bo‘lish dasturi MDH mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda shakllangan amaliyotni hisobga olgan holda va o‘zarolik asosida amalga oshiriladi. BMT Bosh kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mehmoni sifatida qabul qilinadi. BMT Bosh kotibi tashrifining hajmi umuman olganda Tashqi ishlar vazirlarining rasmiy tashriflari darajasiga muvofiq bo‘ladi. 2.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlar boshlig‘i, delegatsiyalar, davlat va siyosiy arboblar sharafiga qabul marosimlari oliy darajadagi qabul marosimi hisoblanadi. 2.3. O‘zbekistonda bo‘lish dasturi loyihalari asosiy protokol tadbirlar bayon qilingan boshqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining tegishli xizmati va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Xorijiy davlat va hukumat boshliqlarini qabul qilishning vaqti va tartibi to‘g‘risidagi prinsipial qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi. Mehmonning xohishiga ko‘ra tashrif dasturida O‘zbekiston bo‘ylab safar qilish nazarda tutilishi mumkin. 2.4. Qabul qilish darajasi (oliy, 1, 2-razryadlar) respublika rahbariyati tomonidan ilovaga muvofiq belgilanadi. 2.5. Asosiy protokol tadbirlarga va qabul qilish darajasiga muvofiq Maslahatchi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokol xizmatining rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qabul qilish tartibi, vaqti va joyi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklif kiritadilar. Qabulni uyushtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining barcha manfaatdor vazirliklari va idoralari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etilishi mumkin. Delegatsiyalarni va mehmonlarni qabul qilish chog‘ida ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati nomidan esdalik sovg‘alari topshirilishi nazarda tutiladi. Topshiriladigan sovg‘alar va esdalik sovg‘alarining ro‘yxati aniq har bir holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi. Oldingi tahrirga qarang. Agar qabul marosimi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi yoki Oliy Majlisi Senati nomidan uyushtirilgan bo‘lsa, esdalik sovg‘alari parlament nomidan topshiriladi. Bunda tashkiliy masalalar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri yoki Oliy Majlisi Senati Raisi bilan kelishgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni va Oliy Majlis Senati devoni tomonidan hal etiladi. 2.6. Xorijiy delegatsiyalarni, davlat va siyosiy arboblarni qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlarning barcha turlari haqiqiy sarf-xarajatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti hisobidan qoplanadi. 2.7. Xorijiy davlatlar rahbarlari va delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘lgan paytda Toshkent shahrini bezash Toshkent shahar hokimi zimmasiga yuklatiladi. Xorijiy mehmon tashrifining dasturiga O‘zbekistonning boshqa shaharlarida bo‘lish kiritilgan taqdirda, bu shaharlarni bezash va delegatsiyalarni qabul qilish mahalliy budjet hisobidan tegishli hokim tomonidan amalga oshiriladi. Download 125.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling