Mana bir misol, Shekspirning «Gamlet»i talqin qilina-qilina shunga olib keldiki, Gamlet xushbichim, aqlli, o’ta dono – ideal qahramon tusiga, ruhiga kirdi. Vaholanki, Gamlet aslida ancha to’la, pishillab qolgan, ruhiy iztirob iskanjasiga tushgan odam edi. Shekspir, tabiiyki, uning tashqi ko’rinishi bilan ichki olami orasidagi allaqanday bog‘liqliklarga ishora qilgan.

San'atdagi talqinlar badiiy adabiyotdagi talqinlarga ko’ra tez-tez oʻzgarib, yangilanib turadi. Baribir, talqindagi matndan yiroqlashish oʻzini sira oqlamaydi.
8-ma’ruza mavzusi uchun mashgʻulot:
1-mashgʻulot. Ma’ruza matni va koʻrsatilgan, shuningdek, mavzuga aloqador qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanib rejalar boʻyicha kospekt qiling:
1. Ijodkor bilan kitobxon muloqoti. 2. Soʻzni his etish mas'uliyati. 3. Tanqid – talqin – baholash uzviyligi.
2-mashgʻulot. Ma’ruza matni va koʻrsatilgan, shuningdek, mavzuga aloqador qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanib germenevtika tushunchasi haqida ma’lumot toʻplang.
8-ma’ruza mavzusi uchun topshiriq:
1-topshiriq. Savollarga javob yozing.
1.Badiiy asar kim tomonidan baholanadi? 2.Kitobxonning qahramonga kechinmadoshlik holati borasida fikr yuriting. 3.Muallif asl niyatini ilg‘ashda kitobxonning vazifasi? 2-topshiriq. Adabiyotshunoslikka oid bosma va ekektron lugʻatlardan foydalanib quyidagi istilohlarning izohini topib yozing va misol keltiring: badiiy asar – talqin – baholash – tanqidchi – katarsis – tahlil – muallif – oʻzlashtirish –
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |