Xorijiy filologiya fakulteti Oʻzbek filologiyasi kafedrasi Nazarova Shahnoza Phd hozirgi adabiy jarayon Muallif – qahramon – kitobxon munosabati masalasi


Muallif – qahramon – kitobxon zanjirida


Download 12.32 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi12.32 Kb.
#1566392
1   2   3   4
Bog'liq
8-ma’ruza Muallif – qahramon – kitobxon munosabati masalasi-fayllar.org

Muallif – qahramon – kitobxon zanjirida adabiy tanqidning oʻrni qanday?

  • Oʻz fikr-mulohaza, xulosalari bilan muallif dunyoqarashiga ta’sir ko’rsatadi.

  • Oʻz fikr-mulohaza, xulosalari bilan adabiy qahramonni kitobxonga tanishtiradi.

  • Oʻz fikr-mulohaza, xulosalari bilan kitobxon dunyoqarashiga ta’sir qiladi va kitobxonlarning yangi avlodini tarbiyalashda muallif bilan birgalikda ishtirokchiga ayalanadi.

  • Demak, siz boʻlgʻusi tanqidchi sifatida shunday vazifani bajarishingiz kerak.

    Muallif – qahramon – kitobxon zanjiri haqidagi mavjud asosiy qarashlar:


    • Aristotel: asar ruhiy poklanuv (katarsis) hamda shaxs sifatida ruhiy, estetik oʻzgarishga uchrash (kaolokogot) ga olib boradi.

    • Abu Nasr Forobiy: mashhur asarlardagi soʻz, fikr, qarashlar tirik, jonlidiк. Tirik matngina turlanadi, toblanadi, yashaydi, oʻzini turli ko’rinishda namoyon etadi. Jonli matngina sharh, tafsir, ta'vil, talqinga yo’l ochadi.

    • Haydar Xorazmiy: saralovchi yoxud ahli naqd «mahaki imtihon»ga qiyosdir (mahak toshlar ma'danlar uyumidan oltinu kumushlarni bexato ajratib berarkan).

    Immanuel Kant: badiiy asarning estetik mohiyati oʻzlashtirish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy matnni oʻzlashtiruvchining goʻzallikni his qilishi, didi muhim ahamiyatga ega.


    • Immanuel Kant: badiiy asarning estetik mohiyati oʻzlashtirish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy matnni oʻzlashtiruvchining goʻzallikni his qilishi, didi muhim ahamiyatga ega.

    • Gegel: badiiy asar shuning uchun yaratiladiki, kitobxon oʻqish-oʻzlashtirish orqali oʻzining iymon-e'tiqodini, yuksak tuyg‘ulari ma'nosini anglab yetsin. Asaridagi dunyo bilan kitobxon ruhiy olami aro hamohanglik eng muhim masala.

    • Belinskiy: adabiyot keng kitobxon ommasisiz rivojlana olmaydi. Xaloyiq oʻzgarib turuvchi, goh u tomon, goh bu tomonga og‘ib turuvchi kuchdir. Mana shu tizginsiz kuch qoʻlyozma, qoralamani e'zozlashi, boshiga ko’tarishi ham, uni ayovsiz ravishda uloqtirib yuborishi ham mumkin.


    Potebnya: tinglayotgan soʻz­layotganga nisbatan soʻzlar zaminidagi ma'noni teranroq anglaydi, kitobxon ijodkorga nisbatan asar mohiyatini chuqurroq tushunadi. Asarning qimmati, muallif g‘oyasidamas, uning o’quvchiga qay darajada ta'sir o’tkazishidadir.

    Download 12.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling