Reja: Hayot paydo bo‘lish tushunchasi


Download 1.98 Mb.
Sana27.10.2020
Hajmi1.98 Mb.
#137341
Bog'liq
Zoologiya 2-M. I. L. M. CH


Hayotning paydo bo‘lishi haqida zamonaviy tasavvurlar

Reja:

1.Hayot paydo bo‘lish tushunchasi

2.Dastlabki nazariyalar: Kreatsionizm va o‘z-o‘zidan nukleatsiya nazariyalari

3.Statsionar va panspermiya nazariyalari

4.Biokimyoviy evolyutsiya nazariyasi


Hayotning paydo bo‘lishi tirik organizmlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi qarashlar majmuyi.

Hayotning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar egalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchisi, abiogenez tarafdorlari bo‘lib ular fikriga ko‘ra hayot jonsiz jismlardan,anorganik tabiat bo‘laklaridan paydo bo‘ladi. Bu qarash tarafdorlariga. Oparin, Myuller va boshqalar kiradi.

Ikkinchisi, biogeniz tarafdorlari. Ular fikricha tirik organizmlar faqat tirik moddalardan hosil bo‘lishi mumkin. Bu qarash tarafdorlariga L. Paster va CH. Darvinlar kiradi.

Kreatsionizm nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra barcha tirik organizmlar ma’lum bir g‘ayritabiiy mavjudot tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida qurilgan yoki yaratilgan. Bu nazariya tarafdorlari asosan diniy yo‘nalishlar hisoblanadi.

O‘z-o‘zidan nukleatsiya nazariyasi. Bu nazariyaga binoan tirik organizmlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgan.

Jonsiz tabiat unsurlaridan jonli narsalar o‘z o‘zidan paydo bo‘li qolishi haqidagi qarashlar F. Redi davrigacha davom etdi. Redi 1688-yilda bir necha bo‘lak go‘shtni olib bonkalarga joyladi va ularning ba’zilarini ochiq qoldirib, ba’zilarini muslin bilan yopib qo‘yadi. Ochiq idishlarda chirigan go‘sht parchalari ustida pashsha lichinkalari paydo bo‘ladi. Yopiqlarida esa pashsha va lichinkalari tushmaganidan qurtlar paydo bo‘lmadi. Redi shu tajribasi bilan tirik organizmlar o‘z o‘zidan paydo bo‘lib qoladi degan fikrni yo‘qqa chiqardi

Statsionar va panspermiya nazariyalari.

Statsionar nazariyasiga ko‘ra koinot abadiy va hayot ya’ni statsionar holat avvldan mavjud. Lekin statsionar nazariyasi astrofizikaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Chunku bu nazariyaga ko‘ra koinot yaqinda taxminan 16 mlrd yil avval portlash natijasida paydo bo‘lgan.

Panspermiya nazariyasiga ko‘ra hayot koinotda doim mavjud va bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bunda tashuvchi vazifasini metioret va kametalar bajaradi.

Panspermiya nazariyasi

Biokimyoviy evolyutsiya nazariyasi. Bu nazariya asosida uglerod birikmalarining evolyutsion o‘zgarishi natijasida tirik moddalar hosil bo‘lishi yotadi. Bu nazariyaga ko‘ra hayot kelib chiqishi 4 davrni o‘z ichiga oladi. Bundan dastlabki 3 ta davr kimyoviy evolyutsiya bo‘lsa so‘nggisi biologik evolyutsiya hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hayotning kelib chiqishi haqida ko‘plab nazariyalar mavjud bo‘lsa ham lekin ularning hech biri hayotning kelib chiqishini to‘la qonli tushuntirib bera olmaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling