Xorijiy filologiya fakulteti
Download 7.67 Mb.
|
diniy qadriyatlarimiz va yoshlar tarbiyasi ppt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoviy davlatda siyosat va din munosabatining xuquqiy me’yorlari.
- “Kokaldosh madrasasi”
- «Ozbekiston XXI asr bosagasida»
- «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisida»
XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETIBajardi: Fayziyeva F. Tekshirdi: Insopov A. Toshkent 2014 MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI diniy qadriyatlarimiz va yoshlar tarbiyasi REJA:
Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganla-ridek, «Ma'naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning Qadimiy va navqi-ron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o'z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg'usi bilan birgalikda yetishgan. Ma'naviyat o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi» O'zbekiston Respublikasi o'zining ko'p asrlik orzusi bo'lmish mustaqillikka erishgandan so'ng hukumat rahbarlari va xalqimizning barcha qatlami oldidagi eng dolzarb, ma'suliyatli, muqaddas vazifa - ushbu buyuk in'omni, mustaqillikni saqlab qolish va uni rivojlantirib, davlatimiz mavqeini xalqaro miqyosiga olib chiqishdan iboratdir. Bu o'lkan vazifani amalga oshirish bilan bir vaqtning o'zida kechiktirib bo'lmaydigan eng muhim tomoni - kishilarimizning ma'naviy-madaniy barkamolligini yuksaltirib borishdir. So'nggi 130 yillik Rossiyaga bo'lgan qaramlikda ham xalqimizning ma'naviyati va madaniyati mustamlakachilar tomonidan butunlay bo'g'ib tashlashga harakat qilindi. Mana, xalqimiz asrlar osha kutgan mustaqillikka ham yetib keldik. Hukumatimiz boshchiligida xalqimiz ko'p yo'nalishlar qatori ma'naviy, madaniy, diniy qadriyatlarimizni, merosimizni tiklash sohasidagi tadbirlarni amalga oshira boshladi. Islom dunyosining eng yetuk hadisshunosi bo'lmish, ham yurtimiz Imom Ismoil al-Buhoriyning ulug' nomi ham totalitar tuzum davrida deyarli tilga olinmas edi. Va holanki, dunyo olimlari bu insonning faoliyati va yaratgan asarlarini allaqachonlar tan olgan edi. Mustaqillik yillarda vatandoshimiz to'plagan hadislarning 4 jildlik to'plami nashrdan chiqarilib xalqimizga sovg'a qilindi. Samarqand shahri yaqinidagi Chelak shahrida al-Buhoriyga atab yodgorlik va haykal o'rnatildi. Bugungi kunda ushbu ziyoratgohga jahonning turli burchaklaridan odamlar kelib ziyorat qilib ketmoqdalar. Yuqorida ko'rsatilgan ishlar bilan bir qatorda o'tmishdoshlarimiz yaratgan madaniyat obidalarini tiklash, ta'mirlashdek savob ishlarga davlatimiz rahbarlari alohida e'tibor bermoqda. Toshkent yaqinidagi ziyoratgox, islom dunyosining yetuk va mashhur namoyondalaridan Zangi ota Oyxo'ja Tojxo'ja o'g'li yodkorlik majmuasida katta ta'mirlash ishlari olib borildi. shahrimizdagi “Ko'kaldosh madrasasi”da ta'mirlash ishlari yakunlanib qolmoqda, “Abulqosim madrasasi” binosi ta'mirlanib, deyarli avvalgi holatiga keltirildi. Samarqand Temur va Temuriylar davrida yaratilgan barcha obidalarda tiklash va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va davom etmoqda. Xullas, bu yo'nalishlar bo'yicha ham salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. I.A.Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida» nomli mashhur, xalqaro miqyosidagi yangi asarida ta'kidlaydiki, Jamiyatning diniy-ruhiy asoslarini, xalqimizning ming yillik ma'naviy- ahloqiy yuksalish tajribasini o'zida jamlagan Islom madaniyatini tiklash o'z taqdirini o'zi belgilash, tarixiy xotiraga, madaniy-tarixiy birlikka ega bo'lish yo'lidagi-g'oyat muhim qadam bo'ldi. Eski masjidlar ta'mirlanmoqda, yangilari bunyod etilmoqda. Darhaqiqat ma'naviy hayotimizda islom dinining o'ziga xos alohida o'rni bor. Islom ta'limoti olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlarni idrok etish borasida katta ahamiyatga egadir. Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma'naviy va madaniy qadriyat sifatida imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Prezident I.Karimovning 1992 yil 7 martidagi Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida Din ishlari bo'yicha qo'mita tashkil etildi. 27 mart kuni O'zbekiston Prezidentining «Ro'za Hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risida» Farmon e'lon qilindi. 1992 yildan boshlab har yili mamlakatimizda ro'za hayiti umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Shuningdek, qurbon hayiti ham yurtimizda dam olish kuni va bayram qilib nishonlanadigan bo'ldi. Eng muhimi, xalqimiz o'z tarixida birinchi marta bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish sharafiga muyassar bo'lmoqda. Faqat 1998 yilning o'zida 4 mingga yaqin fuqarolar Makka va Madinaga safar qildilar. Islom dunyosining mashhur allomalari bo'lmish Imom at-Termiziyning 1200 yilligi. Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahoviddin Naqshbandiyning 675 yilligi va Xo'ja Axror Valiyning 600 yilligi keng ko'lamda xalqimiz tomonidan nishonlandi. Ularning asarlari nashrdan chiqarildi. O'zbekiston Konstitutsiyasida vijdon erkinligi kafolatlanib, har kim hohlagan dinga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Ayni vaqtda, Konstitutsiyada diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi deb ham yozilgan. Davlatga va dinning to'g'ri yo'nalishiga qarshi faoliyat yurgizayotgan «Vahobiychilik» oqimiga qarshi keskin kurash e'lon qilindi. 1998 yil aprelida O'zbekiston Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonuni yangi tahrirda qabul qildi. Bu qonun zamon talablarga mos bo'lib, Fuqarolarning dinga moneliksiz e'tiqod qilish, diniy urf-odatlarni ijro etish huquqini kafolanlandi va himoyalandi. Diniy tashkilotlar faoliyati tartibga solib turildi. Islomning muqaddas kitobi Kur'oni Karim 8 marta jami 1 million nusxada nashr qilindi. O'zbekcha nusxasi 3 marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi. 1995 yil 19 mayda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan Toshkentda xalqaro islom tadqiqot Markazi tashkil etildi. O'zbekiston televideniyasida «Ma'rifatnoma» ko'rsatuvi tashkil etilib, unda xalqning ma'naviyatini yuksaltirishda, diniy ma'rifatini o'stirishda yordam beradigan ma'lumotlar berib kelinmoqda. Shuningdek 1999 yilda Islom universiteti ta'sis etildi. Mustaqillik sharofati bilan ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan ulkan bayram -Navro'z bayrami Prezident Farmoniga binoan har yili 21 mart dam olish kuni deb va bayram deb e'lon qilindi. Navro'z sho'rolar davrida diniy bayram deb hisoblanib, uni keng nishonlanishi cheklab qo'yilgan edi. Mana, ming shukrki, sevimli, qadrli xalq bayramini nishonlash yana tiklandi. Har yili mamlakatimizning barcha hududlarida «Navro'z» bayrami xalq sayili sifatida katta xursandchilik bilan o'tkazilmoqda. Shuning uchun xalqimiz ushbu bayramni intizorlik bilan kutadi va tantana qiladi. Xullas ma'naviy-madaniy qadriyatlar va meroslarni tiklash va rivojlan tirish ishlari kungildagidek amalga oshmoqda va hali bajariladigan vazifalar ham talaygina. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan davlatimizning dinga bo‘lgan munosabati nimalar bilan belgilanadi, degan savolga javob berishdan avval „dunyoviylik" degan tushunchaning o‘zi nimani anglatishini aniqlashtirish lozim. Dunyoviylik diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy xayot va qolaversa, umummilliy taraqqiyotdagi axamiyatini inkor etadimi? Agar inkor etmasa, dinning xayotiy voqelikdagi rolini u qanday tushunadi? Ana shu savollarga oydinlik kiritsakkina mustaqil O’zbekistonda dunyoviy jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-xarakatlarning, shuningdek siyosat, din va mafkura o‘rtasidagi aloqaning, munosabatlarning tub moxiyati ravshanlashadi. Fikrimizcha, taraqqiyotning dunyoviy yo‘li sobiq kommunistik mafkura „qoliplari"ga tushmasligi, ya’ni uning daxriylik xamda diniylik emasligiga bog‘liq. Bundan dunyoviylik moxiyatan, zikr etilgan ikki qarama-qarshi qutbning, ya’ni diniylik va daxriylikning oralig‘ida joylashgan ma’naviy-madaniy xolat degan xulosaga kelish mumkin. Chunki, u diniylikni xam, daxriylikni xam inkor etmaydi, ularning xar ikkalasini ob’ektiv ijtimoiy xodisa deb e’tirof etadi. Download 7.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling