Xorijiy investitsiyalar fanidan


O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati


Download 414.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana20.07.2023
Hajmi414.96 Kb.
#1661292
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
Хорижий инвест.

5.2.O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol 
investitsiya siyosati markaziy o’rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois 
O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya 
siyosatida to’liq aks ettirilishini taqozo etmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy 
yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng 
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 
«Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini 
yanada 
yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida - “Uzoq muddatli istiqbolga 
mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning 
raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim 
ustuvor yo’nalish – bu asosiy etakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga 


17 
qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol 
investitsiya siyosatini olib borishdan iborat”,
1
-deb ta’kidladi. 
Mustaqillikka erishilgandan boshlab, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga 
o’tishning o’ziga xos yo’lidan bormoqda. Bu yo’lda investitsiya siyosatining 
ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, 
texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga 
oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon 
yaratadi. SHu jihatdan O’zbekiston o’z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib 
bormoqda (5.2.1 - chizma) 
 
 
5.2.1-chizma 
 
O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati 
 
Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya 
siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati - 
investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda 
samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar 
majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini 
ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan 
qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Download 414.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling