Xorijiy investitsiyalar fanidan


Download 414.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana20.07.2023
Hajmi414.96 Kb.
#1661292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Хорижий инвест.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzu-
uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. 
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular 
mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi 
investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. 
 
Инвестициялар 
Молиявий 
инвестициялар 
Моддий 
инвестициялар
Ақлий 
(интеллектуал)
инвестициялар



Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor 
munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos 
tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi 
investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar 
belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror 
ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab 
chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. 
Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi 
avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. 
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab 
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa 
shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar 
ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko’rinishiga ham ega 
bo’ladi. Quyilish ob’ektiga, yo’naltirilayotgan sohalar va ularni ishlatishdan 
olinadigan natijalarga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. 

Download 414.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling