Xorijiy investitsiyalar fanidan


 O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi


Download 414.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/42
Sana16.11.2023
Hajmi414.58 Kb.
#1781260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori

 
5.5. O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi 
1
Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. – 
Прeзидeнт Ислoм Кaримoвнинг 2009 йилнинг aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни ижтимoий-
иқтисoдий ривoжлaнтиришнинг энг муҳим устувoр йўнaлишлaригa бaғишлaнгaн Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг 
мaжлисидaги маърузaси // Халқ сўзи, 2010 йил 30 январь. 


21 
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy 
investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak 
bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay 
investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy 
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish 
tizimidir. 
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning 
umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari 
majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish 
maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va 
joylashuvini belgilaydi.
Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari 
sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) 
investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. 
Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan 
bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish 
maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy 
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat 
resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va 
mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini 
amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar 
kompleksi. 

Download 414.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling