Xorijiy investitsiyalar fanidan


Download 414.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/42
Sana16.11.2023
Hajmi414.58 Kb.
#1781260
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori

 


24 
 
6.3.To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
rag’batlantirish
 
Xorijiy investitsiyalar O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko’lamini 
kengaytirish, eksport hajmini oshirishga imkon yaratayotganligiga amin bo’lish 
mumkin. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimi kengayib va ortib borayotganligi 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining to’g’riligi hamda 
samaradorligidan dalolatdir. 
Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o’z milliy 
iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. SHu 
bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo’lsa, 
ya’ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo’lsa, tabiiyki, ularning aynan o’sha davlat 
iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotining 
nisbiy samaradorlik qonuniga mos keluvchi yechim hisoblanadi, ya’ni qaerda samara 
(foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo’lsa, tadbirkorlar o’sha yerdagi bozorga 
ko’proq intiladi. SHuningdek, bugun O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan 
davlatlar ichida eng yuqori investitsiya muhiti yaratgan mamlakatlardan biriga 
aylandi. Bu, shubhasiz, iqtisodiyotimizga to’g’ridan-to’g’ri jalb etilayotgan xorijiy 
investitsiyalar oqimini yanada kuchaytiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan-
to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon 
mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya 
qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan mintaqalarida yangi ish 
joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli 
huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan.

Download 414.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling