Xorijiy investitsiyalar fanidan
Investitsion loyihalarni baholash muammolari
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
10.3. Investitsion loyihalarni baholash muammolari Hozirda Uzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan chet ellik tashkilotlar vakolatxonalarining biznesga texnikaviy yordam berish va qo’llab-quvvatlash salohiyatidan tuliqrok foydalanish imkoniyatlari mavjud. Masalan, nemis iqtisodiyoti vakolatxonasida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalar ishlab chikaradigan firmalar rekvizitlari buyicha axborotlar olish mumkin. Bundan tashqari, katta ekspertlar jamiyati marketing sohasi, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish menejmenti buyicha nemis mutaxassislarining bepul maslahatlarini tashkil etadi. GTZ, ICE, TIKA, JICA va xokazolardagi xuddi shunga uxshash mutaxassislarning moliyaviy va tashkiliy yordamlaridan foydalangan holda chet elda eksport mahsulotini reklama qilish va olg’a siljitish buyicha ko’rgazmalar, shuningdek o’quv seminarlari tashkil etish mumkin. Loyihani baholashda ushbu loyihani taklif etuvchi kompaniyaning moliyaviy- iqtisodiy tahlili zaruriy komponent bo’ladi. Kompaniyaning layoqati va barqarorligiga ishonch hosil qilgandan keyingina loyihaning o’zini tahlil qilish va uning moliyalash to’g’risida qaror qabul qilish mumkin bo’ladi. Investitsiya kiritish asosida kelajakda foyda olish ko’zda tutiladi. Buning uchun albatta, puxta o’ylab ish tutish lozim. Dastlab investitsiya kiritish loyihasi tuzib olinishi shart. Har qanday loyiha tuzish asosida albatta, bir qancha fikrlar majmuasi, nazariy yoki amaliy tadqiqotlar asosida malakali konstruktorlarni yangi mahsulot va texnologiyalarni yaratishga undaydi. Investitsiyaviy izlanishning oraliq farq darajalari doim shartli belgilanadi. Investitsiyalashtirishdan oldingi kuzatish ishlarini olib borish uchun kapital qo’yilmaning umumiy qiymatidan 0,8%-5% gacha ajratiladi. Investitsiyallashdan 42 oldingi bosqichni muddatini aniq belgilash juda murakkab bo’lib bu loyihalashtirishga bog’lik bo’ladi. Loyihalarni investitsiyalash jarayoni davomida korxona aktivlari ya’ni, o’z mablag’lari shakllanib boradi. SHu bilan birga boshqa korxonalar bilan mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilib boradi, ishchi xizmatchilarni ishga qabul qilish jarayoni boshlab yuboriladi Investitsiyadan foydalanish jarayonida loyihaga quyilgan investitsiyadan kelgan samaradorlik belgilanadi. Bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: -ishlab chiqarilgan mahsulotni sertifikatsiyalash; -broker va diller aloqalarini tashkil qilish; -loyihani iqtisodiy ko’rsatkichlari monitoringini o’tkazish. Har qanday investitsiyani loyihalashtirish ma’lum bir darajadagi bilim va ko’nikmalarni talab etadi. SHu o’rinda aytish joizki, har qanday investitsion loyihani samaradorligini aniqlash uchun bu loyihani qanday fikr asosida tuzilganiga, uning muddatiga, investitsiya miqdoriga va inflyatsiyaning darajasiga e’tiborni qaratish lozim. Bu bilan biz investitsiya jarayonida uchraydigan bir qancha muammolarni oldini olgan bo’lamiz. Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling