10-mavzu. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash
(4 soat)
10.1. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasi aniqlash
10.2. Investitsion loyixalarni iktisodiy samaradorligini baholash usullari
10.3. Investitsion loyihalarni baholash muammolari
10.1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasi aniqlash
Iqtisodiyotning investitsiyaga bo’lgan talabi, investitsiyaga yunaltiriladigan
mablag’larning yetishmasligi investitsiya resurslaridan samarali foydalanishni taqazo
etadi. CHunki qo’yilgan kapital mablag’idan samarali foydalanish natijasida ko’proq
foyda olish mumkindir.
Xalqaro kapital harakatning iqtisodiy samarasini ko’rsatish uchun, kapital
qo’yilmalardan olinadigan foyda turli mamlakatlarda turlicha degan tasavvurdan
kelib chiqish zarur. Jahonda ikki mamlakat mavjud deb xisoblaylik. I mamlakat AK
mikdorda, II mamlakat AK' mikdorda kapitalga ega. Ikkala mamlakatning umumiy
kapitali KK' ga teng. S
1
va S
2
to’g’ri chiziqlar I va II mamlakatlarda qo’yilgan kapital
xajmiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish xajmini o’sishini aks ettiradi. Agar xalqaro
kapital harakati mavjud emas deb faraz qilinsa I va II mamlakatlar o’z kapital
mablag’larni mamlakat ichkarisida sarflab daromad oladi (I mamlakat KS xajmida, II
mamlakat K'D
xajmda). I mamlakatning o’z kapitali yordamida ishlab chiqarish hajmi
segmentlarining yig’indisiga teng bo’lib, bulardan kapital
egalarining foydasi
ga teng buladi, qolgani esa yer va mehnat kabi boshka ishlab
chiqarish omillari egalarining foydasidir. II mamlakatning ishlab chiqarish xajmi
ga teng bo’lib, bundan kapital egalarining foydasi
, qolgani esa boshqa
ishlab chiqarish omillari egalarining foydasidir. KC ekanligi I mamlakatda
kapital qo’yishdan olinadigan foyda II mamlakatnikidan kam ekanligini
anglatadi(10.1.1-chizma)
Do'stlaringiz bilan baham: |