Xorijiy investitsiyalar fanidan
Strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirishda
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
7.4. Strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarning o’rni Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan ayni damda, iqtisodiyotning real sektor korxonalarini, shuning bilan birga infratuzilma ob’ektlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash maqsadida investitsion mablag’larni topish va ularni maqsadli yo’naltirish muhim omillardan biriga aylanmoqda. O’tgan 2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi. 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan asosiy yo’nalishlarning uchinchi bo’limi «Iqtisodiyotning real sektori sohasida resurs bazasini kengaytirish va investitsion faollik o’sishini ta’minlash choralari»ga qaratilgan bo’lib, birgina 2009 yilning o’zidayoq dasturni ijrosini ta’minlash, ya’ni tijorat banklari tomonidan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 2,4 trln. so’m miqdorida yoki 2008 yilga nisbatan 1,6 barobarga ko’p investitsion kreditlar ajratildi. Nazorat uchun savollar 1. Xorijiy investorlar uchun O’zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo’nalishlarini sanab bering. 2. Hozirda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan chet el investitsiyalari ko’lami qanday holatda ? 3. O’zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish muammolari nimalardan iborat ? 4. O’zbekiston Respublikasida qanday valyutaviy cheklanishlar mavjud ? 5. Valyuta operatsiyalarini va valyuta bozorini rivojlantirishdagi o’zgarishlar mohiyatini yoritib bering. 6. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv qanday imkoniyatlarni beradi ? 7. Hududlarning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishida keskin farqlanishni oldini olish borasida xorijiy investitsiyalar qanday ahamiyatga ega? 8. Hududlar iqtisodiyotining samaradorligini oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qaysi o’ziga xos jihatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq ? Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling