Xorijiy investitsiyalar fanidan


Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya


Download 414.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana16.11.2023
Hajmi414.58 Kb.
#1781260
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori

 
8.3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya 
ishtirokidagi korxonalarni kreditlash 
 
Bugungi kunda Respublikamizda pul-kredit dastaklarining tijorat banklari 


31 
faoliyatida ta’siri mexanizmi nuqtai nazaridan olib karaganda, xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalardagi beriladigan kreditlar miqdori markaziy bankning qayta 
moliyalash stavkasiga, markaziy bankning so’mdagi depozitlar bo’yicha majburiy 
zaxira stavkasiga va kreditlarning o’rtacha foiz stavkasiga teskari mutanosibdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy bankining kredit resurslari miqdoriga esa 
to’g’ri mutanosibdir. Buning sababi shundaki, Markaziy bankning majburiy zahira 
stavkalari oshirilishi tijorat banklarining kreditlash salohiyatlarini to’g’ridan to’g’ri 
pasaytiradi. Majburiy zaxira ajratmalari tijorat banklarining jalb qilingan resurslariga 
nisbatan hisoblanadi. O’z navbatida jalb qilingan resurslarning asosiy qismi tijorat 
banklarining kredit resurslari hisoblanadi. 
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan 
kreditlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalarga beriladigan kreditlar hajmi, kreditlarning o’rtacha foiz stavkasi, 
Markaziy bankning so’mdagi depozitlari bo’yicha majburiy zaxira stavkasi, TIF 
Milliy bankining kredit resurslari kabilarni keltirish mumkin. 
8.4. Xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati
O’zbekiston Respublikasida me’yoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish, 
xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini rag’batlantirish, kelgusida xorijiy kapitalni 
jalb qilish, yangi qo’shma korxonalar yaratish uchun qulay iqtisodiy zaminni 
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar maqsadli yo’naltirilgan holda amalga 
oshirilmoqda.
Korxonalarni xususiylashtirishda ishtirok etish imkoniyatlarini 
kengaytirish, joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertatsiyasini 
joriy qilish, ayrim iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni 
qo’shimcha qiymat solig’idan tashqari boshqa soliq to’lovlaridan ozod qilish, 
shuningdek, bojxona tariflari yordamida tartibga solishni takomillashtirish 
bo’yicha chora-tadbirlar xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy 
faoliyati va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining ijobiy o’zgarishlariga ta’sir 
ko’rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasida ko’plab korxona va birlashmalar, korporatsiya va 
kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo 
aloqalarini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, xorijlik investorlar ishtirokida yirik 
investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Download 414.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling