Xorijiy investitsiyalar fanidan
Investitsion loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baxolash usullari
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
10.2. Investitsion loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baxolash usullari Iqtisodiy samaradorlik - investitsiya uchun qo’yilgan kapitaldan foydalanilganligi uchun olingan foyda, daromad tushunilsa, ijtimoiy-iqtisodiy samara esa investitsiyani ishlatishdan olingan foydadan tashqari, kishilarning hayoti yaxshilanishi, tabiatni saqlash, ilmiy texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi ham tushuniladi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolashda «iqtisodiy samara» va «iqtisodiy samaradorlik» atamalariga e’tibor berish lozimdir. Iqtisodiy samara - qo’yilgan kapitalning investitsiyalash natijasida olingan natijasi bo’lsa, iqtisodiy samaradorlik esa olingan iqtisodiy samara yeki investitsiya natijasida olingan foyda bilan investitsiya miqdori o’rtasidagi munosabatni bildiradi. 38 Iqtisodiy samara bu qo’yilma hisobiga olingan daromaddan qo’yilgan kapital summasi ayirilib topiladi va quyidagicha hisoblanadi: (10.2.1.) bu yerda: E -iqtisodiy samara; D- qo’yilgan kapitaldan daromad; K- qo’yilgan kapital summasi. Iqtisodiy samaradorlik qo’yilgan investitsiyadan olingan foyda, daromadni qo’yilgan kapital summasiga bo’lish orqali topiladi: (10.2.2.) bu yerda: E 1 - iqtisodiy samaradorlik; If - investitsiyadan foyda; K - qo’yilgan kapital. Mamalakat iqtisodiyoti miqyosida investitsiyaning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi mamalaktda yaratilgan yalpi milliy mahsulot mikdorini mamalakt miqyosida kiritilgan investitsi miqdoriga bo’lish orqali topiladi. (10.2.3) bu yerda: E - iqtisodiy samaradorlik; YaMM -yalpi milliy daromad; K- YaMMni yaratish uchun qo’yilgan kapitalning summasi. Iqtisodiy samara vaqt funktsiyasi hisoblanib, boshlanishida u salbiy ko’rinishda bo’ladi, chunki qo’yilgan kapitaldan hali daromad olinmagan bo’ladi. Vakt utishi bilan kapital kaytimi bulgan sari daromad orta boradi va bu ijobiy natijaga erishiladi, ya’ni qo’yilgan kapitaldan olingan daromad vakt o’tgan sari qo’yilgan kapital mikdoridan orta boradi. Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya normasi deb ataladi. Bu kuyidagi formula asosida xisoblanadi; 39 (10.2.4.) bu yerda: YaIN- yalpi investitsiya normasi; YaIS- yalpi investitsiya summasi; YaMM- yalpi milliy daromad. Sof diskontlangan daromad (SDD) va daromadlilikning ichki me’yori (DIM)ni hisoblash uchun investitsiyalardan olinadigan daromadni bilish lozim. Bu daromadni topish uchun esa, mahsulot (xizmat) narxini yoki boshqacha qilib aytganda investitsiyaviy qo’yilmalar natijalarining qiymat bahosini bilish lozim. Bundan kelib chiqqan holda, natijaning qiymat bahosi bo’lmagan taqdirda, SDD va DIM ko’rsatkichlari yordamida loyihaning absolyut samaradorligini aniqlab bo’lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Ammo, masala bunday qo’yilganda ham, SDD va DIM ko’rsatkichlarini hisoblash mumkin. Gap shundaki, bunda ikki xil variant ko’rib chiqiladi: birinchi (loyiha) va ikkinchi (nollik muqobil) variantlar. Bunday yondashuvda daromad ob’ektni ekspluatatsiya qilish xarajatlarini tejash bilan almashtiriladi, nollik variant bo’yicha investitsiyaviy qo’yilmalar esa, nolga tenglashtiriladi. Nollik variant bo’yicha qo’yilmalar haqiqatdan ham nolga teng bo’lgandagina bunday yondashuv to’g’ri bo’ladi. Nollik variantdagi masala yechimini ko’rib chiqaylik. Taqqoslama samaradorlik ko’rsatkichidan foydalanamiz: (10.2.5.) bu yerda: T 1 va T 2 – taqqoslanayotgan variantlar bo’yicha yillik mahsulot tannarxi. K 1 =0 ekan, unda taqqoslama samaradorlik ko’rsatkichi Ye s absolyut samaradorlik ko’rsatkichiga aylanadi va uni rentabellik (R) orqali belgilash mumkin, ya’ni: (10.2.6) Haqiqatdan ham, K 1 =0 bo’lsa birinchi variant bo’yicha amortizatsiya ham nolga teng, T 1 esa, X 1 ga teng bo’ladi (T 1 =X 1 ). (X-xarajatlar). SHunday qilib, (X 1 -T 2 ) yillik tejashga olib kelayotgan K (K 2 , K 1 =0 da) kapital qo’yilmalari amalga oshirilmoqda. Kapital qo’yilmalar samaralimi yoki yo’qmi degan savolga quyidagi ko’rsatkich yordamida javob berish mumkin: yoki (10.2.7.) 40 Haqiqatdan ham, agarda rentabellik kattaligini S bilan taqqoslansa, unda K 2 samaradorligining sharti bo’lib xizmat qiladi. Agarda ob’ektning xizmat muddati (T) dagi joriy xarajatlar tejamini hisobga olsak, unda loyiha samaradorligi quyidagi tengsizlik bilan aniqlanadi: Ob’ekt xizmat ko’rsatish muddatidagi SDD: Kapital qo’yilmalar samaradorligini aniqlash uchun o’rtacha yillik sof daromad (annuitet) dan ham foydalanish mumkin. Annuitet yillik tejam kattaligidan kichik bo’lmasa, kapital qo’yilmalar varianti samarali hisoblanadi. (10.2.8.) Loyiha samaradorligi darajasini esa, DIM ko’rsatkichi yordamida aniqlash mumkin. SDD T =0 dagi daromadlilik – bu DIMdir. Moliyaviy tahlillarda vaqt omilini hisobga olishga bo’lgan turli yondashuvlar qo’llaniladi. Eng tarqalgan uslub bu kelajakdagi ne’matlardan hozirgisi afzalliroq ekanligining nisbiy darajasini aks ettiruvchi va taqqoslovchi funktsiya uslubidir. Amaliyotda, ko’p hollarda ushbu maqsad bilan murakkab foizlar ko’rinishidagi funktsiya qo’llaniladi. Bunday yondashuvda pullarning joriy va kelajakdagi qiymatlari murakkab foiz formulasi bilan o’zaro bog’langan: S n = S o – (1 + r) n (10.2.9.) bu yerda: S n –pul mablag’larining joriy summasi; S o -n ta bir xil vaqt oraliqlaridan keyingi pul mablag’lari summasi (pullarning qo’shilgan summasi); r –bir vaqt oralig’idagi daromadlilik stavkasi (foiz stavkasi). Buning ma’nosi shundaki, agarda r yillik daromadlilik stavkasiga ega bo’lgan ishga S o so’m pul qo’yilsa, unda n-yildan so’ng biz S n so’m pulga egalik qilishimiz mumkin bo’ladi. Va aksincha, joriy vaqtga keltirilgan, S n kelajakdagi pul summasining real qiymati, quyidagi formula bo’yicha baholanadi: (10.2.10.) bu yerda: 41 d m n –diskont ko’paytiruvchisi; r -stavkasi bo’yicha, n davriga tegishli bo’lgan diskont ko’paytiruvchi quyidagi tarzda aniqlanadi: dm n = 1/(1+r) n (10.2.11.) Demak, kelajakdagi daromadlarni joriy vaqt davriga olib kelish jarayoni diskontlash deyiladi, ya’ni, bugungi olingan bir so’m, bir yildan so’ng olinadigan bir so’mdan yanada yuqoriroq baholanishini aks ettiradi. Buning sababi faqatgina inflyatsiya emas, balki daromadlarni ko’paytirishning turli imkoniyatlari mavjudligi va ulardan voz kechish kelajakdagi muayyan pul summasini yo’qotish bilan tengdir. Diskont me’yorini tanlash investitsiyaviy tahlilning murakkab muammosidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida diskont me’yori birinchi navbatda korxona pul resurslarini ishlatish bo’yicha alternativ investitsiyaviy imkoniyatlarni aks ettirishi lozim. Diskontlash operatsiyasi investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholashda keng qo’llaniladi, chunki u vaqtning turli davrlariga tegishli daromad va xarajatlarni taqqoslash imkonini beradi. Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling