Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini


zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko’rsatkichlari


Download 30.89 Kb.
bet2/3
Sana11.02.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1188785
1   2   3
Bog'liq
Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini

zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko’rsatkichlari53




Yillar


Yalpi investitsiyaning yalpi ichki mahsulotga nisbati, foiz hisobida


YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati, foiz hisobida


ICOR

(YaIM qo’shimcha o’sishining kapital sig’imkorligi)

2003

19,3

4,4

-

2004

20,3

7,7

2,5

2005

19,8

7,0

2,9

2006

22,8

7,3

2,7

2007

23,0

9,5

2,4

2008

25,0

9,0

2,5

2009

23

8,1

3,08

2010

25

8,5

2,7

2011

23,9

8,3

3,01

2012

22,9

8,2

2,9

2013

23

8

2,8

2014

23,3

8,1

2,8

2015

23,4

8,0

2,9


Jahon amaliyotida mamlakatning investitsiya muhitini baholash borasida turli yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar bir-biridan investitsiya muhitini tashkil etuvchi omillarni to’liq yoki qisman qamrab olishi bilan farq qiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Standart & Poor’s», «Moody’s» va «Fitch ibca» jahondagi eng yirik reyting agentliklardan hisoblanib, ular emitentning qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’laqonli bajara olish imkoniyatlari va emitentlarning kredit bera olish qobiliyatiga baho beradilar. Agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan va tuzilgan reytinglar mamlakat investitsiya muhitini ma’lum darajada baholash imkonini beradi
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va

shakllari
Ma’lumki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Xorijlik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirishlari mumkin:

1. O’zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish. Bunga misol qilib XIIKlarni (ustav kapitalining kamida 30 foizi xorijlik investorga tegishli bo’lishi kerak) keltirish mumkin, ya’ni qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish eng ommabop shakl hisoblanadi.


2. Xorijlik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish, ya’ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga tegishli bo’ladi
3. Mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
4. Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
5. Kontsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalar olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
6. Savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob’ektlariga, turar-joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij sarmoyasini jalb qilish.
7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.



Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling