Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


XULOSA 58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Download 279.31 Kb.
bet2/15
Sana20.10.2023
Hajmi279.31 Kb.
#1711081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
janubiy sharqiy osiyo mintaqasi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining

XULOSA 58
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 61

KIRISH




Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon jahon xo'jaligida Yangi industrial deb nom olgan mamlakatlar xalq xo'jaligining ichki dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy munosabatlaring ekspansiyasi bo'yicha rivojlanishning o'ziga xos namunasi bo'lib qoldilar. Odatda "Yangi industrial mamlakatlar" qatoriga Osiyodagi to'rtda qayd etilib o'tilgan Janubiy koreya Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi Yangi industrial mamlakatlar - Argentina, Braziliya, Meksika va Chili taalluqli bo‘lib hisoblanadi. Nomma-nom sanab o‘tilgan barcha davlatlar Yangi industrial mamlakatlarning birinchi qaldirg‘ochlari sanaladi. Ularning orqasida “Yangi industrial mamlakatlar”ning so‘nggi avlodlari etishib chiqmoqda. Masalan: ikkinchi avlod davlatlariga Filippin, Xitoyning janubiy chegaralari va boshqalar kiradi. “Yangi industriallashuvning” butun boshli zonalari, yaqin mintaqalarda o‘z ta'sirini o‘tkazayotgan iqtisodiy o‘suvchanliligi yuqori bo‘lgan tizimlar paydo bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida xususiy mulk ko‘lami va xo‘jalik subektlari iqtisodiy erkinliklarining kengayishi, xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlanishi xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni rag‘batlantiradi. Xorij, shu jumladan, ASEAN mamlakatlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xorijiy investitsiyalarning milliy tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat resurslari bilan birlashuvi progressiv texnologiyalarni, zamonaviy boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil etish usullarini qo‘llash chog‘ida, foydalanilayotgan ishlab chiqarish omillarini xo‘jalik aylanmasiga kiritishda yuqori yalpi samarani vujudga keltiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida so‘zlagan nutqlarida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov: “Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab
chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi”1 deb ta’kidlab o‘tdilar.
Tashqi savdo mintaqa iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Eksportda qalayi (dunyo bo‘yicha 75%), rangli metall rudalari va neft, mahsulotlari, shirik ziravorlar, tabiiy kauchuk (dunyo bo‘yicha 50%), mevalar (jumladan, konservalar) va dengiz mahsulotlari kabi an’anaviy mahsulotlaridan tashqari, 80-yillardan boshlab ilmiy-texnika taraqqqiyoti bilan bog‘liq, zamonaviy va o‘ta zamonaviy mashinasozlik, elektrotexnika va elektronika (ayniqsa, maishiy elektronika mahsulotlari, kompyuter texnikasi, xizmatlar (mehmonxona va restoran xizmati, turizm va boshq) ko‘rsata boshladi Import asosan ishlov beruvchi sanoat maxsulotlari (mashinasozlik va kimyo sanoati), paxta tolasi muhim o‘rin tutadi
Bu masalaga faqat Respublika miqyosida emas, balki har bir tarmoq va mintaqa nuqtai nazaridan yondashish, ularning manfaatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda muammo yechimini izlash hozirgi davr talabidir.

Download 279.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling