Xorijiy mamlakatlar


AQSH VA ROSSIYA FEDERATSIYASIDA G‘AZNACHILIK TIZIMI


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.11.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1787055
1   2   3
Bog'liq
Davlat byudjeti g’azna ijrosining zamonaviy modellari

AQSH VA ROSSIYA FEDERATSIYASIDA G‘AZNACHILIK TIZIMI
FAOLIYATI

AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g‘aznachilik moliyani boshqaruvchi doimiy
organ hisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi organlar bajaradi. G‘aznachilik
sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor, g‘aznachilik inspektori va g‘aznachilik sekretariat
yordamchisi. G‘aznachilik sekretari lavozimiga birinchi bo‘lib A.Gaminton tayinlangan
bo‘lib, u 1789-yil 11- sentabrdan 1795-yilgacha ushbu vazifani bajardi. O‘n yillar mobaynida
g‘aznachilik funksiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda G‘aznachilik
AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi
yagona muassasasidir.


AQSHDA G‘AZNACHILIK UCHTA ASOSIY FUNKSIYANI BAJARADI:
1.
Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq siyosatini
yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha asosiy iqtisodiy maslahatchisidir.
2.
G‘aznachilik davlatga moliya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:

davlat pul mablag‘larini hisobga olish;

omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish;

soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini yig‘ish;

milliy banklar faoliyatini nazorat qilish;

tangalar zarb qilish, qog‘oz pullar va pochta markalari chiqarish.
3. Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g‘aznachilik Prezident, Vitse prezident ularning
oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist, 
butlegerlar, davlat chek va qimmatbaho qog‘ozlarini qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, 
o‘q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan
ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda g‘aznachilik AQSh
hukumatining tashqi aloqalar bo‘yicha vakilidir.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling