Xorijiy mamlakatlar
AQSH VA ROSSIYA FEDERATSIYASIDA G‘AZNACHILIK TIZIMI
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat byudjeti g’azna ijrosining zamonaviy modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSHDA G‘AZNACHILIK UCHTA ASOSIY FUNKSIYANI BAJARADI
AQSH VA ROSSIYA FEDERATSIYASIDA G‘AZNACHILIK TIZIMI
FAOLIYATI • AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g‘aznachilik moliyani boshqaruvchi doimiy organ hisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi organlar bajaradi. G‘aznachilik sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor, g‘aznachilik inspektori va g‘aznachilik sekretariat yordamchisi. G‘aznachilik sekretari lavozimiga birinchi bo‘lib A.Gaminton tayinlangan bo‘lib, u 1789-yil 11- sentabrdan 1795-yilgacha ushbu vazifani bajardi. O‘n yillar mobaynida g‘aznachilik funksiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda G‘aznachilik AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQSHDA G‘AZNACHILIK UCHTA ASOSIY FUNKSIYANI BAJARADI: 1. Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha asosiy iqtisodiy maslahatchisidir. 2. G‘aznachilik davlatga moliya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaradi: • davlat pul mablag‘larini hisobga olish; • omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish; • soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini yig‘ish; • milliy banklar faoliyatini nazorat qilish; • tangalar zarb qilish, qog‘oz pullar va pochta markalari chiqarish. 3. Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g‘aznachilik Prezident, Vitse prezident ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist, butlegerlar, davlat chek va qimmatbaho qog‘ozlarini qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, o‘q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda g‘aznachilik AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo‘yicha vakilidir. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling