Xorijiy mamlakatlarda kooperatsiyaviy munosabatlar reja: Xorijiy mamlakatlarda kooperatsiyaviy munosabatlarni shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari
Download 23.48 Kb.
|
azizb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Xorijiy mamlakatlarda kooperatsiyaviy munosabatlarni shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari.
Xorijiy mamlakatlarda kooperatsiyaviy munosabatlar REJA: 1.Xorijiy mamlakatlarda kooperatsiyaviy munosabatlarni shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari. 2.Xorijiy mamlakatlarda kooperatsiyaning hozirgi zamon tamoyillari. 3.Rivojlangan mamlakatlarda kooperatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. 1.Xorijiy mamlakatlarda kooperatsiyaviy munosabatlarni shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari. Fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperativlar tuzish ularni yagona xo‘jalikka birlashishini ifoda etmaydi, balki iqtisodiy faoliyatini mustaqil olib boradigan, jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan, hamkorlikda iqtisodiy manfaatlarni himoya etadigan fermerlar faoliyati turini aks ettiradi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda fermer xo‘jaligi kooperatsiyasi va xo‘jalik yuritishning boshqa shakllarini tashkil etishning tizimli yondoshuv uslubiyoti mamlakatimiz mintaqalari uchun ham qiziqish uyg’otadi. Bu harakatni rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni kooperativlarga birlashtirish shaklini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli korxonalar tashkil etilgan. Xo‘jalik-huquqiy maqomiga ko‘ra bu korxonalar bir nechta guruhlarga, shu jumladan, dilerlik punktlariga bo‘lingan bo‘lib, ular fermerlar uchun turli texnikalar (yangi, ishlatilgan), ehtiyot qismlar sotuvchi, shuningdek mashinalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatuvchi savdo korxonalarini ham o‘z ichiga olgan. Diler va turli uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar to‘g’ridan-to‘g’ri tijorat tamoyillariga asoslangan. Evropa mamlakatlaridagi fermerlar kooperatsiyasi mayda mahsulot ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, yirik korxonalarning tazyiqini qaytarish, o‘z o‘rni va manfaatlarini himoya qilish maqsadida fermerlar ixtiyoriy ravishda birlashib, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchi ta’minot kooperativlarini tuzadilar. Bu yirik yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi firmalar, dilerlik xizmati monopoliyasidan chiqish va bozor raqobatchisini ta’minlovchi omil hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda kooperativlarning soni fermerlar sonidan ancha ko‘p. Chunki, odatda fermer bir vaqtning o‘zida 2 - 3 ta, ba’zi hollarda esa 4-5 ta kooperativlarga a’zo bo‘ladi. AQSH qishloq xo‘jaligi departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, har 5 ta tovar firmasining egasidan 4 tasi fermerlar kooperativlari xizmatidan foydalanadi. Download 23.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling