Xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga tayyorlash. Mashg’ulot rejasi
Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi
Download 45.77 Kb.
|
1-MAVZU
Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi.Ta’lim tizimining zamonaviy tendensiyalari. Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha: - bolalar uch yoshdan besh yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; birinchi sinfdan sakkizinghi sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar); - 9-12 - sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir. AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tizimi yuzasidan katta ishlar amalga oshirilgan. Amerikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, 5 yoshdan esa “Kinder garde” deb ataluvchi tayorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan “2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi” dasturi e’lon qilingan edi. Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yildan to hozirgi kungacha barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayor holda kelishlari majburiy ta’minlangan. Har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yosshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari, maktablarda zo‘ravonlikka barham berish, o‘qish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgandi. AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi mazkur dastur asosida o‘tgan yillar davomida juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. AQSh o‘rta maktablarida o‘z o‘quvchilariga uch yo‘nalishda: akademik, kasb-hunar, umumiy yo‘nalishlarda bilim beradi. Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda: qishloq xo‘jaligi, biznes ta’limi, savdo va sanoat qurilishi bo‘yicha hunar, kasb-kor asoslari o‘rgatiladi. AQSHda har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi. Maktablarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta’lim televideniesi, qo‘lda ko‘tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat. Har bir davlat tarqqiyot yoʻlida eng muhim roʻlni albatta xalq maorifi muhim roʻl oʻynaydi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida dastlab maorif yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan boʻlib, 1878-yilgi konstitutsiyasida ta’lim tizimi haqida birorta modda kiritilmagan. Dastlab oʻquvchilar faqat qishda tahsil olishgan. Yilning boshqa fasllarida uy ishlariga koʻmak berishgan yoki birorta fabrikada mehnat qilishgan. XX asr boshlaridan ta’lim butkul yangi shaklga kirgan va hozir Qoʻshma Shtatlar boʻylab 93 mingdan ziyot maktab mavjud. Bugungi kunda AQSH Davlat Departamenti yiliga 1 trillion dollar mablagʻni maorif tizimi uchun sarflaydi. AQSHda maktabgacha ta’lim ikki qismga boʻlinadi: bogʻchagacha ta’lim (pre-kindergarten), maktabgacha ta’lim (preschool). Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni asosan ma’naviy tarbiyalash bilan shugʻullanishadi va bu bosqich bola 5 yoshga toʻlgunga qadar davom etadi. Bunday oʻquv dargohlarida bolalarga jamoat odob axloq qoidalari va atrofimizdagi olam haqida umumiy tushunchalar beriladi. Bolalar 5 yoshidan boshlab haqiqiy bogʻchalarga koʻchib oʻtishadi. Bu yerda bogʻchalarning oʻz oʻqitish tizimidan kelib chiqib bolalar sportga, diniy ta’limga, xorijiy tillarga va aniq fanlarga yoʻnaltiriladi. Lekin barcha bogʻchalarning asosiy maqsadi bolalarni boshlangʻich arifmetika, san’at, oʻqish-yozish, musiqa va boshqa qobiliyatlarni shakllantirishga qaratilgan boʻladi. Bog‘cha va maktablarga avtobusida uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo‘l-tarnsport hodisalardan to‘la muhofaza etilgan; sariq ranga bo‘yalgan uning signallariga barsha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab va bog‘cha avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o‘tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar. AQSh televideniyasining alohida kanalida “Sezam ko‘shasi” deb nomlanuvshi ko‘rsatuvlar dasturi mavjud, u o‘quvshilarga ingliz tili, alifbo, arifmetik amallarini, bajarish sanash, koinot, tabiat, jugrofiya, tarix, bo‘yisha bilimlarni o‘ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi. Amerika ko‘pmillatli mamlakat. Lekin har bir millat o‘z farzandiga milliy urf-odatlarini tilini o‘rgatishga jidiy ahamiyat beradi. Ko‘pinsha bu vazifalarni katta avlod amalga oshiradi. Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning asosini ularni maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshli bog‘sha guruhlarida bo‘lsalarda, lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang‘ish sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda uning dastlabki bosqishi hisoblanadi. Maktabgasha tarbiya muassasalarning ta’lim dasturi ko‘p jihatdan ota onlar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo‘ljalangan, u pirovard natijada bolalarni boshlang‘ish maktablarga puxta tayyorlab berishga xizmat qilishi kerak. Boshlang‘ish maktab boshlang‘ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgasha bo‘lgan bolalarga to‘laqonli bilim, ta’lim berish ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo‘lib shaklanishi ta’minlashdan iboratdir. Boshlang‘ish sinflarda o‘qitiladigan o‘quv predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo‘lib, ular o‘quvshilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo‘nalishiga ham ega qiladi. Sinfdan-sinfga ko‘shirish o‘quvchining o‘qish tezligi, yozuvi, xusnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang‘ish sinf dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o‘zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida o‘quv-tarbiya ishlari bilan bog‘liq masalalarni to‘laligisha har bir shtat o‘ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan boshlang‘ish maktablarda o‘quv davomiyligi turli shtatlarda turlisha belgilangan. Ya’ni boshlang‘ish ta’lim 4,5,6,8 yillik bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar shu davr ishida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, xunarmandshilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. AQSh maktablarida o‘qish har bir o‘quvchi ushun faxr-iftixor bo‘lishiga o‘quvchi bilimi imkoniyati, nuqtai nazariga ishonsh hissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo‘lib qolishlari favqulodda salbiy holat hisoblanadi. Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o‘quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirildi. Amerikalik maktab yoshiga yetgan har bir bola maktabda tahsil olishi shart hisoblanadi. Maktabda tahsil ikki qismdan iborat: boshlangʻich maktab va yuqori maktab. Bu jarayonlar 12 yil davom etib “K-12” deb ataladi. Boshlangʻich maktabda bolalar 6 yil tahsil olishadi. Yuqori maktab ham oʻz navbatida ikki qismdan tashkil topgan boʻlib 6 yil davom etadi. Yuqori maktabning birinchi bosqichini “junior high school”, ikkinchi bosqichi “high school” deb nomalanadi. 12 yillik ta’limni tamomlagach oʻquvchilar kollej yoki universitetda oʻqishini davom ettirishi mumkin. Amerikada har bir oʻquvchi “GPA” deb nomalanuvchi baholash tizimi tomonidan imtihon qilinadi. Oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi foizlarda hisoblanadi. Eng yuqori koʻrsatgich A(5) daraja boʻlsa, eng quyi oʻzlashtirish F(0) bilan ifodalanadi. Baholash oʻquvchilar oʻzi tanlagan barcha fanlarining umumiy yigʻindisidan kelib chiqib, oʻrtacha balli orqali hisoblanadi. Masalan, 3 ta fandan 5 baho olinib, bitta fandan 4 olinsa, bunda oʻquvchining bahosi GPA 4,75 hisoblanadi va oʻquvchiga B daraja beriladi. AQSHda maktablar mahalliy boshqaruv organlariga boʻysunadi. Xalq ta’limi vazirligi esa faqatgina davlat ta’lim tizimini moliyalashtirish va Kongressda xalq ta’limiga oid qonunlarni himoya qilish bilan shugʻullanadi. Xalq ta’limi tizimi AQSH tomonidan markazlashtirilmagan. Kongress barcha uchun ta’limning umumiy qoidalarini ishlab chiqadi va ta’lim sifatini tekshirish bilan chegaralandi. Maktabda bolalarni oʻqitish kabi asosiy ishlarni mahalliy boshqaruv organlari hal etadi. AQSHda bolalarga tahsil beruvchi har qanday oʻqituvchi yuqori tajribaga ega boʻlishi va eng kamida magistr darajasini egallagan boʻlishi kerak. AQSH har daqiqada ta’limga 1$ sarflaydi va bu AQSHga 7,5$ foyda keltiradi. AQSHda oʻqituvchilarning oʻrtacha maoshi yiliga 55,040 $ hisoblanadi. Bundan tashqari oʻqituvchilar koʻplab imtiyozlarga ega. Masalan, foizilari kam ipoteka kreditlari olishi mumkin. Maktablarda har bir oʻquv yili soʻngida davlat imtixonlari boʻladi. Baholash tizimidan yetarlicha baho toʻplay olmagan oʻquvchilar sinfdan sinfga qoldiriladi va oʻzlashtira olmagan fanlarini qayta oʻqiydi. Shunday boʻlishiga qaramay buyuk davlat bolalarining aksariyat qismi imtixonlardan yiqilishadi. Chunki “High school” oʻqishda mustaqil izlanishlarga koʻproq urgʻu beradi va imtixonlar muhim ahamiyatga ega. Maktabni bitirgach oʻquvchilarning sayohat qilishi, ishlashi, mustaqil oʻrganishi uchun bir yil vaqt beriladi. Maktablar xavfsizligini mahalliy politsiya idoralari qoʻriqlaydi. Maktabdan bolalarni olib ketishning ikkita usuli bor. Birinchisi, ota-ona , vasiy yoki ishonchli shaxs tomonidan, ikkinchisi, maxsus maktab avtobuslari orqali oʻquvchilarni maktabdan olish mumkin. Sariq rangli maktab avtobusi koʻchada toʻxtab bolani mindirayotganda, yoʻlning har ikki tomonida ham harakat toʻxtaydi. Amerikaliklar uchun bolalar salomatligi va xavfsizligini taminlash majburiyat darajasiga chiqqan. Mamlakat boʻylab 440 ming maktab avtobuslari mavjud va bu avtobuslar orqali yiliga 24 million oʻquvchi manzilga yetkaziladi. Amerika maktablarida yuqori sinf oʻquvchilari 8:30 dan to 15:30 ga qadar tahsil olishadi. Maktabdan boʻsh vaqtda esa sport, musiqa, ijtimoiy klublar va ota-onalar qoʻmitasi tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlarga jalb etiladilar. Darsdan boʻsh vaqtlarida tashkil etiladigan tadbirlar oʻquvchilarning kelajakdagi kasbi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Maktabdan tashqari tadbirlarda oʻquvchilar koʻngilli guruhlarga boʻlinib hukumat va politsiya ishlariga koʻmaklashadilar. Notiqlik, teatr, sport, musiqa, media, robotexnika, dasturlash, boshqaruv qobiliyati va turli xorijiy tillarni oʻrganish oʻquvchilar uchun juda qiziqarli mashgʻulotlar sirasiga kiradi. Amerikaliklar uchun bilim olishning birdan bir manbayi kutubxona hisoblanadi. Kutubxonalarning axborot manbayi har yili yangilab boriladi. Har bir maktab alohida kutubxona mavjud. Bundan tashqari hudud markazlarida katta kutubxonalarn bor. Statistik ma’lumotlarga qaraganda amerikaliklar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarini umumiy qoʻshib hisoblagandan koʻra koʻproq kitob sotib olar ekanlar. Download 45.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling