Xorijiy til (ikkinchi chet tili) nemis tili


Download 29 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi29 Kb.
#195591
Bog'liq
fan haqida malumot


Fan haqida ma’lumot

O‘rganilayotgan “Xorijiy til (ikkinchi chet tili) nemis tili” fani 1-8 semestrlar davomida o‘qitiladi. Ushbu fan bo‘yicha talabalar kommunikativ, lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, kasbiy, umummadaniy kompetensiyalarni egallashi nazarda tutilgan. O‘rganilayotgan tilning fonetik, grammatik, leksik va stilistik, tipologik jixdtlarini puxta o‘rganish, nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda hozirgi paytda dunyoda va respublikamizda sodir bo‘layotgan siyosiy, madaniy, iktisodiy va ijtimoiy voqeliklarni ongli ravishda bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu fan bo‘yicha talabalar kuyidagi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar:

-o‘rganilayotgan tilning morfologik tuzilishi va tovush tizimi, o‘rganilayotgan tilga hamda ona tiliga tarjima amaliyoti, o‘rganilayotgan tilning rivoji va til doirasidagi asosiy ekstralingvistik shakllanish faktorlari hamda tarixiy manbalari, uning dialektik xilma-xilligi hakida tasavvurga ega bo‘lishi;



-ikkinchi chet tilidagi, xususan nemis tilidagi e’lon va xabarlarni tushuna olish, radio, internet, televidenie dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushuna olish, maxsus nomalar, biznes xatlar, elektron xatlar yoza olish;

o‘rganilayotgan tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotga kirishish, o‘z sohalariga oid intervyuda qatnasha olish, rasmiy savol-javoblarda ishtirok eta olish, ma’lum mavzu bo‘yicha takdimot qila olish ko‘nikmalariga ega bulishi kerak.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling