Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimi
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimi
Yuqoridagi jadvaldan quyidagilar ma’lum bo‘ladi: a) hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning kontrast juftlari mavjud: i-bi, ü-u, e-o, e-a kabi; b) lablanmagan unlilar 3 ta emas, 4 ta (i, e, e, bi); d) lablanganlar esa 5 ta (ü, u, e, o, a); Professor O. Azizov hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmini quyidagicha tasnif qiladi [4, -20-21]: Tilning ko ‘tarilishi va uning tanglay tomon yaqinlashuviga ko ‘ra: til oldi (oldingi qator) unlilari — i (b), e; til orqa (orqa qator) unlilari — bi (b), a,"u, o; Lablarning holati va ishtirokiga ko‘ra: lablangan — u, ü, o, e; lablanmagan — e (ä), a, o (ä), i (b), bi. Tilning ko‘tarilishi va og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra: tor unlilar — i, bi, u, ü. O‘rta keng unlilar — e, o, ö. keng unlilar — e (ä), a, o (ä). Yuqoridagi tasnifni xulosalab, muallif shunday deydi: «Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida oltita unli fonema bo'lib, ularni belgilariga ko‘ra jadvalda shunday ko‘rsatish mumkin [4, -21]:
Risoladan keltirilgan bu ma’lumotlami (tasnif va jadvalni) quyidagicha sharhlash mumkin: o‘zbek adabiy tili vokalizmi 6 unlidan iborat, ammo ularning nutqdagi real ko'rinishlari (demak, ottenkalari) ancha ko'p. «Ularni belgilariga ko‘ra jadvalda shunday ko'rsatish mumkin» deyilganda ayni shu ottenkalar nazarda tutilgan bo'Isa kerak. Professor M. Mirtojiyevning «O‘zbek tili fonetikasi» o‘quv qo‘llanmasida ham bu masala o‘zgacha yoritilgan. Unda tor unlilarga i, b, i, u, bi, u, ü, o‘rta keng unlilarga e, o, o, keng unlilarga esa e, ä, ä, o tovushlari kiritilgan. Tilning yonlama harakatiga ko'ra ular old qator (i, n, ü, e, e, a) va orqa qator (b, bi, u, o, a) tiplarga, lab ishtirokiga ko‘ra esa lablangan (ü, u, e, o) va lablanmagan (i, n, e, a) tiplarga bo‘lingan. Bu tasnifda ruscha o‘zlashmalarda qo‘llanadigan i, bi fonemalarining o‘zbek tili vokalizmi tarkibida berilganini ko‘ramiz [16, -16—20]. Shunday qilib, o‘zbek adabiy tili vokalizmining tasnifi va tavsifi masalalari hozircha ancha munozarali bo‘lib qolayotganligini anglash qiyin emas. Bunday munozaralarga sabab bo'layotgan omillar qatorida quyidagilar bor: 1) eski o‘zbek adabiy tili vokalizmiga xos 9 unlili tizimning hamda shu tizimga xos kontrast juftliklarning (i-bi, ü-u, a-a, e-o kabi oppozitsiyalarning) hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida ham saqlanganligini asoslashga intilish; 2) qipchoq lahjasi shevalari vokalizmiga xos fonologik xususiyatlarning hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida borligini asoslash harakati; 3) fonemalar o‘rnida ularning ottenkalarini (allofonlari, variatsiyalarini) ko‘rsatish holatlarining mavjudligi; 4) quyi keng «o» fonemasining lablanish-lablanmaslik belgisiga berilayotgan tavsiflarning har xilligi va boshqalar19. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling