Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spirantizatsiya
- Sandxi
- Geminatsiya soz tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi. Degeminatsiya
- Kombinator omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar: Assimilatsiya
Tayanch tushunchalar
Assimilatsiya — bir xil kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro moslashuvi. Akkomodatsiya — turli kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro moslashuvi. Nazalizatsiya - unli tovushlarning so'z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida rezonator ton bilan aytilishi. Reduksiya — urg'usiz bo'g'indagi unlining kuchsizlanishi. Spirantizatsiya - portlovchi undoshning intervokal holatda sirg'aluvchi undoshga o'tishi. Proteza — so'z boshida tovush orttirilishi. Epenteza — so'z o'rtasida tovush orttirilishi. Epiteza - so'z oxirida tovush orttirilishi. Prokopa — so'z boshidagi tovushning tushib qolishi. Sinkopa - so'z o'rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi. Apokopa — so'z oxirida tovush tushish hodisasi. Sandxi — so'zning analitik shakllarida birinchi so'z oxiridagi tovush bilan ikkinchi so'z boshidagi tovush o'rtasidagi singishuv natijasida sodir boiadigän o'zgarishlar. Aferezis — sandxining bir ko'rinishi. Metateza — so'z tarkibidagi ayrim tovushlarning o'rin almashinuvi. - Dissimilatsiya — so'z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan birining noo'xshash tovushga ko'chishi. Geminatsiya ~ so'z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi. Degeminatsiya — so'z tarkibidagi geminatsiyaning yo'qolishi. Sinerezis - so'z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi. Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo‘lshi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator-pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat: Kombinator omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar: Assimilatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o‘zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor: progressiv assimilatsiya — oldingi tovushning keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: ketdi > ketti (td > tt), ekgan > ekkan (kg > kk), qishloqga > qishloqqa (qg > qq) kabi; regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta > bitta (rt > tt) kabi; to‘liqassimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga aynan moslashadi (ular o‘rtasida neytrallashuv sodir bo‘ladi): nonvoy > novvoy (nv > vv), terakga > terakka (kg > kk) kabi; to ‘liqsiz assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga qisrnan moslashadi: tanbur> tambur (nb > mb), shanba > shamba (nb > mb) kabi. Bu so‘zlarda «n» (til-tish undoshi) lab-lab «b»ga faqat artikulatsiya o‘rni jihatdan moslashgan (lab-lab «m»ga o'tgan). ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling: «m» — sonor, «b» — shovqinli; «m» — yumuq fokusli burun tovushi (nazal tovushi), «b» — sof portloVchi kabi; kontakt assimilatsiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi (q.: yuqoridagi misollar); distant assimilatsiya — so‘z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi: sichqon > chichqon, soch > choch kabi. O‘zbek tilida o‘zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsiyasi ham uchraydi. Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg‘unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg‘unlashuvi la.b garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan: keldi — «e» old qator), «i» (old qator). Bunda o‘zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi — «o» (orqa qator), «i» (orqa qator). Bunda affiksdagi old qator «i» o‘zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan «i» ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko‘proq shevalarda uchraydi: o‘gdim (adabiy tilda) — ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), ko ‘zim (adabiy tilda) — ko ‘zum (kozym: qipchoq lahjasida) Bunda o‘zak va qo‘shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida .assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi. Assimilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o‘zgarish tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bolganligi uchun). Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling