Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet42/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Tovush tushishi. So‘z o‘zagidagi yoki unga qo‘shilgan qo‘shimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning ma’lum fonetik qurshov yoki pozitsiya ta’sirida talaffuz etilmasligi. Bu hodisaning quyidagi turlari bor:

  1. prokopa, ankopa — so‘z boshidagi tovushning tushib qolishi: yilon > ilon, yag'och > ag'och > og‘och, yigna > igna kabi. Bunda til o‘rta «y»da ovozning ustunligi, demak, uning unliga yaqinligi, o‘zidan keyingi unliga singib ketishi kabi omillar ta’siri bor. Prokopa, asosan, tarixiy jarayon mahsuli bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchramaydi;

  2. sinkopa — so‘z o‘rtasidagi tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning davomi sifatida ko‘proq uchraydi-o‘zak morfemaga affiks morfema qo‘shilganda, urg‘u oxirgi bo‘g‘inga ko‘chib, o'zakdagi unli kuchsizlanadi va tushib qoladi: burun > burnim, burning, burni; o‘g‘il> o‘g‘lim, o‘g‘ling, o‘g‘likabi. So‘zo‘rtasidagiunlining tushib qolishi ba’zan tarixiy (diaxron) planda sodir bo‘lgan bo‘lib, hozir sezilmasligi ham mumkin: olcha < olicha, kelyapti < kelayapti kabi. 0‘zbek tilida undosh tovushlar sinkopasi ham uchraydi: pastqam > pasqam, pastda > pasdakabï. Ularning ba’zi turlari tarixiy plandagina qaralishi mumkin: erdi > edi kabi;

  1. apokopa — so‘z oxiridagi tovushning yoki qo‘shma so'z komponentining tushirib qoldirilishi: baland> balan, xursand> xursan, g‘isht > g‘ish, go ‘sht > go ‘sh, obro ‘y > obro podshoh > podsho kabi. Qo'shma so'z komponentining tushirib qoldirilishi asosan ruscha leksik o'zlashmalarda uchraydi: metropoliten > metro, kilogramm > kilo, taksomotor> taksi kabi.

Tovush yoki komponentning tushib qolishiga olib keladigan sabablar qatorida pozitsion (urg'usiz bo'g'indagi reduksiya) va sintagmatik (yonma- yon qo'llangan tovushlarning singishib ketishi) bilan birga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham qatnashadi;

  1. Eliziya — unli tovush bilan tugagan so'zga unli bilan boshlangan so'zning qo'shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi (125, 133-b.). Masalan, ayta oldi > aytoldi, Dili prom > Dilorom kabi. Bu hodisa unlilar singishuvining bir ko'rinishidir. Yana qarang: sinerezis.


  2. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling