Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet38/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

«H» fonemasi — bo'g'iz undoshi, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush. Bu fonema so'z boshida (ham, hozir), o'rtasida (qahramon, mahsulot) va oxirida (shoh, guruh) kela oladi. Asosan, arab va fors tillaridan o'zlashgan so'zlarda yoki shu so'zlardan yasalgan o'zbekcha so'zlarda qo'llanadi: hammol, haqiqat, huquq, humo («humo qushi»), hunar, hurriyat, jumhuriyat kabi. Hozirgi o'zbek tilida «h»ning «y»ga o'tish holatlari uchraydi: shohi > shoyi (h > y), Rahim > Rayim (h > y), Sohib > Soyib (h > y), Mohira >,Moyira (h > y) kabi. «H»ning bu xususiyati ba’zan uning so'z tarkibidan tushib qolishiga ham olib keladi: shahar > sha:ar, Solih > Soli, Tohir > Toir kabi. Hatto Muhammad Rahim > Muhammad Raim > Mamaraim > Maraim kabi fonetik jarayonlarda ham «h»ning yuqoridagi xususiyatlari ta’siri bor.
Qorishiq «TS» («U,») undoshi tavsifi
«ts» fonemasi — til oldi-alveolar, qorishiq-portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema faqat mscha leksik o'zlashmalarda qo'llanadi. Dastlab «ts» o'rnida «ch» va «s» tovushlari ishlatilgan: üapH3M > Chorizm,
wpti > sirk kabi. Keyingi 50-60 yil davomida o'zbek-rus ikki tilliligining shakllanishi va mustahkamlanishi tufayli ko'pchilik o‘zbek ziyolilarida «ts» ning ruscha artikulatsiya bazasi (talaffuz ko‘nikmasi) ham shakllangan: konstitutsiyä, aviatsiya, evolutsiya, inflatsiya, litsey kabi so‘zlärning o‘zbeklar nutqidagi qo'llanishi shundan dalolat beradi, ammo o'zbek tilida «ts» bilan qo'llanadigan birorta so‘zga qarama-qarshi qo‘yish mumkin bo‘lgan boshqa so‘zning (kvaziomonimning) yo‘qligi bu fonemaning o‘zbek tilidagi fonologik funksiyasini munozarali qilib qo'ymoqda.
7-MARUZA. FONETIK HODISALAR
REJA:

  1. Kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar.

  2. Pozitsion omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar.

  3. Turkiy so'zlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashish.

  4. Fonetik hodisalaming boshqa turlari.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling