Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet36/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

«J (dj)» fonemasi - til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangli, shovqinli undosh, «ch»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘zning boshida (joy,jiyda,jo‘ra), o‘rtasida (majlis, ojiz, ijozat) va oxirida (haj, avj, boj, toj, ilinj) kela oladi. So‘z oxirida bir qadar jarangsizlashib, «ch» ga yaqin talaffuz etiladi: lunj> lunch, vaj> vach, iloj> iloch, xiroj> xiroch, dilxiroj > dilxiroch kabi. So‘z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bolganda ham jarangsizlashadi (assimilyatsiya qilinadi): ijtimoiy > ishtimoiy (j > sh) kabi. Demak, qorishiq «j (dj)» assimilativ holatda yoki so‘z oxirida o'zining asosiy bo‘lmagan (notipik) ottenkasi bilan qatnashadi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush boimagan.

  • «Ch» fonemasi — til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangsiz, shovqinli undosh, «j (dj)» ning jarangli jufti. Bu undosh so‘zning boshida (choy,chegara), o‘rtasida (bechora,ko‘cha) va oxirida (omoch, tilmoch, kech, soch) kela oladi. Jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o‘tadi: uchta > ushta (ch > sh) kabi.

    Til o‘rta «y» undoshi tavsifi«Y» fonemasi — til o‘rta, sirg‘aluvchi, sonor undoshi (og‘iz sonanti). Bu undosh so‘z boshida (yil, yo‘q), o‘rtasida (bayram, vayrona) va so‘z oxirida (boy, to‘y) qo‘llanadi, «i» unlisidan so‘ng qollanganda, shu unli bilan singishib, fonetik diftong hosil qiladi: vodiy > vodi:, dohiy > dohi: kabi27. «Y» undoshi yumshoq (palatal) tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qo‘llangan unlilar akkomodatsiyaga uchraydi — orqa qator unlilar old qator (ingichka) ottenka bilan talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: qo‘l (qol) —yo‘l (yel), quvmoq (quvmaq) — yuvmoq (yüvmoq) kabi.
    Sayoz til orqa undoshlari tavsifi. «K» fonemasi sayoz til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so‘z boshida (katta, kiyim), o‘rtasida (aka, tikari) va oxirida (o‘rdak, go‘dak) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, asosdagi «k» jarangli «g»ga o‘tadi; kovak > kovagi (k > g), telpak > telpagim (k > g), yurak > yuraging (k > g) kabi. Bir bo‘ginli so‘zlarda va ayrim o‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: yuk — yukim, yuking, yuki; ishtirok — ishtirokim, ishtiroking, ishtiroki; idrok — idroking, idroki kabi. Demak, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning ba’zi grammatik shakllarida jarangsiz «k» ning jaranglashgan ottenkasi qatnashadi. «K» dan so‘ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari qoMlanadi: ko‘l (kol), kul (kyl), kitob (khtop) kabi.


    1. Download 1.8 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling