Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet44/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Spirantizatsiya — ayrim portlovchi undoshlarning ikki unli orasida (intervokal pozitsiyada) sirg'aluvchi undoshga o'tishi: bora ber> boraver (b > v), kabob > kavob (b > v), po ‘stloq > po ‘stlog‘i (q > g‘), taroq > tarog7 (q > g‘) kabi. Bu hodisada pozitsion omil (intervokal holat) bilan birga kombinator omil (unlilarning undoshga ta’siri) ham ishtirok etgan.


8-MAVZU. Grafika.

Reja:
1. Grafika haqida ma’lumot.
2. Fonografemalar, logografemalar, morfografemalar va simvollar.
3. Diakritik harflar va diakritik belgilar.

Tayanch tushunchalar
Grafika yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini taminlaydi.
Grafema grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bolgan semiotik belgi.
Fonografema - grafemalarning fonemalarni ifödalashga asoslangan tipi.
Monograf - shaklan bir harfga teng grafema.
Poligraf shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qoshilmasiga teng bolgan analitik grafema.
Monofonemali grafema mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema.

Grafika haqida ma’lumot.
Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik- grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi28. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun grafema muayyan til yozuv tizimining eng asosiy strukturaviy va funksional birligi sanaladi.
Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bolgan bilateral (ikki tomonli) belgidir. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin:
J (grafema)



  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling