Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Undosh fonemalarni ifodalovchi ba


Download 1.8 Mb.
bet52/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Undosh fonemalarni ifodalovchi ba’zi harflarning imlosi
Bb harfining imlosi: a) bazi sozlarning oxirida jarangsiz p tarzida aytilsa ham b yoziladi: maktab>maktap, javob>javop, kitob>kitop, yozib>yozip, olib>olip kabi; b) bazi sozlarning boshida m tarzida aytilsa ham b yoziladi: bunday>munday, boyin>moyin, burun>murun, buyum>muyum kabi.
Jj harfining imlosi: a) qorishiq portlovchi dj undoshini ifodalash uchun yoziladi: javob>djavob, jadval>djadval, jazo>djazo, jamoa>djamoa, janub>djanub kabi; b) sirgaluvchi j undoshini ifodalash uchun yoziladi: ajdar, gijda, mujda, jurnal, jyuri, projektor kabi;
Nn harfining imlosi: a) soz ortasida b, p, m lab undoshlari bilan yonma-yon kelganda m tarzida aytilsa ham, har vaqt n shaklida yoziladi: shanba>shamba, sunbul>sumbul, manba>mamba, yonbosh>yombosh, aylanma>aylamma kabi; b) soz ortasida k, g, q, g undoshlari bilan yonma-yon kelganda, ng tarzida aytilsa ham n yoziladi: kolanka>kolangka, alanga>alangga, chanqamoq>changqamoq, qongiroq>qonggiroq kabi.
Xx va Hh harflarining imlosi: a) x harfi qattiq talaffuz etiladigan chuqur til orqa undoshi ornida yoziladi: xabar, xayol, xaloskor, xiyobon, paxta kabi; b) h harfi yumshoq talaffuz etiladigan bogiz undoshi ornida yoziladi: havo, hayot, bahor, tahlil, sohibkor kabi.
So‘z qismlarining imlosi
Sozning ozak qismiga turli soz yasovchi yoki shakl yasovchi qoshimchalar qoshilishi bilan ularda turlicha ozgarishlar sodir boladi. Talaffuzdagi bunday ozgarishlar imloda ham oz aksini topadi. Masalan: son+a>sana, ong+la>angla, yosh+a>yasha, ot+a>ata, tara+q>taroq, sora+q> soroq, chanqa+q>chanqoq, boya+q>boyoq kabi.
Soz qismlarining imlosi haqida fikr yuritilganda amaldagi imlo qoidalari bilan yangi lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari ortasida bir oz farq borligini hisobga olish zarur.
Amaldagi imloga kora taqlidiy sozlardan fel yasovchi -illa qoshimchasi asliga kora yoziladi: sharillamoі shaіillamoі, іarsillamoі, shovillamoі, guvillamoі, Іuvillamoі, gurillamoі, varillamoі, chiyillamoі kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidlariga kora esa taqlidiy sozlardan fel yasovchi illa qoshimchasi tarkibida v yoki u tovushi bolgan sozlarga qoshilganda asliga kora emas, aytilishiga kora –ulla shaklida yozilishi belgilab qoyildi. Qiyoslang: zuvillamoq zuvullamoq, shovillamoі - shovullamoq, guvillamoq - guvullamoq, G‘urillamoq- gurullamoq kabi.
Qolgan holatlarda esa lotin yozuvi asosidagi imloda ham asliga kora -illa shaklida yoziladi: shaqillamoq, sharillamoq, qirsillamoq, chiyillamoq, gizillamoq kabi.
Ammo g bilan tugagan bazi ozlashma sozlarda ozgarish bolmaydi, g bilan yoziladi: pedagog+ga>pedagogga, xirurg+ga> xirurgga, Lyuksemburg+ga> Lyuksemburgga kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga kora esa tarkibi g va g undoshlari bilan tugagan sozlarga g tovushi bilan boshlanadigan -ga, -gacha, -guncha, -gani, gudek, -gan, -gin, -gina qoshimchalari qoshilganda aytilishiga mos holda emas asliga kora yozilishi belgilab qoyildi. Qiyoslang:


Kirill yozuvi asosida

Lotin yozuvi asosida

asli

yozilishi

asli

yozilishi

Barg+ga
Teg+gan
Eg+gani
Tug+guncha
Tog+ga
BoІ+ga
Chog+ga
Yoq+guncha
Sog+gani

Barkka
Tekkan
Ekkani
Tukkuncha
Toqqa
Boііa
Choqqa
Yoqquncha
Soqqani

Barg+ga
Teg+gan
Eg+gani
Tug+gun ha
Tog+ga
Bog+ga
Chog+ga
Yoq+guncha
Sog+gani

Bargga
Teggan
Eggani
Tugguncha
Togga
Bogga
Chogga
Yogguncha
Soggani


Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan kop boginli sozlarga egalik qoshimchasi qoshilganda k tovushi g kabi, q tovushi g kabi aytiladi va shunday yoziladi: chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlogim, ortoq+im>ortogim kabi.
Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan bazi bir boginli hamda kop boginli sozlarga egalik qoshimchalari qoshilganda ham yuqoridagi kabi ozgarish bolmaydi: tok+i>toki, chek+im>chekim, oq+im>oqim, nok+i>noki, sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi kabi.
Men, sen olmoshlariga ning, -ni, -niki qoshimchalari qoshilganda bir n undoshi aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, men+ni>meni, sen+niki>seniki kabi.
U, bu, shu olmoshlariga da, -dan, -day, -ga, -cha qoshimchalari qoshilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi.
Felning orttirma nisbat qoshimchasi dir qoyidagicha yoziladi: a) jarangsiz undosh tovush bilan tugagan sozlarga qoshilganda tir, shaklida yoziladi: boshat+dir>boshattir, ek+dir>ektirmoq, chok+dir>choktirmoq, bort+dir>borttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi; b) jarangli undosh bilan tugagan bir boginli sozlarga qoshilganda –dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel sozi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan kop boginli sozlarga qoshilganda –tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq,chomil+dir>chomiltirmoq,
sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi.
Qo‘shma so‘zlar imlosi
I. Quyidagi tarkibdagi qoshma sozlar qoshib yoziladi:
1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi sozlardan biri qatnashgan qoshma ot va qoshma sifatlar: ishxona, qabulxona, malumotnoma, tabriknoma, sholipoya, gozapoya, ommabop, xushxabar, hamdost, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi.
2. Ikkinchi qismi ar (inkor shakli -mas) qoshimchasi bilan tugaydigan qoshma ot va qoshma sifatlar: otboqar, orinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqonmas kabi.
3. Oxshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qoshma otlar va qoshma sifatlar: karnaygul, qoziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi.
4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qoshma otlar: olaqarga, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qoshma otlar: togolcha, cholyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
6. Biror maqsad, ish uchun moljallangan narsani bildiruvchi qoshma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, kozoynak kabi.
7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning sozga aylanishi bilan Yuzaga keluvchi qoshma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi.
8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod sozi bolgan joy nomlari: Sirdaryo, Kattaqurgon, Tortkol, Yakkabog, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi.
Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bolgan joy nomlari ajratib yoziladi: Orta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qoyi Chirchiq, Kohna Urganch kabi.
9. Rus tilidan aynan ozlashgan yoki kalka usulida hosil qilingan qoshma sozlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, telekorsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi.
10. Qisqartma otlar qoshib yoziladi: OzMU (Ozbekiston Milliy Universiteti), OzXDP (Ozbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi.
II. Chiziqcha bilan yozish.
1. Juft va takror sozlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi.
Kirill yozuvi asosidagi imloga kora agarda juft soz qismlari u (yu) boglovchisi yordamida boglansa chiziqcha qoshilmaydi: katta-kichik = kattayu kichik, el-yurt = elu yurt, or-nomus = oru nomus, tun-kun = tunu kun, kecha-kunduz = kechayu kunduz kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga ozgartirish kiritilgan, yani juft soz qismlari orasida u (-yu) boglovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qoyiladi va juft soz qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qoyilgan.
Qiyoslang:__Kat_t_ayu_kichik_-_katta-yu_kichik__Tunu_kun_-_tun-u_kun__Elu_yurt_-_el-u_yurt_kabi.___2.'>Qiyoslang:
Kattayu kichik - katta-yu kichik
Tunu kun - tun-u kun
Elu yurt - el-u yurt kabi.

2. Amaldagi imloga kora yildan – yilga, ko’pdan – ko’p, kundan - kunga kabi birikmalar juft sozlar doirasida qaralgan, shunga kora chiziqcha bilan yozish qoidalashtirilgan.
Lotin yozuvi asosidagi imloga kora birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jonalish kelishigida bolgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlarning chiziqchasiz yozilishi belgilab qoyilgan.
Qiyoslang:
Yildan-yilga - yildan yilga
Kundan-kunga - kundan kunga
Naridan-beri - naridan beri
Togridan-togri - togridan togri
Kopdan-kop - kopdan kop
Tekindan-tekin - tekindan tekin
Yangidan-yangi - yangidan yangi
Ochiqdan-ochiq - ochiqdan ochiq

3. Amaldagi imlo qoidalariga kora yil va oylarni (chislolarni) korsatuvchi arabcha raqamdan song chiziqcha qoyilmaydi: 2003 yil, 1 sentyabr kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloga kora bunday orinlarda chiziqcha qoyib yozish belgilab qoyilgan.
Qiyoslang:
2003 yilning 9 sentyabri -- 2003 yilning 9 sentabri kabi.
4. Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi: qop-qora, yam-yashil, yap-yapaloq, kom-kok, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug kabi.
5. Rus tilidan aynan ozlashgan yoki kalka usulida ozlashgan sozlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injenerkonstruktor, gramm-molekula, kilovat-soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling