8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja
Download 262.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzuHTM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’noga ko’ra turlari Xil-xususiyat bildiruvchi sifatlar 2
8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. REJA: 1. Sifatning ma’no turlari, morfologik xususiyatlari. 2. Sifat yasalishi va tuzilishi. 3. Ravishning ma’no turlari, morfologik xususiyatlari. 4. Ravish yasalishi va tuzilishi. Sifat so’z turkumi. Asosan predmet-hodisalarning, qisman ish-harakat va holatning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi sifat deb ataladi. Masalan: Oq paxtalar ochildi; Hayot murakkab (predmet-hodisa belgisi). U dardli xo’rsindi; Qiziq kular ekan (ish-harakat belgisi). Сифатнинг асосий морфологик ҳусусиятлари қуйидагилар: 1. Сифат даражаланиш хусусиятига эга: юмалоқ — юмалоқроқ - юм- юмалоқ, катта — каттароқ — кар-катта // энг катта. 2. Сифат от ёки феъл билан бирикканда, ҳеч қандай сўз ўзгартирувчи қўшимча қабул қилмайди. Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Sifatning so’roqlariga sifat vazifasidagi olmoshlar (ko’rsatish olmoshlari va sifatning so’roqlaridan hosil bo’lgan olmoshlar), holat ravishlari, sifatdoshlar va sifat vazifasidagi otlar ham javob bo’lishi mumkin. Sifatning o’zi otlashsa, otning so’roqlariga javob bo’la oladi. Ma’noga ko’ra turlari Xil-xususiyat bildiruvchi sifatlar 2 (insonlar va jonivorlarning xarakter- xusuisyatlari, jonsiz predmetlarning xossalari): abadiy, abjir, avom, adabiy, ajib, ajnabiy, azaliy, aziz, ayyor, alamli, aldamchi, aldoqchi, aloqador, amaliy, asosli, ashy, afsonaviy, ahmoq, babaq (xo’roz), badbin, badgumon, badjahl, badiiy, badnafs, badrashk, bo’sh-bayov, baynalminal, balandparvoz, baroq, battol, bashariy, bebosh, begona, bezbet, biyron, bilag’on, bo’liag’ur, bo’tana (suv), vazmin, vaysaqi, vatanparvar, vafodor, va’daboz, vijdonli, vositali, vositasiz (to’ldiruvchi), gajir (jangari), gapdon, garangf go% dadil, daydi, dali-g’uli, damduz (ichimdan top), dangasa, yebto’ymas, ochofat, parishonxotir, yowoyi, jo’n, zab9 zabardast, zakiy // zukko, ziyrak, yo’rg’a, kamgap, lalmi, maxify, mahmadona, mechkay, merov, mudhish, muttaham, muqaddas, nodir, nodon, noyob, nontepki, nonko’r, no’noq, ovsar, odil, odmi, oddiy, ojiz, olifta, ofatijon, pismiq, puch, rahmdil, samimiy, saranjom-sarishta, sarxil, tajang, tanbal, tansiq, tanqis, tentak, tepsa-tebranmas, teran, tetik, tuzuk-quruq, tuyg’un, turli, to’pori, ulgurji, umumiy, faol, foniy, xayrixoh, xasis, hokisor, chakki, chaqqon, cho’rtkesar, shallaqi, sheryurak, shinam, sho’x, shaddod, yuvosh, yanglish, yaxlit, yaxshi, yashirin, yaqin, o jar, o’gay, qat’iyatli, qaltis, qiyin, g’alati, g’irrom, harom-harish. Download 262.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling