8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja


Download 262.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana21.04.2023
Hajmi262.62 Kb.
#1371475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzuHTM

4. Daraja-miqdor ravishlari: arang, batamom, baqadrihol, baholiqudrat, 
bag’oyat, butunlay, bazo’r, deyarli, jilla, jichcha, jinday, juda (ham), zarracha, 
zinhor-bazinxor, ko’pE, mutlaqo, mo’l-ko’l, rosa, ozmi-ko’pmi, ozmuncha, sal, 
sal-pal, sira, talay, tegishlicha, yetarlicha, tirnoqcha, xiyol, xiyla, o’lguday, qittak. 
5. Maqsad ravishlari: atay, atayin, ataylab, azza-bazza, jo’rttaga, qasd-dan. 
6. Sabab ravishlari: noiloj, noilojlikdan, bekordan-bekorga, chor-nochor. 
Ravishlarni ma’noga ko’ra turlarga ajratish bir oz nisbiy. CHunki 
ravishlarning katta qismi ham, odatda, ko’p ma’noli ko’p bo’ladi. Ular bir ma’nosi 
bilan ravishning bir turiga, ikkinchi ma’nosi bilan ikkinchi turiga kirishi mumkin. 
M.: Maktabimiz yaqinda joylashgan - o’rin ravishi, YAqinda maktabni tugataman - 
payt ravishi. Tez-tez yurmaysan-mi? - holat ravishi. U tez-tez biznikiga kelib turadi 
- payt ravishi. Stollarni nari-beri surdik - o’rin ravishi, Unari-berinonushta qildi- 
holat ravishi. 
Tuzilishiga ko’ra turlari 
Sodda ravishlar: 
1. Tub sodda ravishlar: tez, sekin, sal, ko’p, oz, erta, indin, bultur, kecha, 
avval; birdan, birga, qo’qqisdan, yaqinda, bugun, kechasi. 
2. Yasama sodda ravishlar: mardona, qahramonlarcha, tiriklayin, 
yangicha, ko’pincha, betinim. 
Juft ravishlar: 
1. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi: 
A. Qismlari o’zaro sinonim: asta-sekin, yana-tag’in, yeson-oson. 
B. Qismlari o’zaro antonim: ertayu kech, kecha-kunduz, qishin -yozin // 
yozin-qishin, tun-kun, nari-beri, ochin-to’qin, oldinma-keyin, ozmi-ko’pmi. 
V. Qismlarining ma’nosi yaqin: erta-indin, uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda. 
2. Qismlaridan biri yakka holda ishlatilmaydi: dom-daraksiz, mo’l-ko’l, 
ora-sira, ora-chora, ro’y-rost, sal-pal, chala-chulpa, emin-erkin, huda-behuda, oz-
moz. 

Download 262.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling