8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja


II. Bitta qismi yakka holda ishlatiladi


Download 262.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana21.04.2023
Hajmi262.62 Kb.
#1371475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzuHTM

II. Bitta qismi yakka holda ishlatiladi: aralash-quralash, achchiq-tizziq, 
burma-churma, bo’ltak-so’ltak, devor-darmiyon (qo’shni), yengil-elpi, yolg’on-
yashiq, yosh-yalang, ilma-teshik, yirtiq-sirtiq, kalta-kulta, kir-chir, mayda-chuyda, 
mast-alast, nest-nobud, ola-bula, ola-kula, siniq-mertik, toparmon-tutarmon, tuppa-
tuzuk, tilka-pora, teng-tush, tep-tekis, to’kin-sochin, uvin-to’da, xom-xatala, 
chalakam-chatti, egri-bugri, eski-tuski, entak-tentak, yum-yumaloq, yamoq-
yasqoq, qarama-qarshi, qari-quri, qora-qura, harom-harish. 
III. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi: aji-buji (yozuv), almoyi-aljoyi, 
apoq-chapoq, aloq-chaloq (tush), dali-g’uli, zim-ziyo, ilang-bilang, poyintar-
soyintar (gap), uvali-juvali, o’poq-so’poq. 
Takroriy sifatlar: yaxshi-yaxshi, katta-katta, shirin-shirin, burda-burda, yo’l-
yo’l(otdan ko’chgan), oppoq-oppoq.
Qo’shma sifatlar: 
1. Ot + ot: darveshsifat, devsifat, devqomat, dilozor, dilorom, dilpora, 
izzattalab, kafangado, otashnafas, sohibjamol, sheryurak, xumkalla, ofatijon, 
bodomqovoq, jigar rang, havo rang. 
2. Sifat + ot: xomkalla, sho’rpeshona, sho’rtumshuq, sofdil, kaltafahm, 
ochofat, maydagap, og’iroyoq, shikastahol, shirinsuxan, qattiqqo’l, chalasavod, 
chalamulla, sovuqqon, balandparvoz, uzunquloq, olijanob. 
3. Ot + sifat: boshqorong’i, yoqavayron, jig’ibiyron, tepakal, xonavayron, 
xudobexabar, otabezori, dilxasta, nonko’r. 
4. Ravish + ot: hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj. 
5. Ravish + fe’l: tezpishar, kechpishar, cho’rtkesar. 
6. Fe’l + fe’l: yebto’ymas. 
7. Olmosh + ot: o’zboshimcha. 
8. Ot + fe’l: tilyog’lama, gadoytopmas, tinchliksevar, jonkuyar. 
9. Olmosh + sifat: o’zbilarmon. 
10. Son + ot: ikkiyuzlamachi, qirqyamoq. 
Sifatlarning yasalishi 
Sifatlar yasalish xususiyatiga ega. Ular affiksasiya, kompozitsiya, 
konversiya hamda leksik-semantik va fonetik usullar yordamida yasaladi. 
Kompozitsiya usuli bilan ko’rib o’tilgani kabi juft, takroriy va qo’shma 
sifatlar hosil bo’lgan. 
Konversiya yo’li bilan sifatga ko’chgan: 
1. Juft va takroriy otlar: mosh-guruch, yo’1-yo’l, rang-barang, xilma-xil. 
2. O’zak holidagi fe’llar: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash. 
3. Harakat nomi shaklidagi juft fe’l: olmoq-solmoq. 


4. Yaqin (aniq) o’tgan zamondagi juft fe’llar va fe’lli birikmalar: oldi-qochdi 
(gap), kuydi -pishdi (ayol), tug’di-bitdi (farzand), iliguzildi (vaqt), ichakuzdi 
(hangomalar), supraqoqdi (o ‘g% u a ‘ni kenja o ‘g’il). 
5. 
Takroriy olmosh: manman.
6. Takroriy son: birdan-bir. Fonetik usul bilan , masalan, semirmoq fe’lining 
o’zagidan semiz so’zi, bitmoq fe’li o’zagidan but (ro’zg’ori but) so’zi hosil 
bo’lgan. 
Leksik-semantik usul bilan sifatlarning ko’chma ma’nolari hosil bo’lgan, ular 
ko’chma ma’noda ba’zan boshqa so’z turkumi vazifasini ham bajaradi: shirin 
xotira, achchiq haqiqat, qip-qizil tentak, qora kunlar, iliq tabassum. 
Affiksasiya yo’li bilan quyidagi so’z turkumlaridan sifat yasalishi mumkin: 
1. Otdan: odobli, bama ‘ni, hosildor, gorizontal. 
2. Sifatdan: noto’g’ri, g’ayritabiiy, noqulay, xomaki. 
3. Sondan: ikkichi, beshchi. 
4. Olmoshdan: o’zaro, hammabop, sizbop. 
5. Ravishdan: kamchil, kechki, awalgi, oldingi. 
6. Fe’ldan: ochiq, so’lg’in, boshlang’ich, yerinchoq. 
7. Undov so’zlardan: oh-vohli, dod-voysiz. 
8. Taqlid so’zlardan: so’lqildoq, po’rsildoq, sharros, shartaki. 
9. Modal ma’noli so’zlardan: kerakli, zaruriy.
Sifat yasovchi affiks va affiksoidlar: 

a: 
fe’ldan - tola, aylana, ko’tara (savdo). 

avon: sifatdan (urmmsiz) - zo’ravon. , 

aki: 
otdan - og’zaki, qalbaki, yuzaki; 
sifatdan - zo’rma-zo’raki, xomaki; 
taqlid so’zdan - shartaki, jirtaki. 

al: 
otdan - regional, gorizontal, monumental, patriarxal. 

aro: 
otdan (affiksoid) - xalqaro, davlatlararo; olmoshdan - 
o’zaro. 

ag’on: fe’ldan - bilag’on, topag’on, chopag’on. 

ba-//bo-: 
otdan- basavlat, badavlat, bama’ni, bahaybat, baodob 
yoki boadab 

bad-: otdan - badhazm, badbaxt, badnafs, badbashara, badaxloq. 

Bar-: otdan - barqaror, barkamol, barhayot 

baxsh: otdan (affiksoid) - orombaxsh, hayotbaxsh, shifobaxsh. 

be-: 
otdan- beg’ubor, bedavo, betashvish, bexosiyat, beor. 

bin: 
sifatdan - kaltabin, nekbin (badbin - o’zbek tilinuqtai 

nazaridan o’zak). 

boz: 
otdan - va’daboz, safsataboz, xotinboz. 

bon: 
otdan (unumsiz) - mehribon, (-i orttirilgari). 

bop: 
otdan - ommabop, qishbop 
olmoshdan - hammabop, sizbop. 

vash: otdan - laylivash, devonavash, parivash. 

vor: 
sifatdan - ulug’vor; otdan - umidvor. 



vuch//-ovuch: fe’ldan - iskovuch, hurkovuch 

gay//-kay6 otdan - kungay; sifatdan - terskay. 

gar: 
otdan - sitamgar, ig’vogar, hiylagar. 

gi//-ki//-qi: otdan - kuzgi, bahorgi, qishki, ichki, sirtqi, tashqi; 
ravishdan -avvalgi, keyingi, ertalabki.

gir//-kir//

qir//-g’ir// 

qur 
fe’ldan - sezgir, keskir, topqir, olg’ir, uchqur. 

gin//-gun: otdan (forsiy) - g’amgin, gulgun. 

go’y: otdan - xushomadgo ‘y. 

diq: 
fe’ldan - tashlandiq. 

don: 
otdan - bilimdon, gapdon, qadrdon. 

dor: 
otdan - azador, aloqador, vafodor, guldor, daxldor. 

dosh: otdan - ohangdosh, sirdosh, fikrdosh, o’zakdosh. 

zada: otdan - alamzada, yurakzada. 

i: 
otdan - qozoqi(it), qishloqi (bola), bahori (bug’doy), 
payvandi (o’rik), bozori(pop). 

iv: 
otdan - ob’ektiv, sub’ektiv. 

iy//-viy: otdan - ilmiy, shaxsiy, axloqiy, oilaviy, moliyaviy,
diniy 
(jinoiy, maiishiy, lug’aviy, siyosiy» madaniy kabi
so’zlarda bu qo’shimcha ajralmaydi); 
modal ma’noli so’zdan -zaruriy. 

ik: 
otdan - faktik, geologik, realistik. 

ildoq: taqlid so’zdan - so’lqildoq, akildoq, likildoq, chiyildoq. 

imli: fe’ldan - to’yimli, sevimli, yoqimli, o’timli 

in (I): fe’ldan - tofkin, to’lin, sog’in; 
otdan - erkin. 

in (II): fe’ldan (forsiy) - rangin, g’ishtin. 

inki: fe’ldan (unumsiz) - ko’tarinki. 

inch: fe’ldan - shoshilinch, tiqilinch. 

k//-q//-g’/ 

ik//-iq//-uq: fe’ldan - chink, o’ksik, quruq, yorug’, o’lik, yegik, yopiq, 
ochiq, buzuq, yumuq. 

kash: otdan - zahmatkash, jafokash, dardkash, dilkash, hazilkash. 

kin//-qin// fe’ldan- tushkun, jo’shqin, so’lg’in, horg’in, turg’un. 

g’in//-kun//-g’un 

kor: 
otdan - zulmkor, isyonkor, omilkor, fidokor, yehtiyotkor. 

l: 
fe’ldan (unumsiz) - tugal. 

li: 
otdan - aqlli, gulli, kuchli, odobli; 
modal ma’noli so’zdan - kerakli. 

lik: 
otdan - yozlik, ko ‘rpalik (mato), bayramlik (kiyim). 

lom: sifatdan (unumsiz) - sog’lom. 



m: 
fe’ldan (unumsiz) - qaram. 

ma: 
fe’ldan - qaynatma, ko’chma, qo’shma, terma, tug’ma. 

mand: otdan - ayolmand, davlatmand, kasalmand, orzumand. 

mas: fe’ldan - qo’rqmas, bo’linmas, yaramas, yengilmas, o’tmas, 
qaytmas 

mon: fe’ldan - ishbilarmon, ustabuzarmon, o’larmon, toparmon-
tutarmon.

msiq//-imsiq: fe’ldan - qarimsiq, achimsiq. 

namo: otdan - darveshnamo, majnunnamo, olimnamo; sifatdan -
tentaknamo. 

no-: otdan - noinsof, noumid;
sifatdan - noto’g’ri, nomard, noma’lum. 

nok: otdan - alamnok, g’amnok. 

ndi: fe’ldan (unumsiz) - asrandi (bola). 

on//-an: otdan - charog’on, za ‘faron, tuban (tub - ham ot, ham sifat). 

os: taqlid so’zdan - sharros, gulduros. 

omuz: otdan - kinoyaomuz, shikoyatomuz, hayratomuz, haqoratomuz. 

ong’ich//

ng’ich: fe’ldan - so’kong’ich, tepong’ich, tishlong’ich. 

parast: 
otdan 

mansabparast, 
xayolparast, 
shaxsiyatparast, 
maishatparast 

oq: fe’ldan - qo’rqoq, baqiroq, qoloq. 

parvar: otdan - adolatparvar, insonparvar, xalqparvar. 

rli//-arli: fe’ldan - arzirli, zerikarli, ishonarli, qiziqarli 

saro: otdan (unumsiz) - motamsaro. 

ser-: otdan - serhosil, serunum, sergo’sht, sersomon, sershovqin. 

siz: otdan - o’rinsiz, tuzsiz, ishsiz, sanoqsiz. 

simon: otdan - odamsimon, sharsimon, naysimon. 

xo’r: sifatdan - tekinxo’r;
otdan - poraxo’r. 

xush-: otdan (affiksoid) - xushmanzara, xushfe’l, xushsurat (xushxabar) 

ch: 
fe’ldan- tinch, jirkanch. 

cha: 
otdan - o’zbekcha, farg’onacha (kurash). 

chak//-choq// fe’ldan - kuyunchak, tortinchoq, yerinchoq, maqtanchoq, 
sirpanchiq, -chiq: qizg’anchiq. 

chan: otdan - kurashchan, talabchan, harakatchan; 
fe’lning harakat nomi shaklidan -yashovchan, o’suvchan. 

chi: 
otdan - ayirmachi; sifatdan - a ‘lochi, bekorchi. 

chil: 
otdan - dardchil, izchil, xalqchil, yepchil; ravishdan - kamchil. 

shta: fe’ldan (unumsiz) - sinashta. 

shumul: 
otdan - olamshumul, jahonshumul. 

q: 
fe’ldan - oqsoq, porloq, yangroq, quvnoq. 

qa6 
fe’ldan (unumsiz) - qisqa; otdan (unumsiz) - loyqa. 



qi: 
fe’ldan- vaysaqi, sayroqi, o’ynoqi. 

qoq: 
fe’ldan - yopishqoq, urishqoq, uyushqoq, tirishqoq, qochqoq. 
g’ayri: sifatdan (arabiy, afflksoid) - g’ayriqonuniy, g’ayritabiiy. 

ham-: otdan - hamfikr, hamdam, hamnafas. 

Download 262.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling