8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja


Download 262.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana21.04.2023
Hajmi262.62 Kb.
#1371475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzuHTM

Sintaktik vazifalari 
Ravishlar sifatlovchi-aniqlovchi va ot-kesim bo’lib kelishi ham mumkin. M.: 
Piyoda askarlar qo’shinning tayanchidir. Bemaslahat qilingan ishning pushaymoni 
ko’p. 
Ravishlar otlashsa, otning sintaktik vazifalarini bajaradi: Ko’p nima desa
o’sha bo’ladi. Ko’pning etagi - ko’l. Ko’pni yomonlagan ko’muvsiz qolar. 
Ravishlarda daraja kategoriyasi 
Ravishlar belgini darajalab ko’rsatish xususiyatiga ega. M.: tez 
tezroq//tezgina - juda tez // eng tez, barvaqt - juda barvaqt, yuqorida yuqoriroqda - 
eng yuqorida. Lekin bu xususiyat barcha ravishlarga xos emas. Masalan, bugun, 
kunda, har yili, chor-nochor, qasddan kabi o’nlab ravishlar darajalanmaydi. 


Darajalanish sabab va maqsad ravishlariga umuman xos emas, ravishning ma’noga 
ko’ra boshqa turlariga esa qisman xos. 
Morfologiya bo’yicha asosiy darslikda ravishlarda daraja kategoriyasi maxsus 
grammatik kategoriya sifatida shakllanib yetmagan" (404) deyilgan va ravishlarda 
darajaning nechta ko’rinishi borligi aytilmagan. Akademik grammatikada 
ravishlarda darajaning to’rtta: bosh, qiyosiy, orttirma va intensiv kuchaytirma 
shakllari borligi aytilgan (I t., 540-bet). Intensiv kuchaytirma daraja (zinhor-zinhor, 
juda-juda, tez-tez; kuppa-kunduzi, bab-baravar, chippa-chin, to’ppa-to’g’ri) ham 
belgining odatdagidan ortiqligini bildiradi. SHuning uchun uni ham orttirma 
darajaga kiritish mumkin.
1. Bosh daraja: tez, kech, sekin, burun. 
2. Qiyosiy daraja: tezroq, kechroq, sekinroq, sal burunroq. 
3. Orttirma daraja: juda tez, eng kech, juda sekin, eng burun. 

Download 262.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling