8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja
Download 262.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzuHTM
Ravish so’z turkumi. Ravish turkumiga oid so’zlar ish-harakatning belgisini,
belgining (sifat yoki ravishning) belgisini va ba’zan predmet belgisini bildiradi. Ravish ish-harakatning belgisini bildirganda, bajarilish jarayonini, holatini, paytini, o’rnini ko’rsatadi: Misollar: Ular kirganda, bazm juda qizigan edi(Oybek). Dildor bilan kampir qarama-qarshi o’tirishdi (Oybek). Ravish sifat yoki ravish oldidan kelib, ulardagi belgining darajasini ko’rsatadi, ot oldida esa predmet belgisinining boshqa belgiga o’xshashligini yoki sifatiy belgini bildiradi: Majlisda juda shirin kuylar aytildi (Oybek). Eng keyin Nasimjon ketdi (Oybek). Ko’kday bepoyon mening vatanim (Q.Hikmat). Ravish ham, boshqa so’z turkumlari singari o’ziga xos morfologik belgilarga ega. Ravishning o’ziga xos yasovchi affikslarga yega bo’lishi ham uning morfologik belgisi sanaladi: -chasiga (mardchasiga), -larcha (vahshiylarcha), -iga, - siga (ko’ndalangiga, uzunasiga), -lab (haftalab), -cha (askarcha, atroflicha, shoshilgancha), -dek, -day (o’qdek, toshday) kabi. Tuzilish jihatdan ayrim ravishlar kelishik shaklini olgan otlarga (quyiga, tubdan) va olmoshlarga (shundan, unda-bunda), sifatlarga (sekinroq, bab-baravar), ravishdoshlarga (ertalab, bora-bora, turib-turib) o’xshab ketadi. Bu o’xshashlik tasodifiy hodisa bo’lmay, balki ravish so’z turkumi sifatida shakllanayotgan paytda o’z tarkibini o’sha turkumlardan ajralib chiqqan so’zlar hisobiga to’ldirgan. Hatto shunday ravishlar borki, ular hozirgi kunda boshlang’ich shakllaridan tamomila uzoqlashgan: olg’a, onda-sonda, jo’rttaga, tashqari, u ana kabi. SHuningdek, ba’zi ravishlarda so’z o’zgartuvchi shakllar ham uchrab qoladi. Ravish tarkibida kelishik affiksi, ko’plikni ko’rsatuvchi -lar va III shaxs egalik shakli -i kelgan bo’lishi mumkin. Bu shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar ravishning leksik-semantik mundarijasini birmuncha o’zgartiradi. Ravishlardagi kelishik shakllari asosan ikki xil xususiyatga ega: bir o’rinda kelishik affiksini olgan ravish ma’no jihatdan boshqacha tusga kiradi, masalan: keyin - keyinda—keyinga, oldin - oldinda - oldinga; boshqa o’rinda yesa ravish ma’no jihatdan o’zgarmay, balki qo’shimcha ma’noga (ma’no kuchayishi yoki konkretlashtirishga) ega bo’ladi, masalan: ertalab - ertalabda - ertalabdan, hozir - hozirda - hozirdan, tez - tezda - tezdan kabi: Avval o’yla, keyin so’yla (Maqol). Qani, oldindan bir no’sh qilib turaylik (Oybek). Ko’klamga hozirdan puxta tayyorlanaylik. Ko’plik qo’shimchasi -lar ravish tarkibida davomiylik va noaniqlik ma’nosini bildiradi. Ilgari - ilgarilari, avval - avvallari, allaqachon - allaqachonlari kabi. III shaxs egalik affiksi esa ko’plik bilan birgalikda qo’llanadi: Halimbobo bo’lsa kechqurunlari bog’ o’rtasiga qurilgan so’riga yonboshlab... hordiq chiqarar (SH.Rashidov). Ravishlarning so’roqlari ularning ma’no turiga bog’liq. Barcha ravishlar uchun umumiy bo’lgan qandaydir so’roq olmoshlari yo’q. Quyidagi so’zlar ravishlarning so’roqlaridir: qay tarzda?, qay holatda?, qanday?, qaerda?, qaerga?, qachon?, qani?, qachonga?, qachondan?, qachongacha?, qancha?, qay darajada?, nima maqsadda?, nega?, nima uchun?, nima sababdan? Download 262.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling