8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja
Download 262.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzuHTM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daraja kategoriyasi
Sintaktik vazifalari
1. Sifatlovchi-aniqlovchi bo’lib keladi; Oq paxtalar ochildi. Odobli bola yelga manzur. 2. Ravish (tarz, vaziyat) holi bo’lib keladi: U qiziq kular ekan. Qobil bobo dardli xo ‘rsindi. 3.Ot-kesim bo’lib keladi; Gulqizil. Devoroq. Uo’ychan, asabiedi. 4. Sifatlar otlashsa, otning sintaktik vazifalarini bajaradi: a) ega bo’lib keladi: Yaxshi oshini yer, yomon - boshini. b) qaratqich-aniqlovchi bo’lib keladi: Saxiyning ehsoniga baxilning boshi og’rir. v) to’ldiruvchi bo’lib keladi: Yaxshidan adashma, yomonga yondashma. g) Undalma bo’lib keladi: Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. Daraja kategoriyasi Sifatlarda bor-yo’g’i bitta grammatik kategoriya mavjud. Bu daraja kategoriyasidir. Daraja kategoriyasi belgini darajalab ko’rsatishga xizmat qiladi. Lekin hamma sifatlar ham darajalanish xususiyatiga ega emas. Odatda, asliy, ya’ni tub sifatlar darajalanadi. Nisbiy, ya’ni yasama sifatlar esa darajalanmaydi. Masalan: go’zal - go’zalroq - eng go’zal, baland - balandroq - eng baland; devony devoriyroq - eng devoriy, kuzgi - kuzgiroq - eng kuzgi" deb bo’lmaydi. Faqat chiroyli- chiroyliroq – eng chiroyli kabi ba’zi nisbiy (yasama) sifatlargina darajalanishi mumkin. Кўпгина дарсликларда даража категориясининг уч кўриниши қайд этилган: 1. Оддий даража, кўрсаткичи йўқ: қизил, қайсар, шинам. 2. Қиёсий даража, кўрсаткичи бор (-роқ): қизилроқ, қайсарроқ, шинамроқ. 3. Орттирма даража, ёрдамчи сўз вазифасидаги кўрсаткичлари бор (энг, жуда, ғирт, жиққа, тим, нақ, зап, беҳад, ниҳоятда, беқиёс): энг қизил, жуда қайсар, ниҳоятда шинам. Maktab darsligida ozaytirma va kuchaytirma sifatlar ushbu so’z turkumiga xos alohida hodisa sifatida sharhlangan. Kuchaytirma sifatlar hosil qilinadi: Sifatning boshlang’ich tovushlarini olib, ularga p, m, s tovushlarini qo’shish va yonidan sifatning o’zini keltirish orqali (qop-qora, sap- sariq, ko’m-ko’k, yam-yasbil, bus-butun). Sifatning dastlabki tovushlari bilan o’zini juftlashtirish orqali (pak- pakana, dum-dumaloq). Dastlabki qismiga -pa yelementini qo’shish orqali (teppa-teng, oppa- oson, tuppa-tuzuk, to’ppa-to’g’ri), soppa-sog’, quppa-quruq). Sifatdan oldin jiqqa, tim, to’q, g’irt kabi so’zlarni keltirish bilan (jiqqa ho’l sochiq, tim qora mato). Ozaytirma sifatlar -ish//-g’ish, -mtir//-imtir, -tob, -gina//-kina//-qina qo’shimchalari va och, nim so’zlari yordamida hosil qilinadi: ko’kish, sarg’ish, oqish, qizg’ish, ko’kimtir, oqimtir, qoramtir, yashiltob, qo’ng’irtob, kattagina, och sariq, nimpushti. Kuchaytirma va ozaytirma shakllarning har ikkalasi faqat rang-tus bildiruvchi sifatlardagina mavjud: oq - oqish, oqimtir - oppoq (aslida op-oq bo’lgan), qora— qoramtir—qopqora, ko’k-ko’kish, ko’kimtir—ko’m-ko’k. Sifatlarning ma’noga ko’ra boshqa ba’zi turlarida kuchaytirma shakl bor, ozaytirma shakl yo’q: tep- tekis, yum-yumaloq, oppa-oson, yap-yangi (tekisimtir, yumaloqish, osontob, yangimtir shakllari yo’q). Oliy o’quv yurti darsliklarida sifat darajalarining uch ko’rinishi qayd etilgan: 1.Oddiy daraja barcha darsliklarda bir xil izohlangan. 2.Kuchaytirma sifatlar ham, shirindan-shirin, kattadan-katta kabi shakllar ham belgining odatdagidan ortiq darajasini bildiradi. SHuning uchun ular birlashtirilib, orttirma daraja deyilgan. 3.Qiyosiy daraja va ozaytirma sifatlar belgining odatdagidan kuchsiz darajasini bildiradi. SHuning uchun ular ozaytirma daraja degan nom ostida birlashtirilgan. Demak, keyingi tasnifga ko’ra ozaytirma daraja 1) -roq qo’shimchasi, 2) -ish//-g’ish, -mtir//-imtir, -tob qo’shimchalari, 3) sal, biroz, andak kabi yordamchi vazifasidagi so’zlar yordamida hosil qilinadi. Кўпгина дарсликларда даража категориясининг уч кўриниши қайд этилган: 1. Оддий даража, кўрсаткичи йўқ: қизил, қайсар, шинам. 2. Қиёсий даража, кўрсаткичи бор (-роқ): қизилроқ, қайсарроқ, шинамроқ. 3. Орттирма даража, ёрдамчи сўз вазифасидаги кўрсаткичлари бор (энг, жуда, ғирт, жиққа, тим, нақ, зап, беҳад, ниҳоятда, беқиёс): энг қизил, жуда қайсар, ниҳоятда шинам. Download 262.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling