8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja


Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar


Download 262.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana21.04.2023
Hajmi262.62 Kb.
#1371475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzuHTM

Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: achchiq, shirin, sho’r, nordon,chuchuk, 
taxir, kakra, laziz, xushta’m, chuchmal, talxa; shakar, novvot, namakob, zaharkabi 
otlar ham maza-ta’mni bildira oladi. 
Hid bildiruvchi sifatlar: xush bo’y, muattar, qo’lansa, ifor, badbo’y. 
O’rin va payt bilan bog’liq belgini bildiruvchi sifatlar: tonggi, kuzgi, 
kechki, keyingi, awalgi, qishki, yozgi, yertangi, bugungi, dastlabki, ilk, sobiq, 
yuqorigi (qavat), quyi (palata), tuban (joy), tungi, to’ng’ich, kenja, chetki, 
o’rtancha, bulturgi, burungi. 
Sifatlarni ma’noga ko’ra turlarga ajratish bir oz nisbiy. Matndagi konkret 
ma’nosi va, ayniqsa, ko’chma ma’nosi ularning ma’noga ko’ra turini o’zgartirishi 
mumkin. M.: shirin bola (maza-ta’m yemas, xil-xususiyat), oq yo’l (rang-tus emas, 
xil-xususiyat). 
Tuzilishiga ko’ra turlari 
Sodda sifatlar: 
1. Tub sodda: yaxshi, shirin, go’zal, baland, keng, mo’rt, ko’kimtir, sarg’ish 
va hokazo. 
2. Yasama sodda: ishchan, devoriy, maqtanchoq, noo’rin, hiylagar, ozg’in, 
sezgir, quvnoq va hokazo. 
Juft sifatlar 
I. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi:
1.1. Qismlari o’zaro sinonim: aql-xushli, ajoyib-g’aroyib, boy-badavlat, 
och-nahor, ola-chipor, pishiq-puxta, son-sanoqsiz sarson-sargardon, saranjom-
sarishta, sog’-salomat, telba-teskari, fahm-farosatli, yakka-yolg’iz, yakkayu 
yagona, g’arb-benavo. 


2. Qismlari o’zaro antonim: achchiq-chuchuk, baland-past// past-baland, 
vayronu obod, issiq-sovuq, yiroq-yaqin, yiroq-yvuq, tanish-notanish, uzoq-yaqin
xom-pishiq, chappa-rosta, quyuq-suyuq. 
3. Qismlarining ma’nosi yaqin: ijtimoiy-siyosiy, kuydi-pishdi (fe’ldan 
ko’chgan), mosh-guruch (otdan ko’chgan), mo’min-qobil, ochiq-oydin, och-
yalang’och, soya-salqin, tinch-totuv, uzuq-yuluq, xor-zor, ezma-churuk, o’ydim-
chuqur, g’oyaviy-badiiy. 

Download 262.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling