Реклама и дизайн


Download 391.5 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi391.5 Kb.
#1376727
  1   2   3   4   5
Bog'liq
reklama dizayni

Reklama yaratish. Kontent va dizayn. Reklama vositalarining asosiy unsurlari.

Auditoriya e`tiborini tortishning 3 usuli

  • Birgina illustratsiya yordamida.
  • Birgina sarlavha yordamida.
  • Illustratsiya va sarlavha kombinatsiyasi yordamida.

Dizaynning asosiy prinsiplari

  • Uslub birligi. Kreativ reklama boshqalaridan aynan uslubning birlamchiligi, birligi bilan ajralib turadi. Reklamada taqdim etilayotgan kompozitsiya xuddi bir butundek tasavvur etiladi ya`ni bunda matn ham, grafika ham, sarlavha, logotip ham bir uslubga monand tarzda o`ylab chiqilgan bo`ladi va bir butundek taassurot uyg`otadi. Agar butunlik bo`lmasa bunday reklama xuddi aralash quralash, alohida qismlardan yasalgan tushunarsiz narsaga aylanib qoladi.
  • Uyg`unlik. Kompozitsya faqatgina uning elementari bir biri bilan uyg`un bo`lgandagina samarali bo`ladi. Bir e`londa (reklama shitida) keragidan ortiq rangi, shakli, o`lchami turlicha bo`lgan shriftlar, illustratsiyalar a h.k.lar bo`lmasligi lozim.
  • Tartib. Reklama matni yuqoridan pastga va chapdan o`ngga qarab o`qiladigan tartibda yozilishi kerak, shunda bu o`quvchini chalg`imay, tezroq o`qishi va tezroq gap nima haqida borayotganini anglashiga yordam beradi. E`lon elementlarini shunday joylashtiringki, o`quvchining nigohi aynan siz istagan nuqtaga birinchi bo`lib tushsin. O`qish tartibi siz uni yo`llagan tarafga qarab, harakatlansin. Eng ko`p tarqalgan trayektoriya bu Z yoki S shaklidagi matn joylashuvidir.

Dizaynning asosiy prinsilari

  • Urg`u. Umumiy fonda ajratib ko`rsatish uchun biror elementning tanlab olishini. Reklama matnida aynan nimaga: illustratsiyaga, sarlavhaga, logotipga yoki asosiy matnga urg`u bermoqchi ekaningizni belgilab olish kerak. Agar ularning bariga urg`u berishni istayman desangiz, siz reklamangizda hech narsaga urg`u bermagan bo`lasiz!
  • Kontrast. Reklama e`lonlari ko`rganda zerikarli bo`lmasligi uchun unda turli xil shakllar, o`lchamlar yoki ranglar qarama-qarshiligi bo`lishi lozim. Asosiy matnning kursiv yoki qalin harflar bilan ajratilishi, harflar orasining odatdagidan kattaroq ochib yozilishi so`zga yoki mazmunga e`tibor qaratishga majbur qiladi hamda shriftlar orasidagi qarama qarshiliklarni yuzaga keltiradi. Bu esa umumiy kompozitsiyani qiziqarliroq bo`lishini ta`minlaydi.
  • Muvozanat (balans). Muvozanat ostida biz reklama e`lonining o`lchami, rangi, shakli va elementlarining o`rnini tushunamiz. Muvozanatga solingan elementlar tabiiy va mo`tadil ko`rinadi. Bu xususiyatni reklama e`loning o`ng va chap taraflariga nazar tashlab, roliklarning boshlanish va yakun qismlarini solishtirgan holda tartibga keltirish mumkin.

Download 391.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling