Tadqiqodchi: O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi magistiranti Bektemirov Muhiddin Shomirza o’g’li Islom iqtisodiyoti, Islomiy moliya sanoati va uning jahon miqyosidagi o‘rni


Download 26.69 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi26.69 Kb.
#195766
Bog'liq
Samarqand Maqola


Tadqiqodchi: O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi magistiranti Bektemirov Muhiddin Shomirza o’g’li

Islom iqtisodiyoti, Islomiy moliya sanoati va uning jahon

miqyosidagi o‘rni

Oxirgi bir necha o‘n yilliklarda butun dunyodagi musulmonlar jamoasi o‘z hayotlarini islomiy qonun-qoidalar asosida barpo etishga astoydil harakat qilmoqda. Dubaydagi Al-Huda Center Of Islamic Banking & Economics (CIBE) Boshqaruv Kengashi kotibi Muhammad Zubair Mughalning tadqiqotlariga ko‘ra, Islomiy moliya aktivlarining o‘sish sur’ati yiliga 10-15% ni tashkil etib kelmoqda va 2020-yilda ularning jami hajmi 3 trillion AQSh dollariga yetishi kutilmoqda1.

Islom iqtisodiyoti – islom shariati ahkomlarga asoslangan, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan, uning a’zolari orasidagi iqtisodiy munosabatlarni belgilab beradigan hamda tartibga soladigan yaxlit tizimdir.

O‘tgan asr musulmon iqtisodchi olimlari islom iqtisodiyotiga quyidagi ta’riflarni beradilar:

S.M.Hasan uz-Zaman: Islom iqtisodiyoti bu shariat hukmlari va qonun- qoidalarining amalga tatbiq etilishi bo‘lib, u insonlarning talablarini qondirish uchun iqtisodiy resurslardan noto‘g‘ri va isrofgarchilik bilan foydalanishning oldini oladi. Shuningdek, ularni Alloh va jamiyat oldidagi burchini bajarish uchun qodir qilib qo‘yadi. (Hasan uz-Zaman, 1984, p.52).

M.A.Mannan: Islom iqtisodiyoti bu insonlarning Islom qadriyatlari bilan sifatlangan iqtisodiy muammolarini o‘rganadigan ijtimoiy ilm hisoblanadi. (Mannan, 1986, p. 18).

Xurshid Ahmad: Islom iqtisodiyoti bu iqtsodiy muammoni tushunish maqsadida tizimli harakat qilish va bu muammoga insonning islom dini jihatidan bo‘lgan munosabatidir. (Ahmad, 1992, p., 19).

Islomiy moliya sanoati shakllanganiga yarim asrdan oshgan bo‘lishiga qaramay, bu sanoat o‘zining rivojlanish darajasi va qamrov ko‘lamining kengayishi bilan rivojlangan mamlakatlarning ham e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Global miqyosda, Islomiy moliya sanoati hajmi ICD Thomson Reuters Islomiy Moliya Rivojlanish indikatorining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda 2,417 trillion AQSh dollariga teng bo‘ldi va bu ko‘rsatkich 2022-yilga borib 3,8 trillion AQSh dollariga erishishi kutilmoqda. Islomiy moliya sanoati butun dunyo moliya sanoatining 1 foizinigina tashkil etishiga qaramay, so‘nggi 30 yil davomida yuqori o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etdi.





1-rasm. Islomiy moliya sanoati aktivlarining o‘sishi2

Islomiy moliya sanoati aktivlari o‘sishi 2013-yilda biroz sustlashgan bo‘lsada (-2,5%), 2014-yil oxirlaridan boshlab bu ko‘rsatkich yana yaxshilana boshladi. 2014-yilda o‘sish 13,7% ni, 2015 va 2016-yillarda mos ravishda 6,8 va 6,9 % ni qayd etdi. Mazkur Report hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilga qadar Islomiy moliya sanoati yiliga o‘rtacha 9,5% dan o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. An’anaviy moliya sanoatini Islomiy moliya sanoati bilan solishtiriladigan bo‘lsa, Islomiy moliya sanoati o‘zining yuqori sur’atlarda jadallik bilan rivojlanish xususiyatiga ko‘ra % ko‘rsatkichlari jihatidan ancha ustunlik qiladi. Islamic Finance Bulletinning 2016-yil mart oyidagi hisobotlarida ta’kidlanishicha, an’anaviy moliya sanoati 2011-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yiliga 1,5 % o‘sishga erishdi, xolos.



Islomiy moliya sanoati aktivlari duyoning 67 mamlakatini qamrab olgan bo‘lib, Eron, Saudiya Arabistoni va Malayziya jami aktivlarning 65% iga yoki 1,4 trillion AQSh dollari qiymatidagi qismiga egalik qiladi.



2-rasm. Islomiy moliya sanoati aktivlariga egalik qiluvchi top 10 mamlakat, 2016-yil (mln. AQSh dollarida)3

2016-yil yakunlariga ko‘ra, Eron Islomiy moliya sanoati aktivlariga egalik qilish borasida peshqadamlikni Saudiya Arabistonidan tortib oldi. Bungacha Saudiya Arabistoni yetakchilik qilib kelayotgan edi. Malayziya 472,654 mlrd. AQSh dollarlik aktivlarga egaligi bilan kuchli uchlikni yakunladi. BAA, Quvayt, Bahrayn, Indoneziya, Turkiya va Iroq keyingi pog‘onalardan joy olgan bo‘lsa, kuchli 10 likning oxirgi pog‘onasi 30,87 mlrd. AQSh dollarlik aktivlari bilan Bangladeshga nasib etdi.



Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Islomiy moliya sanoati nafaqat musulmon mamlakatlarda, balki Yevropa hamda dunyoning boshqa hududlarida ham o’sish tendensiyasini namoyon qilmoqda. Hatto, islom iqtisodiyotini axloqiy (moral, ethical) moliyalash tizimi sifatida ham qabul qilish holatlari kuzatilmoqda.



1 http://www.alhudacibe.com/

2 ICD Thomson Reuters IFSR asosida tayyorlandi.

3 ICD Thomson Reuters IFSR asosida tayyorlandi.

Download 26.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling