Xorijiy tillardan bilimini baxolovchi smart-teach onlayn platformani istiqbolli rejalari


Download 280.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi280.67 Kb.
#1018608
  1   2
Bog'liq
smart tech



Xorijiy tillardan bilimini baxolovchi smart-teach onlayn 
platformani istiqbolli rejalari 
Islomjon Usmonjon o’g’li Maxamadjanov 
Sevaraxon Shaxobiddinovna Otabayeva 
Sabitxan Xashimov 
Namangan muhandislik qurilish instituti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tillarni o’rganib, o’z bilimlarini 
sinamoqchi bo’lgan foydalanuvchilar uchun maxsus onlayn platforma yaratilgan, bu 
platforma Smart-Teach deb nomlanib, shu platformadan foydalanish va uning 
ahamiyati keltirib o’tilgan. 
Kalit so’zlar: Smart-Teach, onlayn platforma, IELTS, baholash, Data mining, 
Big data, o’z o’zini baholash. 
Prospective plans for a smart-teach online platform that 
assesses knowledge of foreign languages 
Islamjon Usmonjon oglu Mahamadjanov 
Sevaraxon Shaxobiddinovna Otabayeva 
Sabitxan Hashimov 
Namangan Institute of Civil Engineering 
Abstract: This article has created a special online platform for users who want 
to learn foreign languages and test their knowledge, called SMART-Teach, and 
discusses the use and importance of this platform. 
Keywords: Smart-Teach, online platform, IELTS, assessment, Data mining, Big 
data, self-assessment. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, chet tillarini o’rganishga 
bo’lgan qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi 
prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, Hozirgi paytda xorijiy tillarni 
o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. 
Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan 
mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z 
buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning 
ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir.[2] 
"Science and Education" Scientific Journal
July 2021 / Volume 2 Issue 7
www.openscience.uz
304


O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 6 may kuni chet 
tillarini o’qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor 
yig’ilishi o’tkazildi. 
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha kelajak uchun mustahkam 
poydevor bo’ladigan yangi tizimni yo’lga qo’yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh 
davlat qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, 
litsey, kollej va oliy o’quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal 
bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy 
mezoniga aylanishi lozim, deydi Shavkat Mirziyoyev.[1] 
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o’rganishni 
ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi. Bu Agentlik dunyoda 
samarali natija bergan o’qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida 
joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirishga ko’maklashadi. Ta’lim 
muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet 
tilini o’rgatishni tashkillashtiradi. Shuningdek, vazirlik, idora va boshqa ish 
beruvchilar bilan birga, xizmatchilarning kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda to’liq 
amalga oshirish imkoniyatini beradigan metodikalarni ishlab chiqib, sharoitga 
moslagan holda, amaliyotga joriy etadi. 
Hozigri vaqtda xorijiy tillarni o’rganishga intilayotgan yoshlar talaygina 
topiladi. Chunki chet tillarini bilish odamlar uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. 
Ushbu Smart-Teach platformasi orqali xorijiy tillarni o’rganayotganlar va bilimlari 
qay darajadaligini nazorat qilishni xohlaganlar uchun ayni muddao bo’ladi. 
Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) 
bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda.
Smart-Teach dasturi ham 4 ta qismdan tashkil topgan: (1 rasm) 
"Science and Education" Scientific Journal
July 2021 / Volume 2 Issue 7
www.openscience.uz
305


Ta’lim 
texnologiyalari, 
bu 
ta’lim 
jarayonida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy 
innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini 
oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-
kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. 
Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik 
vositalardan foydalanish chet tilini o’rganishning har bir aspect (o’qish, yozish, 
tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, 
albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. 
Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi 
bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi
so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi

IELTS so’zining kengaytmasi International English Language Testing System 
bo’lib o’zbekchaga so’zma-so’z tarjima qilinganda Xalqaro Ingliz tilini baholovchi 
tizimi ma’nosini anglatadi. Ya’ni ingliz tilini qay darajada bilishimizni aniqlab 
beradi. IELTSda baholash 0 ball dan 9 ballgacha bo’ladi. Bunda 0 ball eng yomon 
natija bo’lsa, 9 ball eng yaxshi natija. Imtixon topshirgandan so’ng natijangizga qarab 
sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat bilan chet el va o’zimizning oliygohlarga oliygoh 
qoidalariga ko’ra imtihonsiz yoki imtihon asosida tahsil olishingiz mumkin.[4] 
Ko’pgina oliygohlar bakalavriyat yo’nalishlari uchun eng kami 5 ball so’rashsa, 
magistratura uchun 6 ball so’rashadi.
IELTSning ikki moduli bor. Academic va General. Academic moduli ko’proq 
ta’lim olishni niyyat qilgan talabalar uchun bo’lsa, General Moduli immigratsiya va 
ish topish maqsadida topshiriladi. Bu ikki modulda ham 4 ta bo’lim mavjud bo’lib, 
ular: Listening (Eshitish), Reading (O’qish), Writing (Yozish) va Speaking 
(Gapirish). [3] Listening, Reading va Writing imtixonlari bir paytda olinadi. Speaking 
esa odatda 2-3 kun oldin yoki keyin bo’ladi. Listening uchun 40ta savol va 40 daqiqa 
vaqt ajratiladi undan 10 daqiqasi javoblarni varoqqa ko’chirish uchun ajratilgan. 
Audio faqat bir marta qo’yiladi. Reading ham 40ta savoldan iborat va 60 daqiqa 
ajratiladi. Writing 2ta Task (Topshiriq)dan iborat. Task 1 ga 20 daqiqa, Task 2 ga esa 
40 daqiqa ja’mi 60 daqiqa ajratiladi. Bu uch imtixon bir paytda ketma-ket bo’lib 
o’tadi. Speaking uchun umumiy 15 daqiqa belgilangan
Yurtimizda IELTS imtixonida ishtirok etishga talab juda yuqori, shu sabab 
navbatlar ham shunga yarasha ya’ni xohlagan oyda imtixonda ishtirok etish 
imkoniyati mavjud emas va ayniqsa moddiy tomondan qarasak ham ancha qimmat. 
Shu kamchiliklarni inobatga olgan holda biz SMART-Teach platformasini yaratdik. 
Bu platformada siz IELTS haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’lasiz,yangiliklardan 
habardor bo’lib turasiz, o’z bilimingizni sinash uchun bu platformadan bemalol 
"Science and Education" Scientific Journal
July 2021 / Volume 2 Issue 7
www.openscience.uz
306


foydalanishingiz mumkin. Imkoniyati cheklanganlar uchun ingliz tilini o’rganib olish 
uchun keng imkoniyatlar ochib berilgan. 
Xozirgi kunda yurtimizda bilimni sinovchi turli onlayn platformalar mavjud. 
Ular quyidagilar: 
1. Abt.uz
2. e-sertifikat.uz
3. delux.uz 
SMART-Teach platformalarimizdagi yagona farq platformaning maqsadida. 
Ya’ni maqsadlar turlicha. Bu platforma xozirgi kundagi yagona platforma. Smart-
tech platforma ingliz tilini chuqur o’rgatadigan platforma deb hisoblanadi. 
Ushbu platforma orqali foydalanuvchilar ham vaqtdan hamda ancha pulni tejab 
oladilar. 

Download 280.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling