Xorijiy tillardan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar isaqova Munisa Qahramonjon qizi
Download 26.14 Kb.
|
Isaqova -Buxoro-filologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodlari
Adabiyotlar tahlili: Dunyo tilshunosligida ilm-fanning fanlararo integratsiyasi doirasida rivojlanayotganligidan kelib chiqqan holda yuridik tilni takomillashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, yuridik til, qonunchilik uslubiyati, yuridik terminlarni ilmiy jihatdan o‘rganishga e’tibor ortib bormoqda. O‘zbekistonda yuridik til, yuridik terminologiya masalalari bo‘yicha huquqshunos olimlar F.Bakirov[1], A.Saidov va G.Sarkisyanslarning xizmatlarini alohida qayd etib o‘tish maqsadga muvofiq. F.Bakirov o‘zbek yuridik terminlari, ularning shakli va mazmuni, tarixi va kelajagi to‘g‘risida maqolalar yozib, “Yuridik terminlar lug‘ati” ni tuzgan bo‘lsa, A.Saidov va G.Sarkisyanslarning “Yuridik til va huquqshunos nutqi” nomli risolasi va boshqa ilmiy ishlari juda qimmatlidir.
Ularda milliy yuridik o‘zbek tilining ilmiy-nazariy modelini yaratish g‘oyasi ilgari suriladi. Bu sohada L.M.Boyko, M.Qosimova, L.A.Karimova, Sh.N.Ko‘chimov, G.Yo.G‘ulomova, O.F.Tursunova, X.Xayitov, Sh.N.Berdiyarov, R.I.Mirzaev kabi olimlar tomonidan ham tadqiqotlar amalga oshirilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan bunday ilmiy izlanishlarni jahon tilshunosligiga olib chiqish maqsadida Sh.Ko‘chimov tomonidan maxsus veb saytning yo‘lga qo‘yilganligi ham diqqatga sazovordir. Shunday bo‘lsa-da, hozirga qadar o‘zbek tilshunosligida xalqaro yuridik terminlar alohida hodisa sifatida o‘rganilmagan, uning birliklari sistem leksikologiyaning tahlil usullari yordamida tadqiq etilmagan. Bu esa mazkur mavzu bo‘yicha maxsus tadqiqotning amalga oshirilishi zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot metodlari: Mavzuni yoritishda qiyosiy, tavsifiy, komponent va statistik tahlil metodlardan foydalanildi. Tahlil va natijalar: Xalqaro shartnomalar va ularning tili milliy huquq va huquqiy ongning ta'sirida shakllanadi. Shu bilan birga xalqaro shartnomalar milliy huquq va huquqiy ongning rivojlanishi uchun muhim omil vazifasini bajaradi. Shuningdek, xalqaro shartnomalar milliy huquqiy tizimning takomillashuvi, uning xalqaro huquq bilan yaqinlashuvi uchun ta'sir ko‘rsatadi. Bularning hammasi hozirgi zamon xalqaro huquqining mukammallashishida muhim ahamiyat kasb etadi, uning milliy huquq bilan aloqasini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Aynan shu jihatlar xalqaro huquq tili va milliy yuridik til tizimida ham o‘z aksini topadi. Xalqaro yuridik tilda qo‘llanilayotgan ko‘pgina so‘z va terminlar milliy yuridik tilga kirib boradi va, aksincha, milliy yuridik tildagi ayrim so‘z va terminlar xalqaro huquqqa o‘tadi. 1993 yilda yaratilgan “Yuridik terminlar va iboralar lug‘ati”ni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etib chiqdik. Ma'lum bo‘lishicha, lug‘atda hammasi bo‘lib, 6700 atrofida yuridik terminlar mavjud bo‘lib, shundan 389 tasi yevropa tillaridan o‘zlashgan terminlardir. Agar bu foizlar bilan hisoblansa, lug‘atda hammasi bo‘lib 6 foizni ruscha-yevropacha terminlar tashkil qiladi. Bunday terminlarning aksariyatini rus tilidan o‘zlashgan deyish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ular rus tili orqali boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlardir. Masalan: lotin tilidan: advokat, aksiya, deklaratsiya, diktatura, delegat, deputat, imperializm, imperator, inspektor, instruksiya, instruktor, kanselyariya, kvalifikatsiya, kodeks, kollegiya, konstitutsiya, prokuror, manifest, nota, orden, konsul kabilar. fransuz tilidan: garantiya, dekret, anketa, attashe,balans, burjuaziya, byudjet, byulleten, jyuri, direktiva, komitet, kommersant, kompaniya, ministr, model, pasport, armiya kabilar; nemis tilidan: arest, gaupvaxta, veksel, lager, gruppa, yefreytor, kvartira kabilar; ingliz tilidan: bandit, brifing, broker, blok, variant, vaucher, grant, kollej, konsern, mister, monopoliya, monarxiya, muzey, nekrolog, amnistiya, gegemon, monografiya, demokratiya kabilar; yunon tilidan: amnistiya, anarxiya, anonim, arxiv, gegemoniya, genotsid, gipoteza, gomoseksualizm kabilar. arab tilidan: adliya, admiral, qonun, jinoyat, josus, qotil, mahbus mahkum, musodara, mahkama, hukumat, davlat, mulk, ma'muriyat, muhokama, arsenal kabilar. 1999 yilda H.Bektemirov, H.Xolmedov, S.Sodiqov tomonidan “Huquqshunoslikka oid o‘zlashma terminlar” lug‘ati nashr etildi. Unda o‘zbek yuridik tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan 800ga yaqin terminlarning izohi berilgan. Shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Sh.Ko‘chimov o‘z tadqiqotlarida hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy yuridik terminlarini quyidagicha tavsiflaydi. Masalan: lotin tilidan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar: konstitutsiya, kvorum, integratsiya, deklaratsiya, diktatura, institut, imperator, ratifikatsiya, kanselyariya, kodeks, kollegiya, manifest, nota, orden, konsul kabilar; fransuz tilidan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar: suverenitet, diplomatiya, parlament, order, demarsh, dekret, attashe, burjuaziya, byudjet, byulleten, jyuri, derektiva, komitet, kompaniya, ministr, pasport, armiya kabilar; nemis tilidan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar: ad'yutant, abonent, veksel, lager, gruppa, yefreytor, kvartira kabilar; ingliz tilidan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar: reket, bandit, brifing, broker, blok, variant, vaucher, grant, kolledj, konsern, mister, monopoliya, monarxiya, muzey, nekrolog, gegemon, monografiya, demokratiya kabilar; italyan tilidan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar: shtamp, firma, fashizm, valyuta, avizo kabilar; yunon tilidan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar: ipoteka, gipoteza, amnistiya, protokol, sistema, anarxiya, anonim, apatrid, arxiv, gegemoniya, genotsid, gipoteza, gomoseksualizm kabilar; arab tilidan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar alkogolizm, adat, admiral, algorifm kabilar.[ s] Download 26.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling