Xoʻrozning toji


Download 215.06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.01.2023
Hajmi215.06 Kb.
#1141412
Bog'liq
Ertak



 
 
 
 

Xoʻrozning toji.
 
 
 
 
 
 


 
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, shunday zamonlar boʻlgan ekanki, 
burgutlar va lochinlar xoʻrozdan qoʻrqishgan ekan. Xoʻrozning qizil tojini 
juda xatarli deb hisoblasharkan. Oʻzlarining ichida eng kichigi boʻlgan 
burgutga buni aniqlashni buyurishibdi. Kenja burgut elchi sifatida yerga 
qoʻnibdi va xoʻrozni kuzatibdi. U joʻjalari bilan atrofni aylanib yurgan 
ekan. Burgut ochiq yuz bilan xoʻrozga yaqin kelib debdi: - burgutlar 
shohi siz bilan doʻstona aloqalarni yoʻlga qoʻymoqchilar. Lekin bu 
doʻstlikka tojingiz rahna solyapti.
 
Chunki biz taroqdek oʻtkir tishli tojingizdan qoʻrqamiz.Judayam 
xavfli deb oʻylaymiz.Tojingizni koʻrishimiz bilan bezovtalana boshlaymiz. 
Bu gaplardan xoʻroz kulib yuboribdi: 
garchi tojim menga savlat, koʻrk bagʻishlab tursa-da, hayvonlarning 
shoxiga oʻxshab qattiq emas. U juda ham yumshoq, seni ishontirib 
aytamanki, hech kimga shikast yetkazmaydi. Ishonmasang, kel oʻz 


qoʻling bilan ushlab koʻr. Kenja burgut avvaliga choʻchib unamabdi, 
ammo xoʻroz takror-takror aytganidan keyin uni ushlab koʻribdi. 
Haqiqatdan ham toj yumshoq ekan. Undan qoʻrqmasa ham boʻlarkan. 
Xoʻrozning siridan xabardor boʻlgan burgut oʻzining botirligidan,hattoki 
xoʻrozning tojini ushlab koʻrishga jurʼat qilganidan judayam xursand 
boʻlibdi. Yerdan asta koʻtarilayotib maysalar orasida oʻynab yurgan 
joʻjalarni koʻrib qolibdi. Joʻjalarning bir nechtasini changaliga olib 
doʻstlari tomon uchibdi. Burgutlar va lochinlar qoshiga kelgach
maqtanib debdi: - koʻrib qoʻyinglar, men xoʻrozning bolalarini olib 
kelyapman. U biz oʻylagandek qoʻrqinchlimas, toji ham sira oʻtkir emas 
ekan.Bundan xabar topgan burgutlar va lochinlar oʻzlarini qushlar 
orasida eng kuchlisi eng aqllisi, qushlar podshosi deb eʼlon qilishibdi. 
Shundan buyon burgutlar va lochinlar tovuqlar va joʻjalarga 
hujum qilishni odat qilishibdi. Xoʻroz esa ular bilan jang qilishga 
shaylanar ekan-u jurʼati yetmas ekan.Oʻzining soddaligidan , 
ishonuvchanligidan har doim pushaymon qilarkan. 
Qissadan hissa shuki, sinalmaganga sir aytsang xoʻrozning holiga 
tushib qolishing hech gapmas. 

Download 215.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling