Xoʻsh, pisa dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va pisa savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi
Download 42.5 Kb.
|
PISA (inglizcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- PISA test tarkibi
- PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi
- PISA: Asosiy yoʻnalishlar
PISA PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. Bu dastur boʻyicha har uch yilda oʻquvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA dasturi boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga qoʻshilishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki oʻquvchilarni testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi. Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi? XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi. Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti. PISA testlari xuddi shu oʻzgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi: Oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yoʻnalishlari. Oʻzbekiston 2021 yilda uch yoʻnalish: Oʻqish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan. Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha ENG ASOSIY TUSHUNCHALARNI BILISHI, BAZAVIY BILIM VA KOʻNIKMALARNI EGALLAGANI, ULARDAN HAYOTIY VAZIYATLARDA FOYDALANA OLISHIGA QARATILADI! Bu testlarda oʻquvchilarning DARS DAVOMIDA ANIQ MAVZULAR BOʻYICHA OʻRGANGAN BILIMLARINI SINOVDAN OʻTKAZISH NAZARDA TUTILMAGAN!
Bir javobli testlar; Bir nechta javobli testlar; Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar; Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi). Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan. PISA: Asosiy yoʻnalishlar Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati. Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʻno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi. Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir. Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin. Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi. Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir. Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling