Xosiljonova dildoraxonningi botanika fanidan
Barg novdaning yon organi
Download 53.9 Kb.
|
208 Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.
Barg novdaning yon organi. O’simliklarning birinchi vegetativ bargi urug’palla bo’lib, u hali apeks uchun novda paydo bo’lmasdan oldin murtak tanasining taxasuslashidan yuzaga keladi. Keyin hosil bo’ladigan primordial (lat. primordium-dastlabki, boshlang’ich) barg novdaning o’sish konusidagi meristemadan akropetal tartibda ekzogen bo’rtmalar yoki do’mboqchalar ko’rinishida vujudga keladi. Avvalo uning protoderma yoki boshlang’ich epiderma hujayralari bir xil (antiklinal) bo’linadi. Keyinchalik hosil bo’lgan dumboqchalar defferensiatsiya (lat.tafavut, farq ) lanib ikki: yuqori (apekal) va pastki (bazal) qismlarga bo’linadi.
Ontogenezda primordial bargning apekal qismdagi barg (plastinkasi) va band, bazal qismidan esa barg asosi va yon bargcha o’sib yetishadi. Ikki pallali o’simliklarda barg (plastinkasi) odatda bazipetal ravishda yuzaga keladi, ya’ni uni uchi oldinroq tashkil topadi. Primordiyning apekal va bazal qismlari o’rtasida interkolyar o’sish sodir bo’lishligi sababli barg bandi hammadan keyin paydo bo’ladi. Murakkab barglar ham xuddi oddiy barglarday paydo bo’ladi va keyinchalik uning marginal hujayralar bo’lina boshlaydi. Bargning anatomik tuzilishi bajaradigan vazifasiga bog’liq bo’lib, uni plastikligi (egiluchanligini) ta’minlaydi. Barg plastinkasining kesmasida quyidagi to’qimalarni ko’rish mumkin: epiderma, mezofil va o’tkazuvchi. Epiderma bargning qoplovchi to’qimasi. Epiderma barg eti ustki va ostki tomonidan qoplab turadi. U bir qator bir-biriga zich (oraliqsiz) joylashgan hujayralardan iborat bo’lib, unda boshqa to’qimalar singari hujayra oralig’i bo’lmaydi. Epiderma yoki epidermis kelib chiqishiga ko’ra, birlamchi qoplovchi to’qima bo’lib, poya apekal meristemasining tashqi qavati (qatlami)dan vujudga keladi. Epiderma hujayralari tirik bo’lib, ularda sitoplazma ancha yirik vakuola, yadro va leykoplastlar bo’ladi. Epiderma hujayralarida xlorofill bo’lmaydi. Epidermaning ustki yupqa strukturasiz tuzilishga ega bo’lgan qismi kutikula yoki mum pardasi bilan qoplagan bo’lib u o’simlikni qurishdan va kuchli quyosh nuridan saqlaydi. Kutikula va mum pardasi o’simlikning yashash sharoiti va turlariga qarab qalin yoki yupqa bo’lishi mumkin. Bundan tashqari epiderma ustiga himoya qiluvchi har xil o’simtalar, tuklar (trixomalar) hosil bo’ladiki, ular himoya qilish bilan bir qatorda keraksiz moddalarni ajratib chiqaradi. Epiderma to’qimasi uchun xos bo’lgan xususiyatlardan biri, uning hujayralarini orasida havo yo’li ustida yoki nafas olishning hosil bo’lishidir. Havo yo’li ikkita yarim oysimon hujayraning o’zaro muloqotli vazifani bajarilishi natijasida vujudga keladi. Havo yo’llari ko’pincha bargning ostki epidermasida joylashadi. Masalan, kartoshka bargining ostki tomonida 1mm da 263 ta bo’lsa, ustki tomonida 45 ta terak bargining 11 mm ostki tomonida 115 ta bo’lgan bo’lsa ustki tomonida 20 ta va hokazo. Havo yo’lining asosiy vazifasi suvni bug’latish ( tranpisratsiya) va havo almashtirishdan iborat. Havo yo’li hujayralari havoning haroratiga yorug’lik va qorong’ilikka qarab, ochiq, yoki yarim yopiq holatida bo’lib, o’z funksiyasini o’zgartirib turadi. Mezofill. Bargning mezofili asosan assimilyatsiya vazifasini bajarib ustunsimon va g’ovak to’qimalardan iborat. Ustunsimon parenxima hujayralari uzunchoq shaklli, bargning ustki epidermisiga nisbatan perpendikulyar ravishda zich bo’lib joylashgan, uchki tomoni bilan bargning ustki epidermisining har bir hujayrasiga 3 tadan 6 tagacha hujayrasi taqalib turadi. Ustunsimon hujayralar xloroplast donachalarigacha juda ham boy bo’lib, kunduzi (yorug’likda) ular hujayra devoriga yaqin tizilib, yorug’likni singdirishga moslashadi. Barg mezofilining ustunsimon parenximasi asosan fotosintez jarayonini ta’minlovchi to’qima hisoblanadi. Ustunsimon parenxima sernam joylarda o’suvchi o’simliklarning bargida doir qator, quruqlikda o’suvchi cho’l va sahro o’simliklarida ikki va undan ortiq (ko’p) qatorli bo’lishi mumkin. G’ovak parenxima hujayralari ustunsimon parenxima hujayralariga nisbatan ovalsimon-yumaloq shaklli bo’lib, hujayra oraliqlarining kengligi va hujayra ichida xlorofill donachalarini ozligi va tarqoq holda joylashganligi bilan farq qiladi. G’ovaksimon parenxima qisman fotosintez protsessida ishtirok etadi. Shu bilan birga, u shamollatuvchi (ventelyasion) to’qima vazifasini ham bajaradi. Agar barglarda ustunsimon va g’ovak parenxima bo’lmasdan, bir xil parenximadan tuzilgan bo’lsa, ularga izolateral (yunon.izo-teng.lat.laterialis-yon tomon) yoki ekvivazal (lat.ekvalis-tekis, bir xil, fases-tashqi, qiyofa, ko’rinish shakli) barglar deyiladi. Bunday barglarga g’alladoshlar, piyozlar, qiyoqdoshlar kabi o’simliklarning bargi misol bo’ladi. Bargning o’tkazuvchi to’qimalari. Bargning o’tkazuvchi to’qimasi poya va ildizning o’tkazuvchi to’qimasi kabi o’ziga xos. Bargning o’tkazuvchi to’qimasi, tola boylam naychalardan iborat bo’lib, butun barg mezofil qismiga to’rsimon holda tarqalgan. Barg o’tkazuvchi to’qimasi yopiq kollateral boylamlardan iborat bo’lib, ularda ksilema ustki tomonda, floema ostki tomonda joylashgan. Bargning o’tkazuvchi boylami barg o’rni bilan tutashgan bo’lib ikki pallali o’simliklarda, barg o’rnida, barg bandi va barg plastinkasini bosh nay tola boylamlariga yetib boradi, undan esa birinchi tartibdagi boylamga, so’ngra ikkinchi tartibdagi va hokazo, shunday qilib to’rsimon tormilanish vujudga keladi. Barg o’tkazuvchi boylamlari yopiq holda bo’lib, ularga kollateral o’tkazuvchi boylam deyiladi. Ba’zi ikki pallali o’simliklar bargining bosh tomirlarida ksilema bilan floema orasida kambiy qatlamchasi (pardasi) paydo bo’lsa ham, u o’z funksiyasi ya’ni (qalinlashtirish) yo’g’onlashtirish vazifasini bajarmaydi. Bargning bosh o’tkazuvchi nay boylamlari atrofini mexanik to’qimaning sklerenxima tolalari o’rab turadi va barg tomirlariga mustahkamlik armatura (lat. armatura-jihozlash) beradi. Download 53.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling