Xosiljonova dildoraxonningi botanika fanidan
Bargning hayotchanligi va xazonrezgilik
Download 53.9 Kb.
|
208 Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barglaming novdalarda joylashishi.
Bargning hayotchanligi va xazonrezgilik. Barglarning hayotchanligi o’simliklarning turi, biologik xususiyati va ekologik omillarning ta’sir etishiga qarab har xil bo’ladi. Mo’tadil iqlim sharoitida o’suvchi daraxt, buta va ko’p yillik o’tchil o’simliklarning barglari faqat bir vegetatsiya davomida hayotchanligini saqlab, kuzda sarg’ayib, yoki qizarib to’kiladi (masalan, olma, o’rik, gilos, tol, terak, zarang, eman va boshqalar).
Tropik o’rmonlarda o’suvchi daraxt, buta va ko’p yillik o’tchil o’simliklarning bir necha yil davomida hayotchanligini saqlab, keyin to’kiladi va o’rniga yangi barglar hosil bo’ladi. Masalan, Avstraliya va Janubiy Amerika qit’alarida o’suvchi, mezozoy erasidan saqlanib qolgan relikt Araukariyaning bargi 15 yil, lavr daraxti 4 yil, Afrikadagi Sahroi Kabirda o’suvchi Velvichiya bargi 100 yilgacha hayotchanligini saqlaydi. O’rta Osiyo tog’larida o’suvchi tissning bargi 6-10 yil, archaning bargi esa 5-7 –12 yilgacha hayotchanligini saqlaydi. Barglarning o’z vegetatsiyalarini tamomlab to’kilishiga xazonrezlik deyiladi. Xazonrezlik ma’lum qonuniyatga asoslangan bo’lib, u yer yuzining har xil sharoitida o’sadigan o’simliklar uchun xosdir. Xazonrezlik o’simliklarning irsiy belgisi va fiziologik holati bo’lib, ular shu jarayon natijasida tinim davriga o’tib, yangi biologik jarayonlarini hosil bo’lishi uchun zamin hisoblanadi. Barglaming novdalarda joylashishi. O‘simliklaming barglari ma’lum bir tartibda, tabiat qonuniyatlari asosida - har doim bir-biriga soya qilmaydigan holda joylashadi:l. Navbat bilan yoki ketma-ket joylashish. Bunda novdaning har qaysi bo‘g‘imidan faqat bittadan barg chiqib, novda bo‘ylab pastdan yuqoriga: bir - biriga teskari yoki spiral holda birin-ketin navbat bilan joylashadi. Masalan, olma, o‘rik, olcha barglari spiralsimon yoki ketma-ket joylashgan; 2. Qarama- qarshi joylashish. Novdaning har qaysi bo‘g‘imida bir-biriga qarama-qarshi ikkita barg joylashsa, qarama-qarshi joylashish deb ataladi. Rayhon, yalpiz va kiyiko't barglari bunga misol bo'ladi; 3. Halqasimon yoki doiraviy joylashish. Novda bo‘g‘imda uch va undan ziyod barglar joylashsa, halqasimon yoki doiraviy joylashish bo‘)adi: elodeya, qirqbo‘g‘im, oleandr barglari halqasimon joylashgan. Agar o‘simliklaming yoki bir novdaning barglariga quyosh tushadigan tomonidan qaralsa, ularning hammasini ko‘rish mumkin. Hattoki ostki barglar ustki barglarga nisbatan birmuncha uzun bo‘lib, quyosh yorug‘ligiga talpinib turadi. Barglaming bunday joylanishiga barg mazaikasi yoki naqshlari deb ataladi. Download 53.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling