Xosligi va mazmuni


Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini


Download 267.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana29.09.2023
Hajmi267.65 Kb.
#1689843
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-Mavzu. Tarbiya metodlari

Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini 
shakllantirish metodlari 
Bola rivojlanishining, uning o`zligini belgilashning asosiy omili-bu 
faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshish qoidasi maktab hayotining hamma 
jabhalarida ta`lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi. 
Faoliyat o`quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi 
ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat 
munosabatlarini o`zlashtirishga yordam beradi, ularning mustaqilliklarini oshiradi. 
O`quvchilarni birinchi sinfdan boshlab qo`llaridan kelgan ijtimoiy foydali mehnat 
bilan shug’ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko`pchilik, jamoa bo`lib 
bajarilganida yaxshi natija beradi. 


Mashq va o`rgatish metodlari 
Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har 
tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini 
bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin mustahkamlanib 
boradi. O`qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini kuzatib 
borishlari kerak. O`quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular 
orqali hosil qiladi. Odat ehtiyojga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko`p 
marotaba takrorlashni o`z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o`quvchi uchun ongli, 
ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko`nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi
o`quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, axloqiy tajribasi kengayadi. Odatsiz 
tarbiya-poydevorsiz binoga o`xshaydi, odat esa muntazam mashq orqali 
mustahkamlanadi. 
A.S.Makarenkoning ta’kidlashicha, tarbiya - to’g’ri xatti-harakatga 
o’rgatuvchi mashqdan boshqa narsa emas. Mashq - bolalar hayotini oqilona bir 
maqsadga qaratiladi, har taraflama faoliyatini jamiyatda qabul qilingan normalar va 
qoidalarga muvofiq, tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlarni ko’p 
marta takrorlashni o’z ichiga oladi. Bola uchun mashq - ongli ijodiy jarayondir. 
Mashqlar natijasida malaka va ko’nikmalar, odatlar, yangi bilimlar hosil qilinadi, 
aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. “O’yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o’t 
oldiruvchi uchqundir", - degan V.A.Suxomlinskiy. O’quvchilar hayotida, ayniqsa 
boshlang’ich sinflarning o’quvchilari hayotida o’yin faoliyati katta o’rin tutadi. 
"Bola uchun o’yin – voqelik, - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - binobarin, uning 
tevarak atrofidagi voqelikdan ko’ra qiziqarliroq voqelikdir. U bolaga, xususan 
tushunarli bo’lgani uchun qiziqdir, o’yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda 
qisman bolaning o’zi yaratgan narsa bor".
Bola o’yinda qanday bo’lsa, u katta bo’lganida ishda ham ko’p hollarda 
o’shanday bo’ladi, deb bildirgan. Makarenkoning so’zlarida katta pedagogik 
mazmun bor. O’yin - bolalar jamoaini jipslashtiradigan va rivojlantiradigan faoliyat 
turlaridan biridir. Bolalar o’yiniga e’tibor bilan razm solinsa, ularning o’yinlarida 
kattalar dunyosi qanday aks etishini qanday bilib olayotganliklarini ko’rish mumkin.
Bola uchun mashq - ongli, ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va 
ko’nikmalar, odatlar, (tajriba) bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. 
K.D.Ushinskiy tarbiyaning vazifasi xarakterni shakllantirishdan hamda hayotda 
hosil qilingan e’tiqod va odatlardan tarkib toptirish deb hisoblagan. Odat
Ushinskiyning fikricha, E’tiqodni maylga aylantiradigan va fikrni ishga 
aylantiradigan jarayondir. Odat - odamning ikkinchi tabiati, lekin tarbiya san’atiga 
bo’ysunadigan tabiatdir. 



Download 267.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling