Xotin-qizlar faoliman, yurtim faoli
Ayollar manfaatin, baxtin ko’zlagan,
Toifadoshim tilidan sizga so’zlagan,
Gul qavmiga toledan iqbol izlagan,
Xotin-qizlar faoliman, mahalla faoli.
Ayollar daftari yon daftarimdir,
Ayolni qo’llaguvchi bosh davlatimdir.
Har ayolga aytar bir da’vatimdir,
Xotin-qizlar faoliman, yurtim faoli.
Ko’rinmasin ayolning ko’zida yoshi,
Egilmasin hyech yerda qaddiyu boshi,
Men uning dardkashi, mehr quyoshi,
Xotin-qizlar faoliman, yurtim faoli.
Mahallam ayoli bo’lsin tadbirkor,
Har qizi ilmga chanqoq, talabgor.
Ajrimlar bizga erur nomus-or,
Xotin-qizlar faoliman, yurtim faoli.
Jamiyatda bordir o’rnim, ovozim,
Bayramlarda yangrar dutor-u sozim.
Yurtboshim joriy qilgan lavozim,
Xotin-qizlar faoliman, millat faoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |