Xotin qizlarning oila va kar’erani birgalikda olib borish uchun yaratilgan qonuniy huquqiy asoslar
Download 22.81 Kb.
|
1.3.Qonuniy asoslar.
1.3. Xotin qizlarning oila va kar’erani birgalikda olib borish uchun yaratilgan qonuniy huquqiy asoslar. Ayollar ijtimoiylashuvi masalalarining nazariy asoslarini ko’rib chiqishda kar’era va oilani birgalikda olib borish, ayollarga qulay sotsial muhit yaratish uchun davlatimiz va Prezidentimiz boshliq hukumatimiz hamda Qonunchilik palatasi kerakli qonunlar ishlab chiqarish uchun juda samarali mehnat qilishmoqda. Ayollar va voyaga yetmaganlar himoyasi, xotin- qizlarning dekret ta’tillariga chiqishi, o’sha ta’til davrida uning ish joyi saqlanishi va u bilan mehnat shartnomasi o’zgartirilmasligi hatto attestatsiyadan o’tmay qolgan davrda ham ma’lum imtiyozlari saqlanib qolishi kabilar shular jumlasidandir. Bularga ishlamaydigan ayollarni ham ijtimoiy himoyasi masalalariga ham e’tibor qaratamiz. Bu qonunlar va preferensiyalarning har biriga iloji boricha to’xtalib o’tishga harakat qilamiz. “Bolalar huquqlarini kafolatlari to’g’risida” gi1 Qonunida bola- 18 yoshga to’lguncha, ya’ni voyaga yetguncha qadar bo’lgan shaxs deb ta’rif beriladi. Ushbu hujjatda qayd qilinishicha, har bir bola o’zining yoshi, sog’lig’ininf holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat qilish faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega. Ishga qabul qilish 16 yoshdan yo’l qo’yiladi. Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb- hunar kollejlari o’quvchilari ni ularning sog’lig’iga zarar yetkazmaydigan, ta,lim olish jarayonini buzmaydigan,yenil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun- ular o’n besh yoshga to’lganidan so’ng ota- onasi yoki ular o’rnini bosuvchi shaxslardan bibrining yozma imzosi bilanishga olinishiga yo’l qo’yiladi. Davlat o’n sakkizga to’lmagan shaxslarga ishni ta’lim bilan qo’shib olib borish uchun zarur sharoitlarini yaratib berish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko’rish orqali bolaning mehnat huquqini kafolatlaydi. ( “ Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi O’z R Qning 20- modda) O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Misol uchun, sharoiti noqulay va mumkin bo’lmagan ishlarga: Issiq plitalar, qandolatchilik isitish elektr pechlari oldida ishlash; issiqxonalar ichida ; paxtani, tamakini qo’l bilan terish; tamakini saralash, tashish va birlamchi ishlov berish ishlari; xamir va xamirturush tayyorlash bo’limlari; non pishirish va elash ishlari; spirt, vino, pivo tayyorlash ishlarida; vazni 4 kgdan oshiq dazmollar bilan ishlash; toksik moddali yelimlash ishlari; ochiq kesuvchi moslamali kiyim bichish ishlarida; patologoanatomiyaga bog’liq ishlar kabilar kiradi. Og’ir yuklarni ko’tarish masalasida ayniqsa qizlar mehnatiga kuchli e’tibor berilgan. “Og’ir yuklarni qo’lda ko’tarish va tashishda o’smirlar uchun yo’l qo’yiladigan eng yuqori yuklamalar sanitar meyyorlari” (0116-01 sonli SanQ va M) ga muvofiq har ikki jinsdagi 16-18 yoshdagi o’smirlarning og’ir yuklarni ko’tarishi ruxsat etilgan meyorlari mavjud bo’lib, bundan tashqari ular ish vaqtining faqat 1/3 qismida og’ir ishlarni qilishga ruxsat etiladi. 18 ga to’lmagan qizlarga 4,1 kgdan oshadigan yuk ko’tarish ishlariga jalb qilish man etiladi. Ish vaqtining muddati o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlarga haftasiga 36 soatdan oshmaydigan ishlsh muddatiga ruxsat etilgan. Endi ta’tillar to’g’risida. O’zR MK 243 moddasi bo’yicha 18 ga to’lmagan qizlarga (xodimlarga) kamida 30 kalendar kunidan iborat yillik ta’til beriladi va ular bu ta’tildan yoz vaqtida yoki ular o’zlariga qulay bo’lgan boshqa vaqtdan foydalanishlari mumkin. Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikka keng miqyosda e’tibor berilmoqda. Yosh qizlar hunarmandchilik va kasanachilikka qatnashishlari uchun 18 yoshdan kichik bo’lgan qizlar faqatgina shogird yoki yordamchi sifatida ishlashlari mumkin. Ayollarning ijtimoiylashuv jarayoni ayolga beriladigan dekret ta’tillari yordamida oson va tez amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi yordami bilan biz uning 4 moddasiga muvofiq Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun Byudjet va Byudjetga tegishli bo’lmagan tashkilot maqomini aniqlab olishimiz kerak. Agar mazkur tarkibiy bo’linma mustaqil yuridik shaxs bo’lmasdan, Davlat byudjeti mablag’larini olivchi tashkilot tarkibiga kirsa,uning barcha xodimlarini byujet sohasi xodimlari deb hisoblanadi, agar mazkur tashkilot mustaqil yuridik shaxs bo’lsa uni xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida qarash mumkin va uning xodimlari byudjet sohasiga tegishli bo’lmaydi. Buni aytib o’tishimizdan maqsad hozir aytib o’tiladigan huquqlarning hammasi tashkilot byudjet sohasiga tegishli bo’lmaganligi uchun bu huquqlar ayol uchun bu tashkilot doirasida tegishli bo’lmasligi mumkin. Ayolning mehnat huquqlari va uning ijtimoiylashuvini amalga oshirish uchun dekret ta’tiliga chiqqan ayolga bola ikki yoshga to’lgunga qadar ” Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to’lguncha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizom” ga muvofiq tayinlanadi va to’lanadi. Ishlayotgan ( ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyatgan, xizmat qilayotgan) onalarga( ona o’rnini bosuvchi shaxslarga ) bolani parvarish qilish bo’yicha nafaqa ish(o’qish, xizmat) joyidan ta’minlanadi. Ta’kidlash joizki bolani parvarish qilish bo’yicha noto’g’ri yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilsa, bu hujjatlarni taqdim etgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar va summa qaytarib olinadi. Fuqarolar yig’ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof e’tilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega. Bolali ayollarga nafaqa agarki o’rtacha oylik jami daromad miqdori o’sha davr uchun eng kam oylik ish haqining 1,5 barobaridan ortiq bo’lmagan oilalarga belgilanadi. Bunda quyidagilar bolali ona va oilalarga nafaqava moddiy yordam olishda ustunlikka ega: - ota- onasining ikkalasi ham yoq bolalarni parvarishlayotgan ayollar; - ota- onasining biri yoki ikkalasi ham nogiron oilalar; - 14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan oshiq bolalarni tarbiyalayatgan beva ayollar; - Nogiron bolali ayollar; - To’liqmas oiladagi ayollar; - ota- onalaridan biri yoki ikkalasi ham ishsiz va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ro’yxatlarda hisobda turuvchi ayollar. Bu harakatlarning barisi ayollar ijtimoiy himoyasi uchun amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismiidir xolos. O’z o’rnida ma’lum yil ishlab o’z mustahkam kar’erasiga ega bo’lgan ayol vaqti kelib dekret ta’tiliga chiqsa u holda uning o’rni bo’sh qolmasligi uchun uning o’rniga ishchi olinadi. Bunday holatlarda malakali ishchi ayol o’rniga ma’lum muddatga boshqa ishchi bilan ma’lum muddatli shartnoma tuziladi. Endi shu masalaning huquqiy- qonuniy tomonlarini ko’rib chiqamiz. Ayol kishi dekret ta’tiliga chiqqandan so’ng ma’lum muddatdan so’ng ishga qaytish huquqiga ega. Shuning uchun uning ish o’rni band bo’lishi va u qaytib kelgan mahal ishiga qaytib tiklanishi uchun uning o’rnidagi kishi ish o’rnini bo’shatishi uchun mehnat shartnomasi aniq qilib tuzilishi zarur bo’ladi. Amaliyotda shuningdek, vaqtinchalik xodimni ishga olish masalasini: asosiy xodima homiladorlik va tug’ish ta’tilidan chiqqunichami yoki bolani parvarishlash ta’tilidan chiqishidan oldin darholmi, hal qilib olish zarur bo’ladi. Bolani parvarishlash ta’tili xodimaga faqat uning bola tug’ilganligi haqida guvohnoma ilova qilingan arizasi asosida berilishi munosabati bilan, xodimaga bola tug’ilmagancha mazkur ta’til homiladorlik va tug’ish ta’tili qo’shib berilmaydi. Ortiqcha qog’oz ishlarini kamaytirish uchun myayyan muddatli shartnomaning tugash vaqtini asosiy xodima kelish vaqtiga tugashini shartnomada ko’rsatish zarur bo’ladi. Bu hatto Mehnat kodeksida ham ko’rsatilgan. Ishga qabul qilish haqidagi yozuv mehnat daftarchasiga muddati ko’rsatmasdan kiritiladi. Tuzilgan mehnat shartnomai albatta ish beruvchining hohishi bilan emas balki dekret ta’tiliga chiqqan ayol hohishi bilan amalga oshiriladi. Bu o’rinda yana bir savol tug’iladi, agar vaqtinchalik ishga olingan xodima ham dekretga chiqishi zarur bo’lib qolsa, nima qilinadi? O’z R.MK 237 moddasiga muvofiq ish beruvchi bu muddat oralig’ida qonun hujjatlarida ko’rsatilgan ijtimoiy to’lovlar va 3 oy muddatga ish haqi saqlanib qoladi (mehnat shartnomasi bekor qilingandan so’ng) yoki boshqa ish beruvchi tashkilotlar bilan yoki yashash joyidagi mahalliy mehnat ijtimoiy organlar bilan bog’lanib uning boshqa ishga kira olishida imtiyozlar yaratib beradi. Dekret ta’tiliga chiqqan ayolning ma’lum omillar ta’sirida ta’tildan ertaroq qaytishiga huquqi borligini aytib o’tgan edik. O’z R. M.K. 234 moddasiga muvofiq bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi saqlanadi hamda ish stajiga ham qo’shiladi. Bu muddat ko’pi bilan 3 yil davom etiladi. Agar xodima muddatdan oldin ishga chiqadigan bo’lsa u ikki variantda: to’liq va to’liqmas ish kunida ishlashi mumkin. Agar xodima to’liq ish kunida ishlasa ta’til tugaydi, nafaqa ham to’xtatiladi. Agar u to’liqmas ish kunida ishlasa unda ta’til tugamagan hisoblanadi va unga nafaqa to’lash davom etadi. Ammo bu faqat byudjet sohasiga kirmaydigan korxonalarda ishlaydigan shaxslarga tegishli. “Ishlaydigan onalarga bolani ikki yoshga to’lguncha parvarish qilish bo’yicha oylik nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizom” ning 6 bandiga muvofiq ishlayotgan onalar bir vaqtning o’zida bola parvarishlash uchun nafaqa bilan birga to’liq bo’lmagan ish rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib uyda ishlagan davridagi ish haqini olish huquqiga ega”. Shu bilan birga u haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish haftasi rejimida ishlashi zarur. Ayolning oila va kar’erani bir xil olib borishini, ijtimoiy hayotga moslashishi uchun turli preferensiyalarga shuningdek ayolning attestatsiyadan o’tkazilishi qonun- qoidalari majmui ham kiradi. Bunga ko’ra attestatsiya o’tkazish vaqti tartibi ish turi va murakkabligiga ko’ra yarim yildan 5 yilgacha muddatda bo’lishi ko’rsatib o’tilgan. Attestatsiya o’tkazish muddati kelgan paytda quyidagi toifa ishchi- xizmatchilar attestatsiyaro’yxatiga kiritilmaydilar: Egallagan lavozimida 1 yildan kam ishlayotgan mutaxassislar; Yosh mutaxassislar majburiy ishlash muddati davrida; Homilador ayollar va 1 yoshgacha bo’lgan ayollar; Tashkilotlar va korxonalarning yuqori turuvchi organlari tomonidan tayinlangan va lavozimidan bo’shatilgan xodimlari. Bu o’rinda shuni ham aytish kerakki, agar ayol kishi attestatsiyadan o’tolmay qolsa va buning sababi uning homiladorligi sabab deb ko’rsatilsa unda attestatsiya xulosasida ushbu holat ko’rsatib o’tiladi va uning ishga layoqati korxona rahbari yoki boshqaruv organi tomonidan o’rganiladi va tegishlicha choralar ko’riladi, bularga nisbatan osonroq ishga o’tkazish, ish vaqtini qisqartirish yoki qayta tayyorlov va malakasini oshirish kurslariga jo’natish va shu kabilar hisoblanadi. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki ayolning ijtimoiylashuv jarayoni faqat bir omil ta’siriga bog’liq emasligi misollardan ko’rinib turibdi. Umumiy xulosamiz shuki davlatimiz bu o’rinda qabul qilgan qaror va qonunlari ushbu maqsadni amalga oshirish uchuh asos bo’lib xizmat qilmoqda. Download 22.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling